×
Menu
  • The State flag of the Republic of Uzbekistan
  • The State Emblem of the Republic of Uzbekistan
Close Menu

Clinical residency

Klinik ordinatura diplomdan keyingi tibbiy maʼlumotning asosiy turi xisoblanadi va uning vazifasi 2 (3-4) yillik klinik ordinatura orqali malakali tor doiradagi mutaxassislarni tayyorlashdir.

  Oʼquv Dastur Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.12.2009y, 319- sonli Qaroriga, ushbu qarorga 2- ilova “ Klinik ordinatura boʼyicha Nizom” ga, Oʼz R Sogʼliqni saqlash vazirligini 12 iyul 2012y., 204- sonli “ Malaka oshirish va tibbiiy xodimlarni qayta tayyorlash tizimida oʼquv dasturlariga boʼlgan talab va ularni tasdiqlash tartiblari toʼgʼrisida”gi, OʼzR Sogʼliqni saqlash vazirligini 25 oktyabr 2012 y. 303- sonli qarori bilan tasdiqlangan malaka oshirish tizimi faoliyatini boshqarish va tashkillashtirishga sogʼliqni saqlash xodimlarini qayta tayyorlashga boʼlgan Davlat talabiga va 4 noyabr 2013 yil 372- sonli “Klinik ordinaturada mutaxassislarni tayyorlash boʼyicha normativ xujjatlarni takomillashtirish toʼgʼrisidagi” qarorlariga asosan tuzilgan.
Klinik ordinaturaga kirish uchun bir vaqtning oʼzida bir nechta muassasada tanlovda qatnashish taqiqlanadi.
  Toʼplangan ballar reytingi boʼyicha tanlovdan oʼtgan (bunda shaxs mumkin boʼlgan eng yuqori ballarning kamida 30 foizini toʼplashi kerak) va oʼqish pulini toʼlagan (toʼlov-kontrakt shakl uchun) shaxslar klinik ordinaturaga qabul qilinish huquqiga egadirlar.
  Maqsadli oʼrinlar boʼyicha, shu jumladan, tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud boʼlgan boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar yoʼllanmasi boʼyicha qoʼshimcha oʼrinlarga oʼqishga qabul qilish, koʼrsatib oʼtilgan shartlardan tashqari, oʼqish tugagach ishga joylashtirish va keyinchalik uch yil ishlab berish yuzasidan uch tomonlama (oʼqitadigan muassasa, klinik ordinator - hududiy sogʼliqni saqlash boshqarmasi /vazirlik/idora/tashkilot) shartnoma tuzilgandan keyin amalga oshiriladi.
  Oʼqishga qabul qilingandan keyin 1 oy mobaynida mashgʼulotlarga kirmagan yoki mashgʼulotlarga 1 oydan ortiq qatnashmagan, yarim yillik yoki yillik attestatsiyadan oʼtmagan, kontrakt pulini oʼz vaqtida toʼlamagan, shuningdek yakka tartibda tayyorlanish rejalarini belgilangan muddatlarda bajarmagan shaxslar kafedra (boʼlim, laboratoriya va shu kabilar) mudirining taqdimnomasiga asosan muassasa rahbarining buyrugʼi bilan klinik ordinaturadan oʼqishdan chiqariladi. Oʼqitishning birinchi yilida koʼrsatib oʼtilgan sabablar boʼyicha klinik ordinaturadan chetlatilgan shaxslar oʼqishga qayta tiklanmaydi. Oʼqitishning ikkinchi yilida oʼqishdan chetlatilgan klinik ordinatorlar yangi oʼquv yilidan boshlab toʼlov-kontrakt asosida oʼqishga tiklanadilar.

Klinik ordinaturaga qabul qilish

   Klinik ordinaturaga tayanch oliy tibbiy ma’lumot asosida ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan mutaxassisliklar bo`yicha vrachlar, shuningdek ilgari klinik ordinaturani yoki magistraturani tamomlagan hamda ixtisosidan tashqari ikkinchi mutaxassislikni olishni xohlagan mutaxassislar qabul qilinadi. Vrachlarni ikkinchi tor mutaxassislik bo`yicha klinik ordinaturaga qabul qilish to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Klinik ordinaturaga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlov sinovlari yiliga bir marta, qoidaga ko`ra, avgustning oxirgi o`n kunligida o`tkaziladi.
  O`zbekiston Respublikasining fuqarolari hisoblanadigan, boshqa davlatlarda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarini tugatgan vrachlar oliy tibbiy ma’lumot to`g`risidagi hujjati belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilingandan keyin kirish imtihonlariga qo`yiladi.
Klinik ordinaturaga tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari bo`lgan boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning yo`llanmasi bo`yicha o`qishga kiradigan vrachlar tanlov sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgandan keyin pulli-kontrakt asosida o`qishga qo`shimcha o`rinlar bo`yicha (ta’lim/ilmiy muassasalar kafedralari/bo`limlarining tegishli kadrlar potensiali va moddiy-texnik bazasi mavjud bo`lgan taqdirda) qabul qilinadi.
  O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika muassasalarining mutaxassislarga bo`lgan еhtiyojidan kelib chiqqan holda, ta’lim va ilmiy muassasalar, mintaqalar bo`yicha klinik ordinaturada o`qitish uchun o`rinlar sonini, qabul muddatini, zarur hujjatlar ro`yxatini, tanlov sinovlarini o`tkazish soni va shaklini, baholash mezonlarini, qabul bo`yicha hisobot shakllarini belgilaydi.
  Byudjet mablag`lari hisobidan vrachlarni klinik ordinaturada o`qitish o`rinlari soni tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun davlat byudjetining har yilgi nazarda tutiladigan moliyalashtirish hajmi doirasida O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi klinik ordinaturaga qabulni o`tkazish uchun respublika ommaviy axborot vositalarida tanlov е’lon qiladi, arizalar berish muddati е’lon chop еtilgan kundan boshlab kamida 30 kundan iborat qilib belgilanadi.
  Ta’lim muassasasining rahbari tibbiy oliy ta’lim muassasaning rektori (prorektori) yoki tibbiy ilmiy muassasasining direktori (o`rinbosari) raisligida qabul komissiyasini tashkil еtadi va uning tarkibini tasdiqlaydi. Qabul komissiyasi tarkibiga turli klinik mutaxassisliklar bo`yicha yetakchi olimlar kiradi.
  Klinik ordinaturaga qabul qilish komissiyasining mas’ul kotibi lavozimiga nomzodlar har yili muqobil asosda tasdiqlash uchun muassasalar tomonidan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligiga may oyining birinchi o`n kunligidan kechikmay kiritiladi. Komissiyaning mas’ul kotibi yangi muddatga, lekin ko`pi bilan qatorasiga ikki yil tayinlanishi mumkin.
Klinik ordinatorlarni tayyorlovchi muassasalar klinik ordinaturaga kirish istagini bildirgan tanlovda ishtirok еtuvchi vrachlarning ro`yxatini hujjatlar qabuli tugallangandan so`ng, tanlov sinovlari boshlangunga qadar, belgilangan shakl bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligiga taqdim еtishi kerak.
  O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan klinik ordinaturaga kirish uchun maqsadli (ish beruvchi - hududiy sog`liqni saqlash boshqarmalari yoki boshqa muassasalar, ta’lim beruvchi muassasa klinik ordinator bilan tanlovdan o`tgandan keyin uch tomonlama shartnoma tuziladi) va umumiy tanlov asosida еrkin o`rinlar (shartnoma tuzmasdan) ajratiladi. Maqsadli o`qitishga tanlov asosida olish mutaxassisliklar bo`yicha ajratilgan o`rinlarga muvofiq, keyin hududiy prinsipdan kelib chiqqan holda - respublikaning bitta mintaqasida yashaydigan (yoki keyinchalik ishga joylashtirilishini xohlovchi) talabgorlar o`rtasida amalga oshiriladi. Tanlov yakunlariga ko`ra to`lmagan bitta mutaxassisliklar bo`yicha maqsadli o`rinlar O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan, kadrlarga bo`lgan еhtiyojdan kelib chiqqan holda, boshqa mintaqalar uchun qayta taqsimlanadi.
  Klinik ordinaturaga kirish uchun bir vaqtning o`zida bir nechta muassasada tanlovda qatnashish taqiqlanadi.
To`plangan ballar reytingi bo`yicha tanlovdan o`tgan (bunda shaxs mumkin bo`lgan еng yuqori ballarning kamida 30 foizini to`plashi kerak) va o`qish pulini to`lagan (to`lov-kontrakt shakl uchun) shaxslar klinik ordinaturaga qabul qilinish huquqiga еgadirlar.
  Maqsadli o`rinlar bo`yicha, shu jumladan, tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud bo`lgan boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar yo`llanmasi bo`yicha qo`shimcha o`rinlarga o`qishga qabul qilish, ko`rsatib o`tilgan shartlardan tashqari, o`qish tugagach ishga joylashtirish va keyinchalik uch yil ishlab berish yuzasidan uch tomonlama (o`qitadigan muassasa, klinik ordinator - hududiy sog`liqni saqlash boshqarmasi /vazirlik/idora/tashkilot) shartnoma tuzilgandan keyin amalga oshiriladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida va viloyatlarda doimiy yashaydigan, Toshkent shahri muassasalaridagi klinik ordinaturaga kirish uchun tanlovda ishtirok еtgan va sinovlar natijasida yuqori ball to`plagan vrachlar o`z xohishiga ko`ra va qabul qiluvchi ta’lim muassasasida tegishli kadrlar potensiali hamda zamonaviy moddiy-texnik uskunalar mavjud bo`lgan taqdirda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan o`qish uchun boshqa mintaqaning tegishli tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga o`tkazilishi mumkin.
  Klinik ordinaturada o`qishga talabgorlarning, tanlovda qatnashgan va sinovlar natijalariga rozi bo`lmaganlarning arizalari (arizalarni berish muddatlari - natijalar е’lon qilingandan keyin uch kun mobaynida) apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko`rib chiqiladi (ko`rib chiqish muddati - ariza berilgandan keyin 24 soat mobaynida). Apellyatsiya komissiyasi muassasa rahbarining buyrug`i asosida tashkil еtiladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga soha yo`nalishi bo`yicha yetakchi mutaxassislar jalb еtiladi. Talabgor apellyatsiya komissiyasi qaroriga rozi bo`lmagan taqdirda ushbu qaror yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
  Tanlov komissiyasining xulosasi asosida klinik ordinaturaga qabul qilish muassasa rahbarining buyrug`i bilan har yili 10 sentyabrgacha amalga oshiriladi.
  Mintaqalarning u yoki bu mutaxassis vrachlarga bo`lgan еhtiyojiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, o`qitadigan muassasaning kadrlar potensialini va moddiy-texnik bazasini hisobga olgan holda, klinik ordinaturaga to`lov-kontrakt asosida o`qitish uchun qo`shimcha o`rinlar ajratishi mumkin.
Qabul qilish tugallangach muassasa rahbarlari 10 sentyabrgacha O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligiga klinik ordinaturaga vrachlar qabuli to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo`yicha hisobot taqdim еtadilar.