Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari
Biokimyo kafedrasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari Biokimyo kafedrasi tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari zamonaviy tibbiyot fanining dolzarb muammolarini o‘rganish, innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va ularni ta’lim hamda amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan. Ilmiy ishlar sog‘liqni saqlash sohasining real ehtiyojlari, fan va texnikani rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, quyidagi muammolar ustida tadqiqotlar olib borilmoqda: ona va bola salomatligini muhofaza qilish, mintaqaviy xususiyatlardan kelib chiqqan holda kasalliklarni erta aniqlash, davolash va profilaktika usullarini ishlab chiqish, oliy tibbiy ta’limda zamonaviy interaktiv metodlarni qo‘llash, virtual laboratoriyalar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish.
Shu bilan birga, kafedra faoliyati yosh avlodni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy ong va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishga ham qaratilgan. Talabalar ilmiy izlanishlarga jalb qilinib, ularda kasbiy kompetensiya, mustaqil fikrlash va fuqarolik pozitsiyasi rivojlantirilmoqda. Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari ta’lim, fan va amaliyotni uyg‘unlashtirish orqali yuqori malakali, vatanparvar va zamonaviy bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Kafedra oʻz ilmiy faoliyatini Janubiy Qozogʻiston Tibbiyot Akademiyasi, Parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti bilan tuzilgan memorandum shartnomalari asosida olib boradi. Isaev (Samarqand)
Oxirgi 5 yil davomida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra kafedra o’tuvchilari
Fayzullaeva X.B. “Asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda klinik laborator ko‘rsatkichlarining prognostik informativligi ”

Mamadaliyeva Z.R. “Tibbiyot Oliy ta'lim tashkilotlarida biokimyo fanini virtual laboratoriyalardan foydalanib o'qitish metodikasini takomillashtirish”


Usarov.Gʻ.X “markaziy va janubiy o‘zbekiston moskitlari (diptera: phlebotominae) faunasi va ularning epidemiologik ahamiyati” mavzularida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildi.

Kim O.V. «O‘tkir gematogen osteomielitga chalingan bolalarda suyak kollageni biomarkerlarini aniqlashning klinik diagnostik ahamiyati» mavzularida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildi.

Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 7 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar (Saidmurodova Z.A., Halimova S.A., Tolipova Sh E., Nazarova M E., Keldiyarova Sh X., Murtazayeva N.K, Nazarova G.Sh va 3 nafar xodim (Axmedov A.S. Quvondiqov I.N. Ochilbekova S. K. Mamadiyorova H.Sh.) bir vaqtning o'zida asosiy doktoranturada o'qiydi.
So‘nggi besh yil mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari tomonidan keng ko‘lamli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Buning natijasi o‘laroq, jami 200 dan ziyod ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar nashr etildi. Xususan, fundamental va amaliy yo‘nalishlarda 4 ta darslik, 9 ta o‘quv qo‘llanma hamda 10 ta monografiya chop etildi. Shuningdek, tadqiqotlar jarayonida erishilgan intellektual mulk natijalari sifatida 15 ta elektron dasturiy mahsulot ro‘yxatdan o‘tkazildi. Kafedra a’zolarining ilmiy izlanishlari respublika miqyosidagi hamda nufuzli xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalariga kiruvchi jurnallarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar ko‘rinishida o‘z aksini topdi.