×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  "Nevrologiya" kafedrasidagi iqtodorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh Nevrologlar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun tibbiyotga oid bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning nevrologiya sohasiga oid uslubiy, diagnostik, davolash va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  Tibbiy bilimlar, qolaversa NEVROLOGIYA sohasiga oid muammolarga,  qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  Kafedrada tashkil etilgan to’garak dasturi asosida yig’ilgan talabalarga nevrologiya, somatonevrologiya, neyroreablitatsiya, psixonevrologiya kabi sohalar alohida mavzu sifatida o’tib beriladi hamda talabalarga yuqorida sanab o’tilgan nevrologiya sohalari bo’yicha nafaqat nazariy balki amaliy bilimlar ham master klasslar ko’rinishida ko’rsatib beriladi.

  Yil davomida olib boriladigan to’garak dasturi rejasi asosida oyiga ikki marta to’garakdagi iqtidorli talabalar bilan kafedra ma’ruzalar zalida yig’ilish o’tkaziladi.

  To’garak dasturiga ko’ra reja asosida INTEGRATSIYALASHGAN to’garaklarni ham joriy etish yo’lga qo’yilgan. Xususan  "Yosh Nevrologlar" deb nomlangan to’garagimizdagi talabalar xorijiy tibbiyot universitetlaridagi iqtidorli talabalari bilan hamkorlikda to’garak  dasturlari tashkil etgan holda o’zaro bilim va malakalarni almashtirish imkoniga ega boladilar.

  Bunday INTEGRATSIYALASHGAN to’garak dasturlari nafaqat xorijiy oliy o’quv yurti talabalari bilan, balki o’zimizdagi boshqa kafedralar negizida tashkil etilgan to’garak guruhlari bilan ham olib boriladi.

  Nevrologiya kafedrasida tashkil etilgan ushbu to’garak dasturlari asosida har bir talaba bilan alohida individual ishlash qolaversa ularni ilmiy rahbarlar bo’yicha biriktirib berish ham yo’lqa qo’yilgan. To’garak dasturi davomida rejaga berilgan mavzulardan tashqari iqtidorli talabalar bilan alohida fan olimpiadalari va konferensiyalar bo’yicha tayyorgarlik ishlari olib boriladi.

  To’garakdagi iqtidorli talabalarga tezislar hamda ilmiy maqolalarni to’g’ri shakllantirish, qolaversa ilmiy ma’lumotlarni statistik tahlil qilish bo’yicha ham yetarli amaliy faoliyatlar olib boriladi.

  Ushbu olib boriladigan ilmiy-amaliy faoliyatimizning dalili sifatida shuni aytish joizki, to’garagimizdagi iqtidorli talabalarimiz bugungi kunga kelib nafaqat respublika balki xalqaro olimpiadalar va konferensiyalar miqiyosida ham faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda.

  Nevrologiya kafedrasidagi talabalarning ilmiy to’garagi bugungi kunda ham o’z faoliyatini davom etmoqda va ilmiy izlanishlar qolaversa shaxsiy rivojlanish faoliyatlari yanada qizg’in tarzda rivojlanib bormoqda.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o’qituvchi Ergashev Suxrob Sayidovich, bugungi kunda u PhD, assistent shuningdek 60 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

  Kichik kurs sardori: F. Olimjonova, tibbiy-pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi, 30 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, "Biz korruptsiyaga qarshimiz" tanlovining 1-darajali diplom sohibi, rektor stipendiyasi sohibi.

  "Yosh Nevrologlar" to’garagining sardori: Mustafayev M., Pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi, 10 dan ortiq ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, 12 ta diplom, 15 ta sertifikat, 4 ta faxriy yorliq, 2 ta minnatdorchilik xati egasi, "rektorlik stipendiyasi" laureati hamda xorijiy (IELTS level C1) serifikati egasi hisoblanadi