Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  2025–2026 o‘quv yili davomida Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar kafedrasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib borish hamda talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlaridagi ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

  Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalarkafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan farmakognoziya, dorivor o‘simliklarni o‘rganish, biologik faol moddalarni ajratib olish va tahlil qilish, dori vositalarini yaratish va texnologiyasini takomillashtirish, farmatsevtik texnologiyaning zamonaviy usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda. Tadqiqotlarda dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibi, biologik faolligi, farmakologik xususiyatlari va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishga e’tibor qaratildi.

  Shuningdek, farmatsevtik texnologiya sohasida dori shakllarini takomillashtirish, yangi tarkib va texnologiyalarni ishlab chiqish, tayyor dori vositalarining sifat ko‘rsatkichlarini baholash hamda zamonaviy texnologik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy izlanishlar amalga oshirildi.

  Ilmiy maqolalar va nashrlar

  Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar  kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etildi.

Ilmiy maqolalar  71 ta;
Xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalar 35 ta;
Scopus/Web of Science bazalaridagi nashrlar 5 ta;
Respublika ilmiy jurnallaridagi maqolalar 31 ta;
Ilmiy konferensiyalarda chop etilgan tezislar 28 ta;
O‘quv qo‘llanma 5 ta.
O’quv uslubiy qo’llanma  9 ta

  Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar kafedrasi xodimlari tomonidan 2025-2026 o’quv yilida jami 5 ta ‘quv qo’llabnma nashr etildi.

1.Farmatsevtik texnologiya I-qis
2.Farmatsevtik texnologiya II-qism
3. Farmakognoziya
4.Farmatsevtik biotexnologiya
5. Biofarmatsiya

  Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar kafedrasida ilmiy-tadqiqot ishlari farmatsevtika sohasining dolzarb muammolarini hal etishga, mahalliy dorivor o‘simlik xomashyolaridan samarali foydalanishga hamda zamonaviy va samarali dori vositalarini yaratish texnologiyalarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.

  Ilmiy izlanishlar davomida dorivor o‘simliklarning morfologik, anatomik va fitokimyoviy xususiyatlari, biologik faol moddalarning tarkibi va miqdori, dorivor xomashyoning sifat ko‘rsatkichlari hamda standartlashtirish masalalari o‘rganilmoqda.

  Farmatsevtik texnologiya yo‘nalishida esa turli dori shakllarini olish va takomillashtirish, yangi tarkiblarni ishlab chiqish, texnologik jarayonlarni optimallashtirish hamda tayyor mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy maqolalar, tezislar, monografiyalar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanib, mahalliy va xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilmoqda. Ilmiy tadqiqotlarning natijalari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda muhokama qilinmoqda.

  Shuningdek, kafedrada talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talabalar ilmiy to‘garaklar faoliyatida ishtirok etib, dorivor o‘simliklar, farmatsevtik texnologiya va dori vositalarining sifat nazoratiga oid mavzularda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

  Kafedraning ilmiy faoliyatida ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro ilmiy bazalarda indekslanuvchi jurnallarda maqolalar chop etish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

  Kelgusida kafedraning ilmiy salohiyatini yanada oshirish, grant loyihalarida ishtirok etish, patent va intellektual mulk obyektlarini yaratish, mahalliy dorivor o‘simliklar asosida yangi dori vositalarini ishlab chiqish hamda ilmiy tadqiqot natijalarini farmatsevtika amaliyotiga joriy etish bo‘yicha ishlarni kengaytirish rejalashtirilgan.