×
Menu
Close Menu

Science club

  Klinik farmakologiya kafedrasida talabalar ilmiy to‘garagi (TIJ) tashkil etilgan bo‘lib, 2024–2025 o‘quv yilida unga 55 nafar talaba a’zo qilindi va ularning barchasi ilmiy izlanishlarda faol ishtirok etdi. Kafedra xodimlari tomonidan talabalarga tadqiqotlar olib borishda yaqindan yordam ko‘rsatildi.

  Klinik farmakologiya kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati "Yosh klinik farmakologlar" nomli talabalar ilmiy to‘garagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. Talabalar zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan mavzularda respublika tanlovlari uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlaydilar. To‘garakda ishtirok etishga klinik farmakologiya sohasiga qiziquvchi barcha talabalar taklif qilinadi.

  To‘garakning mas’ul rahbari — o‘qituvchi Muradova Railya Rustamovna, 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir.

  TIJ a’zolari respublika darajasida tashkil etilgan xalqaro olimpiadalarda faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelishmoqda:

  Isnatova Iroda nefrologiya bo‘yicha ilmiy-amaliy anjumanda faol qatnashib, nominatsiya diplomiga sazovor bo‘ldi (ilmiy rahbar — Muradova R.R.):

  Sodiqova Ozoda 3-o‘rinni egalladi (ilmiy rahbar — Rahmonov X.A.);

  “Olimpiada Samarqand 2020”da Boymurodov G‘iyos 2-o‘rin va Mamarajabov Shaxboz 3-o‘rinni egallashdi (ilmiy rahbar — Abdurahmonov I.R.);

  Buronova Fotima Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan 95-meditsina festivalida (klinik farmakologiya fanidan) ishtirok etib, sertifikat oldi.

  79-talabalar ilmiy-amaliy anjumanida 10 ta tezis nashr etildi va farmatsiya fakultetining 2 nafar talabasi — Mahmudov Malikjon va Begmatov Begzod 3-o‘rinni egallashdi.

  40 nafar talabaning ism-shariflari klinik farmakologiya kafedrasi nomidan nashr etilgan tezis va maqolalar mualliflari yoki hammualliflari sifatida qayd etilgan.

  Farmatsiya fakulteti talabalari tomonidan 26 ta ilmiy maqola va tezislar tayyorlangan. Ulardan 6 nafari 79-ilmiy anjumanda faol qatnashgan va 20 ta maqola quyidagi xalqaro jurnallarda chop etilgan:

  New Renaissance

Journal of Medical Genetics and Clinical Biology
American Journal of Bioscience and Clinical Integrity
European Journal of Modern Medicine and Practice
Journal of Science in Medicine and Life
Zamonaviy ilm-fan istiqbollari
Amaliy va tibbiyot fanlari ilmiy jurnali