Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Fakultet ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Stomatologiya fakultetida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari: talabalar o‘z-o‘zini boshqarishiga, bandligiga xamjixatlik qilishi, ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, sog‘lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatni ommaviylashtirishdan iboratdir. Fakultetda tarbiyaviy faoliyatni asosiy yo‘nalishlarini amalga oshiruvchi quyidagi shakllari mavjud: talabalarning xavas va ishtiyoqiga qarab madaniy-ma’naviy, jismoniy, ilmiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, talabalar bo‘sh vaqtini unumli tashkillashtirish orqali talaba va o‘qituvchilarning ijodiy va ilmiy uyushmalarini tashkil va barpo etish.

  Ushbu ishlarni tashkillashtirishni fakultetda Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari, tyutorlar,  fakultet xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslaxatchisi tarbiyaviy va o‘z o‘zini boshqarish tuzilmalari amalga oshiradi. Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar unumdorligini oshirish, to‘g‘ri takomillashtirishni yo‘lga solish maqsadida individual yondashish prinsiplaridan foydalaniladi va shu maqsadda fakultetda universitet ma’naviy-ma’rifiy  ishlar bo‘limi va dekanat tavsiya qilgan tajribali pedagog-o‘qituvchilardan iborat tyutorlar tashkil etilgan. Fakultetda ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish maqsadida ko‘pgina tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.