Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

Turkevich Boris Gervasiyevich

  1930- yilda prof. Lepixin А.А. (1930-1931)katta tashkiliy ishlarni yo’lga qo’yish orqali normal anatomiyasi kafedrasiga asos soldi. 1932- yilda 1948-yilgacha kafedra ishini B.G. Turkevich olib borgan. 1936 yil bilogiya fanlari doktori unvonini olgan va 1937 yil professor nomzodi berildi. 1944 yilda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi bo’ldi. Turkevich B.G. 1920 yilda Shimoliy Kavkaz universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan. Ushbu universitetni tugatgandan keyin 1920-1930 y.y. anatomiya kafedrasida assistent bo’lib ishlagan. Samarqand davlat tibbiyot universitetining normal anatomiya kafedrasida 1931-1948 yillar davomida kafedra mudiri bo’lib ishlagan. Samarqand davlat universitetining biologiya fakultetida ham ishlagan – 1948-1951 y.y. Ish faoliyati davomida 150 dan ziyod ilmiy ilshlar, 4 monografiya chop etilgan. Turkevich B.G. rahbarligi ostida 1 ta doktorlik dissertasiya ishi va 9 ta nomzodlik disertasiya ishlari himoya qilingan.

Xolquziyev Murodullo Nurmatovcih

  Xolquziyev M.N. 1948 yildan 1964 yilgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetining normal anatomiya kafedrasi mudiri bo’lib ishlagan. Xolquziyev M.N. 1922 yil Namangan viloyatida dehqon oilasida tug’ilgan. 1931 yil Kazan universitetining tibbiyot fakultetini tugatdi. Ushbu universitetda nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarini himoya qilgan. Xolquziyev M.N. 1942 yilgacha SamDTU da o’qituvhchi bo’lib ishlagan. 1942 yildan 1945 yilgacha dotsent lavozimlarida ishlagan. Samarkand davlat tibbiyot universitetining Kengash qaroriga asosan 1948 yilda Normal anatomiya kafedrasiga mudir etib saylangan, 1964 yilgacha ishlagan. Ish faoliyati davomida 230 dan ziyod ilmiy ilshlar, 7 monografiya chop etilgan. Xolquziyev M.N. rahbarligi ostida 10 ta nomzodlik disertasiya ishlari himoya qilingan.1959 yilda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi bo’ldi. Xolquziyev M.N. o’sha davrda mashxur bo’lgan anatom, akademikFAN SSSR xalqaro tibbiyot tarixi akademgi B.N. Ternovskiyning shogirdi bo’lgan.

Ibadov Ne’mat Abdullayevich

  1964 yildan 1990 yilgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetining normal anatomiya kafedrasi mudiri bo’lib ishlagan.1979 yilda O’zSSR ning Yuqori Kengash Prezidiumi qaroriga binoan unga “O’zSSR da Xizmat koʻrsatgan arbob” faxriy unvoni berildi. Ibadov N.A. 1919 yil Samarqand shahrida tug’ilgan. 1942 yil Samarqand davlat tibbiyot institutni tugatdi. Uning tahriri ostida yurak-qon tomir tizimidagi vena qon tomirlarining strukturalarini yoshga xos xususiyatlarini va taqqoslovchi anatomiyasi o’rganilgan. Yurakning gistologik va morfologik xususiyatlari ham o’rganilgan. Ish faoliyati davomida 140 dan ziyod ilmiy ilshlar, 1 monografiya, 2 o’quv qo’llanmalar chop etilgan. Ibadov N.A. rahbarligi ostida 1 ta doktorlik dissertasiya ishi va 5 ta nomzodlik disertatsiya ishlari himoya qilingan.

Saloxutdinova Ra’no Maslaxatovna

  Biologiya fanlari nomzodi, dotsent Saloxutdinova R.M. 1970 yildan 1972 yilgacha Samarqand davlat tibbiyot institutining normal anatomiya kafedrasi mudiri bo’lib ishlagan. Ish faoliyati davomida 50 dan ziyod ilmiy ilshlar, 2 o’quv qo’llanmalar chop etilgan. Ilmiy faoliyati davomida inson va hayvonlarning dolzarb morfologik muammolari bilan shug’ullangan.

Ten Sergey Aleksandrovich

  1933-yil 12-iyun kuni Rossiyaning Primorskiy kray vohasida tug’ilgan. 1957 yil Samarqand davlat tibbiyot universitetiga o’qishga kirdi va butun umrini ushbu institut bilan bog’ladi. Institutni tugatgandan keyin normal anatomiya kafedrasida assistent bo’lib ishladi. 1971-yil nomzodlik dissertatsiyasini, 1989 yil esa doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ten S.A. 1990 yildan 2012 yilgacha Samarqand davlat tibbiyot institutining normal anatomiya kafedrasi mudiri bo’lib ishlagan. Ten S.A. yuqori ilmiy saviyasi, zukkoligi, chaqqonligi va keng hajmli ilmiy potesiyalligi tufayli ish faoliyati davomida 340 dan ortiq ilmiy ishlarni chop etib keldi. 4 monografiya, 2 o’quv qo’llanma, 2 ixtiro patentlar ham ishlab chiqdi. Ten S.A. rahbarligi ostida 5 ta doktorlik dissertasiya ishi va 6 ta nomzodlik disertasiya ishlari himoya qilingan. SamDTU ning “Bilogiya va tibbiyot muammolari” ilmiy-uslubiy jurnalidagi bosh muharrirning o’rinbosari lavozimida ishlagan. Bundan tashqari “Tinbo axborotnomasida” ham muharrirlik lavozimlarida ishlagan. Samarqand qishloq-xo’jalik institutidagi muvofiqlashtiruvchi Kengash a’zosi bo’lgan. Juda ko’plab Respublika va Xalqaro seminarlarda, konferensiyalarda, morfologik anjumanlar faol ravishda qatnashib kelgan va faxriy yorliqlarga, sertifikatlarga va diplomlarga ega bo’lgan.Ten S.A. Respublika va Xorijiy hamkasblari orasida yuqori nufuzga va chuqur hurmatga ega bo’lgan.Ten S.A. ish faoliyati davomida noa’nanaviy tibbiyot usuli bo’lmish igna bilan davolsh usuli bilan ham shug’ullangan. Sog’liqni Saqlash vazirligi tomonidan “Sog’liqni saqlash sohasida a’lochi” va “Mehnat faxriysi” unvolari ham berilgan.

Shadiyev Erkin Turaqulovcih

  Shadiyev E.T. 1963 yilda Samarqand shahrida tug’ilgan. 2004 yil yanvar oyidan to iyun oyigacha Samarqand davlat tibbiyot universitetining normal anatomiya kafedrasi mudiri bo’lib ishlagan. 1993 yil nomzodlik dissertasiya ishini himoya qildi. Ilmiy ish faoliyati davomida taloqning yoshga xos va taqqoslama xususiyatlarini o’rgandi. 2002 yil Ten S.A. rahbarligi ostida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. Ish faoliyati davomida 70 dan ziyod ilmiy ilshlar, 2 o’quv qo’llanmalar chop etilgan. Shadiyev E.T. rahbarligi ostida 1 ta nomzodlik disertasiya ishi himoya qilingan.

Jakeshov Erkin Ibragimovich

  Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Jakeshov E.I. 2012 yildan 2013 yilgacha Samarqand davlat tibbiyot institutining normal anatomiya kafedrasi mudiri bo’lib ishlagan. Ish faoliyati davomida 60 dan ziyod ilmiy ilshlar, 3 o’quv qo’llanmalar chop etilgan. Ilmiy faoliyati davomida inson va hayvonlarning dolzarb morfologik muammolari bilan shug’ullangan.

Аgzamov Kamol Agzamovich

  Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Agzamov K.A. 2013 yildan 2014 yilgacha Samarqand davlat tibbiyot institutining normal anatomiya va oxta kafedrasi mudiri bo’lib ishlagan. Ish faoliyati davomida 100 dan ziyod ilmiy ilshlar, 1 o’quv qo’llanmalar chop etilgan. Ilmiy faoliyati davomida inson va hayvonlarning dolzarb morfologik muammolari bilan shug’ullangan. 1960 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan. 1961 – 1963 yillarda SamDTU Klinikasining umumiy jarrohlik bo’limida aspiranturani muvaffaqiyatli tugatdi. 1965-1969 yillarda SamDTU ning OXTA kafedrasida katta o’qituvchi, 1968-1972 yillarda dotsent lavozimlarida ishlagan. 1971 yil nomzodlik dissertasiya ishini himoya qildi. 1991 yilda Samarqand shahrida deputat etib saylangan

Xusanov Erkin O’ktamovich

  1967-yil 17-iyunda Samarqand viloyatida tug’ulgan. 1985-1993 yilda Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetida taxsil olgan. 1993-2000 yil Odam anatomiyasi kafedrasida assistenti. 2000-2003 yil katta o’qituvchi. 2003-2005 yil kafedra dotsenti. 2005-2010 yillarda Samarqand davlat tibbiyot universiteti dekan o’rinbosari. 2014-yildan 2022-yil fevralgacha Odam anatomiyasi kafedrasi mudiri. Xozirgi kunda kafedra dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.

  Ish faoliyati davomida 2002-yil nomzodlik dissertatsiyasini “Морфология Нервного и Эндокринного Аппаратов Подвздошной Кишки Крольчат в Период Раннего Постнатального Онтогенеза, Реактивные Изменения их При Воздействии Пестицида Зеропар” Ilmiy raxbar prof. Dexqonov T.D. mavzusida ximoya qilgan. 3ta o’quv qo’llanma, 5ta monografiya, 20 ta o’quv uslubiy qo’llanma, 6ta ratsionalizatorlik taklifi, 90 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

  2022-yil fevral oyidan Odam anatomiyasi kafedrasini t.f.n,dots Hamraqulova Nargiza Orzuyevna boshqarib kelmoqda.