×
SamMU Education - YouTube
×
Menu
Close Menu

Ekofaol talabalar

 Ekofaol talabalar – barqaror kelajak poydevori

  XXI asrda insoniyat duch kelayotgan eng dolzarb muammolardan biri — bu ekologik muvozanatning buzilishi va atrof-muhit ifloslanishidir. Bu borada ta’lim tizimining roli beqiyos bo‘lib, ayniqsa, yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, ekofaol talabalar tushunchasi alohida e’tiborga loyiqdir.

  Ekofaol talaba kim?

  Ekofaol talaba — bu atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishga intiladigan, ekologik ong va madaniyatga ega bo‘lgan ijtimoiy mas’uliyatli yosh avlod vakilidir.

  Ekofaol talabaga xos xususiyatlar:

  1. Ekologik bilim va ong:
    Ekofaol talabalar global va mahalliy ekologik muammolar haqida chuqur bilimga ega, ularni tahlil qila oladi hamda yechim topishga intiladi.
  2. Amaliy tashabbuslar:
    Talabalar daraxt ekish aksiyalari, chiqindilarni saralash, qayta ishlash va tabiiy resurslarni tejashga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etadilar.
  3. Axborot va targ‘ibot faoliyati:
    Ijtimoiy tarmoqlar, seminar-treninglar va ta’lim muassasalarida ekologik mavzularni yoritib, jamiyatda ekologik ongni shakllantirishga hissa qo‘shadilar.
  4. Barqaror turmush tarzini targ‘ib qilish:
    Suv va energiya tejash, plastik mahsulotlardan voz kechish, ekologik toza transportdan foydalanish kabi odatlar orqali o‘z atrofidagilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadilar.

  Ekofaol talabalar faoliyatining ta’lim tizimidagi o‘rni

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil makon” umumxalq loyihasi, Milliy ekologik ta’lim konsepsiyasi, shuningdek, 2030-yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida talaba-yoshlarning ekologik tarbiyasi muhim o‘rin tutadi. Oliy ta’lim muassasalarida ekologik fanlar o‘qitilishi, “Yosh ekolog” to‘garaklari faoliyati va ekologik tadbirlar aynan ekofaol talabalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

  Ekofaol talabaga doyir ma'lumotlar

  — Ekologik madaniyat-umuminsoniy madaniyatning yangi mazmuni

  — Talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni atrof-muhit hamda tabiatgap to‘g‘ri muomalada bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida turli tadbir va ekskursiyalar tashkil etib kelinmoqda

  — SamDTU da ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi

  — Tabiat va inson birligi – oliy qadriyat!

  — Tabiatni asrashga barchamiz birdek mas'ulmiz!