Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari
Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish, ularni sog‘lom, barkamol, yuksak ma’naviyatli va malakali mutaxassislar etib tarbiyalash oliy ta’lim muassasasining muhim vazifalaridan biridir. Shu nuqtayi nazardan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar endokrinologiya kafedrasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan yillik reja asosida muntazam ravishda olib boriladi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni mas’ul professor-o‘qituvchi Togayeva G.S. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.
Endokrinologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar bilan quyidagi yo‘nalishlarda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar olib boriladi:
- talabalarni O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda zamonaviy tibbiyot yutuqlari bilan muntazam tanishtirib borish;
- bo‘lajak shifokorlarda kasbiy mas’uliyat, tibbiy etika va deontologiya, bemorga hurmat va insonparvarlik tamoyillarini shakllantirish;
- talabalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, stressni boshqarish, zararli odatlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalarni rivojlantirish;
- endokrin kasalliklar, jumladan qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, semizlik, metabolik sindrom, osteoporoz va boshqa endokrin kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tibbiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
- talabalar o‘rtasida diabet profilaktikasi, sog‘lom ovqatlanish va endokrin salomatlik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
- aholining, ayniqsa yoshlarning endokrin salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash va o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilishning ahamiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
- talabalarning tibbiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy ilm-fan yutuqlari, yangi diagnostika va davolash usullari bilan tanishtirish;
- talabalar o‘rtasida ilmiy-tadqiqot faoliyati, mustaqil ta’lim va kasbiy rivojlanishga qiziqishni shakllantirish, ilmiy to‘garaklar va ma’rifiy uchrashuvlarni tashkil etish;
- dunyo va mamlakatimizda tibbiyot, endokrinologiya hamda sog‘liqni saqlash sohasida yuz berayotgan muhim yangiliklar haqida talabalarga o‘z vaqtida ma’lumot berib borish;
- talabalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat, hamjihatlik, mehr-oqibat va insonparvarlik fazilatlarini rivojlantirish;
- bo‘lajak shifokorlarda vatanga sadoqat, fuqarolik mas’uliyati, kasbiga fidoyilik va tibbiyot xodimining yuksak axloqiy fazilatlarini shakllantirish;
- talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kafedra va universitet miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish, ilmiy va madaniy tadbirlarga faol jalb etish;
- endokrinologiya bo‘yicha turli ochiq darslar, davra suhbatlari, seminarlar, viktorinalar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
- talabalar o‘rtasida sog‘lom psixologik va ma’naviy muhitni ta’minlash, ularning o‘qish va kasbiy faoliyatidagi muammolarini aniqlash hamda zarur hollarda tegishli yordam va tavsiyalar berish.
Kafedrada amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning nafaqat tibbiy bilimlarini, balki kasbiy kompetensiyasi, ma’naviy-axloqiy dunyoqarashi, bemorlar bilan muloqot qilish madaniyati va jamiyat oldidagi shifokorlik mas’uliyatini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.


