Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  2025–2026 o‘quv yili davomida Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar kafedrasida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli ravishda tashkil etish, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, Vatanga sadoqat, insonparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat va hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirildi.

  Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davlatimiz tomonidan belgilangan ma’naviy-tarbiyaviy yo‘nalishlar, milliy bayramlar, tarixiy sanalar, buyuk ajdodlarimiz tavallud kunlari, davlat ramzlari bilan bog‘liq muhim sanalar hamda xalqimizning milliy va diniy qadriyatlari asosida tashkil etildi.

  Tadbirlar davomida talabalarning mamlakatimiz tarixi, milliy qadriyatlar, mustaqillik g‘oyalari, tinchlik va totuvlik, ekologik madaniyat, sog‘lom turmush tarzi, kitobxonlik va kasbiy odob-axloq borasidagi bilimlarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

  1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

  Tadbirda ustozlarning yosh avlodni tarbiyalash, ularga bilim berish va kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Professor-o‘qituvchilarga hurmat va ehtirom bildirildi.

  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tadbir

  8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan davra suhbati va ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi.

  Tadbirlarda Konstitutsiyaning jamiyat va davlat hayotidagi ahamiyati, fuqarolarning huquq va burchlari, qonun ustuvorligi hamda yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

  Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir

  14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi. Tadbirda Vatan tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, harbiy xizmatchilarning fidokorona mehnati, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda fuqarolik mas’uliyatini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

  Shu munosabat bilan kafedra xodimlari va talabalar Samarqand shahrida joylashgan harbiy qismga tashrif buyurishdi Bu talabalarda yaxshi taasurot uygotdi.

  Alisher Navoiy tavallud kuni: 9-fevral — buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

  Tadbirlar davomida Alisher Navoiyning ilm-fan, adabiyot va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan hissasi, uning asarlarida insonparvarlik, ezgulik, adolat va komillik g‘oyalarining aks etishi haqida ma’lumotlar berildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni: 14-fevral — buyuk davlat arbobi, shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etildi.

  Boburning ilm-fan, adabiyot, tarix va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida talabalarga ma’lumot berildi.

  Yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar

  O‘quv yili davomida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan:

  • kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan suhbatlar;
  • “Ustoz-shogird” an’analarini rivojlantirish bo‘yicha uchrashuvlar;
  • odob-axloq va akademik madaniyat mavzusidagi davra suhbatlari;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik tamoyillariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari;
  • yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan uchrashuvlar;
  • internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha profilaktik suhbatlar;
  • sog‘lom turmush tarzi va zararli odatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar;
  • ekologik madaniyat va atrof-muhitni asrashga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.