×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada 3 kurs pediatriya ishi, davolash ishi, stomatologiya, tibbiy profilaktika ishi, xalqaro ta’lim,  4 – kurs tibbiy biologiya fakulteti talabalari «Tibbiy radiologiya»  fani dasturi, 3 kurs xalqaro 4 kurs davolash ishi va pediatriya ishi talabalari «Nurli tekshirish usullarida kasalliklarnin semiotikasi» fani dasturi, 5 kurs Stomatologiya fakulteti talabalari «Klinik radiologiya» fani dasturi va 6 kurs davolash ishi fakulteti talabalari  «Nurli terapiya va radiatsion tibbiyot asoslari»   –fani dasturi asosida taxsil olishadi.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
  Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv asturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedra kutubxonasi:

  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 750 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud. 
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni ultratovush,  rentgen diagnostika, Multispiral kopyuter tomografiya va Magnit rezonans tomografiya  xonalarida ko’rish tashkil etilgan