Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo'limi
Alikulova Nilufar Rahimberdi qizi
Bo‘lim boshlig‘i
| Qabul vaqti: | Dushanba-Shanba: 08:30-16:00 |
| Tel: | +998(90) 473 11 66 |
| E-mail: | |
| Manzil : | Samarqand shahar, Amir Temur ko'chasi 18 -uy |
Samarqand davlat tibbiyot universitetida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi me’yoriy hujjatlari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Universitetning qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil oladigan talabalar belgilangan bosqichlar bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda xorijiy hamkor universitetda ta’lim oladilar va o‘quv rejalarini muvaffaqiyatli yakunlagach, ikki taraflama diplomga ega bo‘ladilar.
QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARINI MUVOFIQLASHTIRISH BO‘LIMI MAJBURIYATLARI VA FUNKSIYALARI:
Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi Samarqand davlat tibbiyot universitetining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uning asosiy vazifasi universitet va xorijiy hamkor OTMlar o‘rtasidagi qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv va tashkiliy jarayonlarni muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishdan iborat.
Ikki universitet (SamDTU va xorijiy hamkor OTM) o‘rtasidagi integratsiyalashgan o‘quv rejalari hamda fan dasturlarining muvofiqligini ta’minlash va ijrosini nazorat qilish.
Qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan talabalarning xorijiy hamkor universitetlarga o‘qishini ko‘chirish (akademik mobillik/rotatsiya) jarayonlarini rejalashtirish, hujjatchilik va tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish.
Talabalarning har ikki universitetdagi akademik o‘zlashtirishi, kredit/baho qaydnomalarini o‘zaro tan olish va hisobga olish (kredit transferi) jarayonlarini yuritish.
Har bir o‘quv yilida qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar kontingenti ro‘yxatini shakllantirish va ularning akademik harakatini monitoring qilib borish.
Qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari uchun dars va imtihon jadvallarini hamkor OTMlar bilan kelishilgan holda muvofiqlashtirish.
Xorijiy hamkor universitetga jo‘nab ketish oldidan talabalar va ularning ota-onalariga ta’lim tizimi, vizalar, tartib-qoidalar va mobillik shartlari bo‘yicha maslahatlar hamda tushuntirishlar berish.
Bo‘limning yillik ish rejalarini tuzish va ularning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash.
Bo‘lim faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha universitetning boshqa barcha struktura bo‘limlari hamda xorijiy hamkor OTMlarning mutasaddi bo me’yoriy aloqalarini muvofiqlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlik hamda Rektor buyruqlarining bo‘lim faoliyatidagi ijrosini ta’minlash.
Nufuzli xorijiy universitetlar bilan yangi qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritish va mavjud dasturlar doirasidagi hamkorlik bitimlarini muvofiqlashtirib borish.