×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  Xalqaro hamkorlik oxirgi bir necha yil ichida har tomonlama rivojlandi.  Kafedra  chet el davlatlaridagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik shartnomalarini imzoladilar. Rossiya federatsiyasining Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti, Privoljsk tadqiqot tibbiyot Universiteti(ПИМУ), Kursk davlat tibbiyot universiteti, Saratov davlat tibbiyot universiteti, I. M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva Davlat Tibbiyot Universiteti, Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi,Turkiya davlatining Sog’liq bilimlari universiteti, Qozog’iston Respublikasining S.J.Asfendiyarov nomidagi Qozog’iston milliy tibbiyot universiteti, Janubiy Qozog’iston tibbiyot akademiyasi, Semey tibbiyot universiteti, Tojikiston davlat tibbiyot universitetlari shular jumlasidandir.

  Ushbu oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim, ilmiy ishlar, akademik mobillik almashinuvlari va ilmiy kollaboratsiya jarayonlari yaxshi yo’lga qo’yilgan. Doimiy ravishda hamkorlarimiz bilan davra suxbatlari, vebinar, seminar va turli mavzularda onlayn ma’ruzalar o’tkazib kelinmoqda. 

  Shuningdek ushbu OTMlar bilan hamkorlikda xalqaro olimpiada va konferensiyalar o’tkazish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Jumladan QMTU, PIMU, BDTU, TDTUlarida o’tkazilgan olipmiada va  konferensiyalarda kafedramizning “Yosh farmakolog” deb nomlangan talabalar ilmiy jamiyati a’zolari doimiy ravishda faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda.