Patofiziologiya kafedrasi 1930 yilda tashkil topgan. Kafedraning birinchi mudiri dotsent Xakim Raimovich Farxadi bo‘lgan. 1927 yilda Moskva davlat universiteti tibbiyot fakultetini a’lo baxolar bilan tugatib, I.P.Pavlov eksperimental laboriyatoriyasi xodimi bo‘lib ishlagan. 1929-1930 yillarda Toshkent tibbiyot instituti fakultativ terapiya klinikasi ordinatori, 1930 yil may oyidan X.R.Farxadi SamDTI patologik fiziologiya kafedrasida oldin assistent, dotsent, keyin kafedra mudiri bo‘lib ishlagan. Kafedra mudiri lavozimida 1952 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan. X.R. Farxadi raxbarligida 4 nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan. Uning ishlaring asosiy yo‘nalishi allergiya va to‘qima terapiyasiga bag‘ishlangan.
X.R.Farxadidan keyin kafedraga tibbiyot fanlari doktori Ivan Polikarpovich Mishenko raxbarlik qilgan. Mishenko I.P. ko‘p yillar davomida Ukraina rentgen-radiologiya va onkologiya ilmiy-tadqiqot institutining eksperimental-biologik markaziga raxbarlik qiladi. U rus, ukrain, nemis va fransuz tillarida chop qilingan 107 ilmiy ishlar muallifi.
1965 yilni oktyabr oyidan boshlab SamDTI patofiziologiya kafedrasiga professor Raim Pulatovich Pulatov raxbarlik qilgan. R.P.Pulatov bir vaqtda SamDTI Markaziy ilmiy- tadqiqot laboratoriyasini (MITL) mudiri sifatida xam 1972 yilga qadar ishlaydi. R.P.Pulatov ilmiy ishlarining asosiy yo‘nalishi oshqozon–ichak patologiyasini modellashtirishdan iborat. Uning raxbarligida 11 ta kandidatlik va 2 ta doktorlik dissertatsiyalari yoqlangan, u 120 tadan ortiq ilmiy ish chop qilgan. 1979 yil 9-oktyabrda patofiziologiya kafedrasi negizida davolash fakulteti patofiziologiya kafedrasi (mudiri prof. R.P.Pulatov) va pediatriya fakulteti patofiziologiya kafedrasi (prof.O.A.Xusinov) tashkil qilinadi. Prof R.P.Pulatov vafot qilgandan keyin, ikkala fakultet patofiziologiya kafedralari biriktirilib, 1982 yil 11 oktyabrdan boshlab bitta patofiziologiya kafedrasi tashkil qilinadi va uning mudiri etib prof. Otaboy Avezovich Xusinov saylanadi. 1983-1985 yillarda bir vaqtda institut MITL ni xam boshqaradi.
2012 yildan fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri etib t.f.n. dotsent Karabaev Aminjon Gadaevich saylandi. 1990 yildan patologik fiziologiya kafedrasi assistent lavozimida va Samarqand bolalar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limida ishlagan. 1999 doktorlik "Morfofunksionalnie izmeneniya v gopotalamo-gipofizarno-neyrosekretornoy sisteme v protsesse umiraniya i ojivleniya" mavzusida nomzodlik ishini yoqlagan.
2017 yildan buyon Normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudirligiga tibbiyot fanlari doktori Samieva Gulnoza Utkurovna tayinlandi. 2017 yili prof. X.E. Karabaev rahbarligida «Sovreshenstvovanie kompleksnoy diagnostiki, lecheniya i profilaktiki stenoziruyushix laringotarxeitov u detey» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
Samieva Gulnoza Utkurovna t.f.d., prof
Kafedrada G.U. Samieva tashabbusi bilan TIJ faoliyati jadallashdi. Oxirgi o‘quv yillarida talabalar doimiy ravishda fiziologiya va patologik fiziologiya fanlaridan faxrli o‘rinlarni egallashmoqda. dots. Fiziologiya va patologik fiziologiya fanini o‘qitishda tibbiyotga kirish amaliy ko‘nikmalari bevosita SamMU 1-klinikasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida olib borilmoqda. Oxirgi 3 yilda kafedra xodimlari tomonidan maqolalar, tezislar tayyorlanishi va chop etilishi, o‘quv qo‘llanmalar nashr qilinishi sezilarli darajada oshdi. 2020 yil Normal va patologik fiziologiya kafedrasi “Fiziologiya” va “Patologik fiziologiya” kafedralariga ajraldi. Prof. Samieva G.U. Patologik fiziologiya kafedrasi mudiri bo‘lib faoliyat yuritmoqda.
Prof. G.U. Samiyeva 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 20 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 12 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta monografiya, 2 ta darslik muallifi. Gulnoza Utkurovna rahbarligida shu kungacha 3 ta nomzodlik dissertatsiyasi tayyorlanib, muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Bugungi kunda kafedraning ahil jamoasi ustozlar an’anasini davom ettirib, tibbiyot fani rivojiga, jahon andozalariga mos tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash jarayoniga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Hozirgi kunda "Patologik fiziologiya" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tarkibi quyidagi mutaxassislardan iborat: PhD Kurbanov G.T., PhD Safoyeva 3.F., PhD Tairova S.B., PhD Karimova M.M., katta o‘qituvchilar Lapasova Z.X., Abdirashidova G.A. va assistentlar Saidova F.S., Pardayeva Z.S., Yuldasheva F.I., Boymamatova P.F., Orifxonov M.X, Baxranova M.Sh.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi 5 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 400 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 2 ta darslik, 12 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 10 ta uslubiy qo‘llanma, 3 ta monografiya, 12 ta elektron dastur, 250 dan ortiq maqola respublika va xalqaro yetakchi jurnallarda chop etilgan.
Ulashish