Universitet stomatologiya fakulteti 1-son Otorinolaringologiya kafedrasida oxirgi uch yil davomida quyidagi muhim ma’naviy –ma’rifiy va axloqiy tarbiya ishlari amalga oshirilgan. Kafedrada yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʼlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘tgan o‘quv yillari davomida yuqori savida tashkil etilib kelindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 19 mart kuni Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida kafedrada o‘quv yili davomada tadbirlar tashkillashtirilib kelindi.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida teatr, kino, konsert va muzeylarga tashriflari uyushtirildi. “Teatr – tarbiya maskani”, “Vatan bo‘ylab sayohat” shiori ostida mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, yoshlar orasida keng targ‘ib etish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida “Ajdodlar xotirasi yodimizda” (Adiblar xiyoboni, muqaddas qadamjolarga) “O‘zbekiston - jannatmakon diyor”, “Baxtlar vodiysi”, “Biz nechun sevamiz, O‘zbekistonni”, “Bunyodkorlik yo‘lida” mavzularida professor-o‘qituvchilar va talablarning madaniy ekskursiyalaritashkil etildi.
O‘quv yilida universitetda 150 nafarga yaqin Narpay tumanidan kelib tahsil olayotgan talabalar va bitiruvchilar bilan tuman hokimi ishtirokida “Hokim va yoshlar”uchrashuvi tashkil qilindi.
O‘tgan o‘quv yilida ularning 19 nafari oliygohni tamomlashdi va deyarli barchasi tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirildi. Bunda, 14 nafar bakalavriat va 3 nafar klinik ordinatura va magistratura talabalari ishga qabul qilindi.
Uchrashuv davomida dastlab, bitiruvchilarni yangi lavozim bilan tabriklab, o‘ta masʼuliyatli kasb egasi bo‘lganliklarini, ularga xalq salomatligini saqlashdek muhim vazifa ishonib topshirilayotgani va bu ishonchni barchalari oqlashi lozimligini taʼkidladi.
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida kafedraga biriktirilgan Samarqand tumani “Mirishkor” MFYda joylashgan 31-maktab hamda tumanning O‘rta Ohalik MFYda joylashgan 18-maktabga bir necha bor tashriflar uyushtirildi.
Universitet qoshdagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bilan kafedra professor-o’qituvchilari hamkorligi doirasida mazkur biriktirilgan. Jamoat salomatligi texnikumlariga tashrif buyurilib, tadbirlar uyushtiririlib kelindi.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashriflardan lavhalar.
Ulashish