O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev o‘z dasturlarida ta’kidlaganlaridek «Eng muxim va dolzarb masalalardan biri – yuksak ma’naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat» Obod va farovon jamiyatni yuksak ma’navit va uzluksiz ma’naviy tarbiya orqali ko'rishimiz mumkin.
O’quv yili davomida reja asosida kurs professor-o’qituvchilari ma’naviy-ma’rifi, axlokiy tarbiyaviy soxalarda ko’plab ishlarni amalga oshirdilar.
Xaftaning juma kunlari o'tkaziladigan «Axborot soatlari»da shaxsning ma’naviy kamolotini rivojlantirish maqsadida yuksak ma’naviyat mezonlari, talabalar ma’naviy kamoloti, diniy bagri kenglik mavzularida suxbatlar yil davomida doimiy o'tkazib borildi. Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti SamDTU Tibbiy pedagogika, oliy xamshiralik ishi va xalk tabobati fakulteti Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan 14.11.2024 yil kuni 3-son talabalar turar joyida talaba bilan “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i “ qabul qilingan kunga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni kafedra mudiri G.D. Klebleyeva ochib berib barchani O‘zbekston respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan tabriklab, bugungi tadbir maqsadi, vazifalari va bayroq haqida qisqacha so‘zlab berdilar. Tadbir raisi keyin so‘zni katta o‘qituvchi N.H. Islamovga berdi. N.H. Islamov so‘zga chiqib hammani bayroq qabul qilingan kun bilan tabriklab bayrog‘imiz haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Kafedra assistenti Tolibov Mansur Maxmudovich davlatimiz ramzlaridan biri bo‘lgan bayroq va uning qachon qabul qilinganligi hamda bayroqdagi rang, yulduzchalar va chiziqlar qanaqa ma’no berishi haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tdi.
SamDTU 3-son TTJda 2025 yil 4-fevral kuni Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi professor-o‘qituvchilari va universitet xotin qizlar kengashi raisi, Tibbiy pedagogika, oliy hamshiralik ishi va Xalq tabobati fakulteti, Tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya fakultetlari dekan maslahatchilari hamda talaba qizlari ishtirok etishdi. "SOGLOM OVQATLANISH - SALOMATLIK VA GO‘ZALLIK KAFOLATI" mav’zusida Teri-tanosil kasalliklari assistenti M.R. Baratova so‘zga chiqib; Sog‘lom, to‘gri va rasional ovqatlanish hamda ovqatlanish madaniyatiga rioya qilish inson salomatligini mustahkam bo‘lishida, uzoq umr ko‘rishda, qomat, tashqi ko‘rinishning go‘zal bo‘lishidagi muhim ahamiyat etadi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 3-son talabalar turar joyida qizlar o‘rtasida “Sog‘lom ovqatlanish - salomatlik va go‘zallik kafolati" mavzusida Intellektual viktorina tashkil etildi. Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan bellashuvda ishtirokchilarning mavzu yuzasidan bilimlari baholanib, mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlar bilan yanada mustahkamlandi.
Shuningdek, Teri tanosil kasalliklari kafedrasi mudiri PhD G.D. Klebleyeva tomonidan soch, teri, tirnoq parvarishiga doir "Go‘zallik sirlari" mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Unda tabiiy mahsulotlardan niqoblar tayyorlash va foydalanish usullari o‘rgatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan 2022 yil 18.03.2022 kuni o‘tqazgan “Ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha, shuningdek 2022 yil 1 apreldagi PQ-188-son qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha Samarqand davlat Tibbiyot universiteti rektorining 2022 yil 18 apreldagi №207/AF-sonli buyrug‘ining 2- ilovada nazarda tutilgan vazifalar va chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi xodimlari tomonidan Samarqand viloyati Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga otaliq yordamini ko‘rsatish bo‘yicha ishlab chiqilgan “YO‘L XARITASI” asosida amaliy ishlar olib borildi.
13.03.25 yil kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika, OHI va xalq tabobati fakul’teti Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi tomonida SamDTU qoshidagi akademik lisey talabalar turar joyida Ramazon oyi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi professor-o‘qituvchilari va SamDTU qoshidagi akademik lisey o‘qituvchilari hamda SamDTU talabalari va SamDTU qoshidagi lisey o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbiri davomida turli konsert dasturlari va ko‘ngilochar chiqishlar namoyish etilib, yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashildi. Shuningdek, Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi tomonidan osh qilinib tarqatildi.
SamDTU Teri-tanosil kasalliklari kafedrasining “ Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Kulbapayon Q.F.Y. Jo‘yi Abbos mahallasi 46-maktab tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlar uyushtirish bilan bir qatorda maktab sharoitlari bilan ham tanishishdi. Maktabda uquvchilar 531 ta, pedagoglar 40 ta, pedagog kadrlar bilan taminlangan faqat musiqa o‘qituvchi kerak. ARM da fanlar bo‘yicha darsliklar etarli, 2000 ga yaqin badiiy adabiyotlar mavjud. Faollar zali mavjud bo‘lib 50 kishiga moslashgan. Maktabda ma’rifiy ma’naviy ishlar haftaning juma kunlari o‘tkazilib, ota-onalar, mahalla fuqarolar yig‘ini va ichki ishlar bilan muloqotlar olib borilmoqda.
Musta’qillik yillarida ko‘plab milliy qadriyatlarimiz qatori «Navro‘z bayrami» ham xalqimizga qaytarildi. Bu bayram ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib insonlarni hamjixatlikka chaqiradi. Har yil,jumladan, bu yil hamPrezidentimizning«21-mart navro‘z bayramini umumxalq bayrami sifatida nishonlash» to‘g‘risida qarorlari asosida 20.03.2025 yil kuni nishonlangan Navro‘z bayramida kafedramiz xodimlari faol ishtirok etishdi.
2024-yil 30-sentyabr kuni soat 15:00 da Universitetimiz raxbariyati tomonidan tashkil etilgan “USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI" munosabati bilan universitetda faoliyat olib borayotgan PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR uchun bo‘lib o‘tadigan bayram tadbiriga Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi mudiri PhD G.D. Klebleyeva,kafedra dotsenti D.M. Abdullayev va assistent M.R. Baratovalar ishtirok etishdi. Tadbirda Kafedramiz assistenti M.R. Baratova universitet rektori tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
18.10.24 yil kuni Alisher Naboiy nomidagi istirohat bog‘ida viloyat hokimiyati tomonidan tashkil etilgan, Samarqand kuniga bag‘ishlangan katta tadbirda SamDTU Teri tanosil kasalliklari kafedrasi xodimlari faol qatnashishdi.
Samarqand viloyati xokimining 3-mart 2025 yil yig‘ilish bayoni 1-ilovasi 10- band ijrosi bo‘yicha SamDTU Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi dotsenti D.M. Abdullayev, katta o‘qituvchi N.H. Islamov, assistentlar X.D. Abdullayev va I.B. Tilloqobilovlar 04.04.2025 yil kuni Samarqand shaxar Rudakiy maxallasi 64-DMTT va Orzu maxallasi 53-DMTT da bo‘lib bog‘cha xodimlari va tarbiyalanuvchilar bilan uchrashishdi. Uchrashuvda “Bolalar sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish va sog‘lom ovqatlanish”, “Sog‘lom turmush tarzi bolalarda, jismoniy faollik” “Bolalarda qo‘llarni va tishlarni qanday yuvish kerakligi” kabi mavzularda suhbat o‘tkazishdi. Tadbir yakunida kafedra tomonidan bog‘cha tarbiyalanuvchilariga turli xil sovg‘alar topshirildi.
2024-2025 o’quv yilida rejalashtirilgan barcha tadbirlar amalga oshirildi xamda kafedramiz barcha xodimlari universitetimiz tomonidan tashkillashtirilgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etishdi va kafedramiz miqyosida biror qonunbuzarlik va ma’naviyatga zid xatti-xarakatlar kuzatilmadi
Ulashish