Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti stomatologiya fakulteti 1-son Otorinolaringologiya kafedrasida oxirgi uch yil davomida yuksak ma’naviy–ma’rifiy va axloqiy tarbiya ishlari amalga oshirilgan. Kafedrada yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʼlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘tgan o‘quv yillari davomida yuqori saviyada tashkil etilib kelindi.

  O‘quv yili davomida kafedrada tahsil olgan barcha bo'lajak shifokorlarimiz, talaba yoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning asarlari, nutqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va Oliy Majlis sessiyalari materiallari, qabul qilingan Qonunlarning mazmun va mohiyati tanishtirib kelindi. Kafedrada talabalarga O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari, Qurolli Kuchlari tarixi va Konstitutsiyaga bag‘ishlangan ochiq darslar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam o‘tkazib boriladi.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 19 mart kuni Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida kafedrada o‘quv yili davomida tadbirlar tashkillashtirilib kelindi.

  Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida teatr, kino, konsert va muzeylarga tashriflari uyushtirildi. “Teatr – tarbiya maskani”, “Vatan bo‘ylab sayohat” shiori ostida mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, yoshlar orasida keng targ‘ib etish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida “Ajdodlar xotirasi yodimizda” (Adiblar xiyoboni, muqaddas qadamjolarga) “O‘zbekiston - jannatmakon diyor”, “Baxtlar vodiysi”, “Biz nechun sevamiz, O‘zbekistonni”, “Bunyodkorlik yo‘lida” mavzularida professor-o‘qituvchilar va talabalarning madaniy ekskursiyalari tashkil etildi. Shu jumladan, professor-o‘qituvchilarning tarixiy maskanlarga, qadimiy obidalar va ziyoratgohlarga hamda milliy anʼanalarni aks ettiruvchi maskanlarga ekskursiyalari uyushtirildi.

  O‘quv yilida universitetda 150 nafarga yaqin Narpay tumanidan kelib tahsil olayotgan talabalar va bitiruvchilar bilan tuman hokimi ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil qilindi. O‘tgan o‘quv yilida ularning 19 nafari oliygohni tamomlashdi va deyarli barchasi tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirildi. Bunda, 14 nafar bakalavriat va 3 nafar klinik ordinatura va magistratura talabalari ishga qabul qilindi. Uchrashuv davomida dastlab, bitiruvchilarni yangi lavozim bilan tabriklab, o‘ta masʼuliyatli kasb egasi bo‘lganliklarini, ularga xalq salomatligini saqlashdek muhim vazifa ishonib topshirilayotgani va bu ishonchni barchalari oqlashi lozimligini taʼkidlandi. Faol ishtirok etgan talabalarga maxsus diplomlar va esdalik sovg‘alari  tantanali ravishda topshirildi.

6aa7afe4e8de8.jpg

  Universitet qoshidagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bilan kafedra professor-o’qituvchilari hamkorligi doirasida mazkur texnikumga tashrif buyurilib, dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi va o‘zaro tajriba almashish ishlari olib borildi.