Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada 3-kurs pediatriya, davolash ishi, pediatriya (qo‘shma) va davolash ishi (qo‘shma) ta’lim yo‘nalishlari hamda 4-kurs tibbiy biologiya fakulteti talabalari «Tibbiy radiologiya» fani dasturi asosida tahsil oladilar. Shuningdek, 4-kurs oliy hamshiralik ishi fakulteti talabalari «Tibbiy radiologiyada hamshiralik ishi» fani dasturi asosida tahsil oladilar. 

  Kafedrada magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

  O‘qitish har bir kurs va ta’lim yo‘nalishi uchun quyidagi tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi:

– malaka tavsifi;
– davlat ta’lim standarti;
– o‘quv dasturi;
– ishchi o‘quv dasturi.

  Ta’lim jarayonida quyidagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari va me’yoriy hujjatlardan foydalaniladi:

– O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 80-son buyrug‘iga muvofiq kiritilgan o‘zgartirishlar;
– tasdiqlangan diagnostika standartlari;
– xalqaro klinik tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiyasi va loyiha usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. 

  O’quv asturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedra kutubxonasi:

  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 750 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud. 
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni ultratovush,  rentgen diagnostika, Multispiral kopyuter tomografiya va Magnit rezonans tomografiya  xonalarida ko’rish tashkil etilgan