O'zbekiston Respublikasi prezidenti SH.Mirziyoev o'z dasturlarida ta'kidlaganlaridek «Eng muxim va dolzarb masalalardan biri – yuksak ma'naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat» Obod va farovon jamiyatni yuksak ma'navit va uzluksiz ma'naviy tarbiya orkali kurishimiz mumkin.
Respublikamizning birinchi prezidenti I. A Karimov o'zining «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch» kitobida «Tarbiyani ta'limdan, ta'limni esa tarbiyadan ajratib bo'lmaydi – bu sharqona qarash xayot falsafasi» deb ta'kidlangan.
Buyuk mutafakkir va ma'rifatparvar A.Avloniy tarbiya haqida tuxtalib “Tarbiya biz uchun – yo hayot yo mamot, yo najot yo falokat, yo xalokat, yo saodatga eltuvchi yuldir ” deb aytib utgan edi. Yoshlarga ta'lim berish xar bir pedagogning vazifasi tarbiyalash esa uning burchidir
Bu vazifalarni amalga oshirish esa bizlar pedagoglar va professor o’qituvchilar zimmasidadir. Fakultetimiz farmatsiya fanlarini o’qitishda kadrlar tayorlash vazifasini bajarayotganligi sababli ma'naviy tarbiyaviy ishlarga alohida etibor berishimiz talab qilinadi.
O’quv yili boshida manaviy-marifi, axloqiy tarbiyaviy sohalarda ishlarni amalga oshirish rejasi muhokama qilinib tasdiqlandi.
Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiya kafedrasida 2024-2025 o‘quv yilida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar dasturi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi islohotlarga hamohang tarzda universitetimizda ishlab chiqarilgan reja asosida ishlar olib borildi. Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ma’sul stajor assistent Quyliyeva M.U. tayinlangan.
Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar kafedrasida muntazam ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va buyruqlari to‘liq muhokama etiladi.
Bugungi kunda farmakognoziya va farmatsevtik texnologiya kafedrasida jami 10 nafar xodim, ya’ni: 1 nafar PhD, va 2 nafar assistеnt va 7 nafar st.assistentlar faoliyat olib borishadi.
2024-2025 o‘quv yilida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar quyidagilardan iborat:
- kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi o‘z vaqtida ishlab chiqildi va tasdiqdan o‘tkazildi.
- kafedra mudiri va mas’ul assistent tomonidan ommoviy axborot vositalari, Respublika va viloyat gazetalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Ma’rifat soati» materiallaridan olingan ma’lumotlar asosida haftaning har payshanba kunlarida Farmatsiya fakulteti talabalar bilan birgalikda muntazam ravishda «Ma’rifat soati» lari o‘tkaziladi. Bundan tashqari har bir oqim kafedraga o‘qishga kelgan dastlabki kunida kafedra mudiri tomonidan o‘quv jarayoni, ichki tartib intizomlar, kiyinish madaniyati va boshqalar haqida batafsil tushintirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, mavzularga mos tarzda «Vatan mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan videorolik», «O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligiga bag‘ishlangan videorolik» to‘g‘risidagi vidioroliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Kafedrada ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan reja asosida haftaning har juma kunlari “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlari namunaviy rejasiga muvofiq o‘tkazildi.

O’quv yili davomida reja asosida kurs professor-o’qituvchilari manaviy-marifiy, axloqiy tarbiyaviy sohalarda ko’plab ishlarni amalga oshirdilar.
Talabalar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida shaxrimizdagi turli tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, teatr va konsertlarga borish tashkil yetildi. Samarkand shaxridagi San'at kolleji konsert zalida bulib utgan “O’zbekiston umumiy uyimiz” deb nomlangan milliy markazlar tomonidan tashkil kilingan konferensiya va konsertda talabalarimiz faol katnashdilar.
Haftaning juma kunlari o’tkaziladigan «Axborot soatlari»da shaxsning ma'naviy kamolotini rivojlantirish maqsadida yuksak ma'naviyat mezonlari, talabalar ma'naviy kamoloti, diniy bagri kenglik mavzularida suhbatlar yil davomida doimiy o’tkazib borildi. Diniy bag’rikenglik va millatlar aro totuvlikni shaklantirish maqsadida «Biz bir zamin va bir zamon farzandlarimiz» mavzusida seminar o’tkazildi. Qish oylarida barcha akademik guruhlar rahbarlari ijarada yashaydigan talabalar yashash sharoiti
bilan tanishib fakultet miqiyosida fotoalbom tayorlandi. Bunda asosan talabalar yashash joylarida yong'in xavfsizligi va yashash sharoitiga alohida e'tibor berildi

- kafedrada buyuk mutafakkirlar, shoirlar, fan arboblari asarlari o‘qib o‘rganiladi va kitobxonlik soatlari o‘tkaziladi.
- kafedra xodimlaridan Kodirov N.D,Meliqulov O.J,Olimov S.M lar reja asosida ikki oyda bir marotaba universitetimizning 1-son TTJ da tungi navbatchiliklarda faol qatnashib,talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar, sog‘lom turmush tarzi, vatanparvarlik, diniy bag’rikenglik, kitobxonlik, sport mashg’ulotlariga, musiqa va san’atning turli yunalishlariga jalb qilish bo‘yicha davra suhbatlari olib borildi.
- kafedramiz xodimlari xalqimizning milliy bayramlari «8-mart xalqaro xotin qizlar kuni», «Navruz umumxalq bayrami», «Ramazon hayiti» va «Qurbon hayiti» bayramlarida faol qatnashib, ko‘plab milliy urf-odatlar, qadriyatlar va xalqimizning uzoq shonli tarixi bilan yana bir bor g’ururlanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Milliy bayramlar, tarixiy shaxslar va buyuuk ajdodlarimizning tavallud kunlari fakultet mikyosida doimiy nishonlanib kelindi. Jumladan; «Mustakillik bayrami», «Ustoz va murabbiylar kuni», «Til bayrami», «Qurbon xayiti», «O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni», «Vatan ximoyachilar kuni», «Xalqaro xotin-qizlar kuni», «Navro’z bayrami», «Xotira va qadrlash kuni», bayramlari, buyuk siymolar A. Navoiy (9.02), Z.M. Bobur (14.02), M. Ulug’bek (22.03), A.Temur (9.04), tavallud kunlari keng nishonlandi.