Ilmiy to'garak
"Klinik farmakologiya" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh klinik farmakologlar" nomli talabalar ilmiy to‘garagi faoliyati doirasida amalga oshiriladi.
To‘garakning asosiy maqsadi talabalarning ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning klinik farmakologiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ilmiy faoliyatga keng jalb etishdan iborat. To‘garak doirasida muntazam ravishda yig‘ilishlar, ilmiy seminarlar, klinik farmakologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan muhokamalar hamda ilmiy tadqiqot natijalari taqdimotlari o‘tkaziladi. Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot universitetida tashkil etiladigan xalqaro va respublika miqyosidagi talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalari doirasida alohida sho‘ba yig‘ilishlari tashkil etiladi.
Talabalar respublika tanlovlari, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida ishtirok etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlaydilar. Ular klinik farmakologiyaning dolzarb yo‘nalishlari, oqilona farmakoterapiya, klinik farmakokinetika va farmakodinamika, farmakonazorat, shaxsiylashtirilgan tibbiyot hamda dori vositalari xavfsizligiga oid ilmiy izlanishlar olib boradilar.
To‘garak faoliyatida klinik farmakologiya va ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqish bildirgan barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin. To‘garak a’zolari ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ilmiy maqolalar chop etish, turli darajadagi konferensiyalarda ma’ruza qilish hamda ilmiy tanlovlarda qatnashish imkoniyatiga ega.
To‘garak ilmiy rahbari – Muradova Railya Rustamovna, "Klinik farmakologiya" kafedrasi assistenti, ilmiy izlanuvchi, 100 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifi.
Talabalar ilmiy to‘garagi sardori – Ziyadullayev Diyor, Farmatsiya fakulteti 505-guruh talabasi.
Har yili to‘garak a’zolari soni ortib bormoqda. Jumladan, 2023–2024-o‘quv yilida to‘garakda 28 nafar talaba faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2025–2026-o‘quv yilida ularning soni 37 nafarga yetdi.
To‘garak a’zolarining yutuqlari:
- Baratova Barno "Absolute Winner" nominatsiyasi bo‘yicha diplom bilan taqdirlandi.
- Primqulov Jahongir Samarqand davlat tibbiyot universitetining 80-ilmiy-amaliy konferensiyasida 3-o‘rinni egalladi.
- To‘garak a’zolari N.N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti bazasida o‘tkazilgan klinik farmakologiya fan olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Unda Azimova Sevinch 2-o‘rin, Jumaboyeva Umida esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.