Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar endokrinologiya kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda universitet ma’navuyat va ma’rifat bo’limi tasdiqlagan reja asosida olib boriladi. Ushbu faoliyatni mas'ul o'qituvchi Togaeva G.S. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

  Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar va Sog’liqni Saqlash Vazirligi Akademik Yo.X.To’raqulov nomidagi Respublika Ixtisoslashgan Endokrinologiya Ilmiy- amaliy Tibbiyot markazi Samarqand hududiy filiali xodimlari o'rtasida ish olib boradi:

  Rejaga asosan:

  Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan muntazam ravishda tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida turli xil ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:

  Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda xafraning payshanba kunlari professor-o'qituvchilar talabalar va Sog’liqni Saqlash Vazirligi Akademik Yo.X.To’raqulov nomidagi Respublika Ixtisoslashgan Endokrinologiya Ilmiy- amaliy Tibbiyot markazi Samarqand hududiy filiali xodimlari o'rtasida ish olib boradi:

  20-mart kuni Samarqand shahrida o`tkazilgan “Navro`z umumxalq sayli” da Samarqand Davlat tibbiyot universiteti endokrinologiya kafedrasi da xodimlari va talabalar ishtirokida ko’tarinki ruxda o’tkazildi. Milliy taomimiz sumalak va xalimlar tayyorlandi.

  2022-yil 12-mart kuni Kattaqoʻrgʻon shahri “Ingichka” qishlogʻida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Uchrashuvida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Tursinxon Xudoybergenovlar ishtirok etdi. Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot institutining davolash ishlari boʻyicha prorektori, 1-klinika bosh shifokori prof. N.N.Abdullaeva boshchiligidagi ishchi guruh ham professor-oʻqituvchilar bilan birgalikda aholini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish maqsadida Kattaqoʻrgʻon shahriga tashrif buyurdilar.

  SamDTU jamoasi va Endokrinologiya kafedrasi 9 may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Endokrinologiya kafedrasini keksa yoshdagi onaxonlarni xolidan xabar olindi.