Umirov Jaxongir Erkin O‘g‘li
Sektor menejeri
Tashanov Ulug‘bek Bahodir o‘g‘li
Sektor menejeri
Murtozayeva Dilnavoz Saidmurod qizi
Sektor menejeri
Talabalarga xizmat koʻrsatish sektori menejeri vazifalari:
- dars jadvallari haqida maʼlumot taqdim etish;
- qayta oʻqish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;
- joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar toʻgʻrisida talabalarga maʼlumot taqdim etish;
- akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
- imtihonlar roʻyxatini taqdim etish;
- oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;
- Samarqand davlat tibbiyot universitetning magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
- talaba guvohnomasi hamda turar joyi guvohnomasini yaratish va taqdim etish;
- talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
- talabalarning “HEMIS” axborot tizimidagi parolini tiklash;
- talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
- oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
- Samarqand davlat tibbiyot universitetda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish;
- talabalar turar joyiga koʻchib oʻtganlarni vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish uchun hujjatlarni tayyorlash;
Amirov Ma’rufjon Qodirjon o‘g‘li
Sektor menejeri
Ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori menejeri vazifalari:
- grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
- ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
- innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga yordam berish;
- talabalarga nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish hamda ariza berishda koʻmaklashish;
- ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
- “Ustoz-shogird maktabi”ga aʼzo boʻlishga yordam berish;
- Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy konferensiya, seminar va boshqa ilmiy-innovatsion tadbirlarni talabalar orasida ommalashtirish;
- talabalarga ilmiy toʻgaraklar haqida maʼlumot berish hamda amaliy yordam koʻrsatish;
Saymurodov Rustam Fayzimurod o‘g‘li
Sektor menejeri
Xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori menejeri vazifalari:
- oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
- turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
- oʻqishga qabul qilingan xorijiy talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
- xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
- xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
- xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
- xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;
- xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;
- xorijlik talabalarga Samarqand davlat tibbiyot universiteti oʻquv jarayonlari haqida maʼlumot berish.
- qoʻshma ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berish va talabalar orasida targʻibot qilish;
- xorijda oʻqish uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiya tanlovi va xorijiy e’lonlar haqida ma’lumot berish;
- xalqaro reytinglar (QS, THE, Green Metric)da oʻrin egallagan oliy ta’lim muassasalari toʻgʻrisida talabalarga ma’lumot berish;
- xalqaro forumlarda imzolangan bitimlar va bayonlar haqida talabalarga ma’lumot berish;
- xorijiy tillarni oʻrganish kurslari haqida ma’lumot berish.
Sayfullayev Qodirjon Farxodjon ug‘li
Sektor menejeri
Rayimqulov Feruz Jamshid o‘g‘li
Sektor menejeri
Shamsiddinov Temurbek Suxrobjon o‘g‘li
Sektor menejeri
Baxronov Tunis G‘ayrat o‘g‘li
Sektor menejeri
Shodiyeva Muhayyo Egamberdiyevna
Sektor menejeri
Buxgalteriya va marketing boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori menejeri vazifalari:
- ishga joylashgan bitiruvchilar haqida maʼlumot olish va kiritish;
- toʻlov-shartnoma summasini aniqlash, hisoblash va taqdim etish, shuningdek, toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
- talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va boshqa hollar uchun stipendiya tayinlash boʻyicha (dekanat yoki o‘quv uslubiy boshqarma tomonidan taqdim etilgan) bildirgi asosida hemis platformasidagi natijalarga ko‘ra stipendiya buyrug‘ini tayyorlash;
- ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish;
- talabalarning yotoqxonalarga joylashishi uchun ariza berishga koʻmaklashish;
- talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
- potensial ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirish va talabalarga yetkazish;
- bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlar (ishga yuborilganlik toʻgʻrisida yoʻllanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga yetkazish;