Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlari fundamental tibbiyot fanlarini rivojlantirish, hujayra, to‘qima va a’zolarning morfofunksional xususiyatlarini o‘rganish, embrional taraqqiyot qonuniyatlarini tadqiq etish hamda turli patologik jarayonlarda yuzaga keladigan gistologik o‘zgarishlarni aniqlashga qaratilgan. Shu bilan birga, kafedrada yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, talabalarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, zamonaviy tibbiyot fanining dolzarb muammolari, biotibbiyot, regenerativ tibbiyot va morfologiya sohasidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra hamda universitetning ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Hozirgi kunda kafedra jamoasida 2 nafar tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor (Oripov F.S., Blinova S.A.), 1 nafar tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Boykuziyev X.X.), 3 nafar tibbiyot fanlari nomzodi (PhD) (Eshkobilova S.T., Shodiyarova D.S., Kurbonov X.R.), 1 nafar katta o‘qituvchi (Dexkanova N.T.), 5 nafar assistant (Yuldasheva N.B., Djurakulov B.I., Okbayev M.B., Xotamova G.B., Mirzayeva S.S., Asadova F.Dj.) va 3 nafar magistr faoliyat yuritmoqda.

  Kafedrada kafedra mudiri, professor F.S. Oripov rahbarligida hamda professor S.A. Blinovaning bevosita ishtirokida hazm nayi va nafas olish tizimi a’zolarining immun, nerv va endokrin boshqarilishining morfologik asoslari, metabolik sindrom, ochlik va energetik ichimliklar ta’sirida organizmda yuzaga keladigan morfofunksional o‘zgarishlar, shuningdek, suyak to‘qimasining regeneratsiyasi yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

  Kafedra faoliyati davomida 7 ta doktorlik, 35 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan, 3 ta darslik, 15 dan ortiq monografiya, 130 dan ortiq o‘quv va ilmiy uslubiy tavsiyanomalar, 700 dan ortiq ilmiy maqolalar, 36 ta ratsionalizatorlik takliflari ishlab chiqilgan. Jumladan, oxirgi besh yilda yilda 3 ta monografiya, 300 dan ortiq ilmiy maqolalar (10 ta Scopus jurnallarida), 10 dan ortiq tezislar chop etilib, 20 dan ortiq EHM dastur ishlab chiqilgan.

  Kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan monografiya va o‘quv qo‘llanmalar

Muallifning ismi sharifi

Chop etilgan qo‘llanmalar

1

S.A. Blinova

Sh.E. Islamov

N.N. Maxmatmuradova

Функциональная морфология надпочечных желёз крыс, подвергнутых воздействию хлоратом магния.

2

T.D. Dexkanov

N.T. Dexkanova

Z.M. Raxmonov

Сравнительная морфология структурной организации и связи слизистой оболочки ампул фатерова сосочка.

3

X. Nurboyev, K. Xalikov, M. Isakulova, D. Toshmurodov, F. Oripov

«Пиримидиновые основы и иx рекционные способности»

4

A.M. Shamsiev

F.S. Oripov

Морфология иммунонейроэндокринных структур тощей кишки и экспериментальных животных

5

T.D. Dexkanov

E.U. Xusanov, Z.M. Raxmonov

Yonbosh ichak neyroendokrin sistemasining ontogenezi va reaktiv o‘zgarishlari.

6

S.A. Blinova

F.M. Xamidova

Структурные компоненты гортани и её эндокринный аппарат при экспериментальном ларингите

7

S.A. Blinova, T.D. Dexkanov

F.S. Oripov, N.B. Yuldasheva

Нормальный и патологический эмбриогенез лица и ротовая полость.

8

S.A. Blinova, F.S. Oripov, Z.E. Jumanov

N.B. Yuldasheva

Yuz va og‘iz bo‘shlig‘ining normal va patologik embriogenezi.

9

S.A. Blinova, F.S. Oripov N.B. Yuldasheva

Umumiy gistologiyadan amaliy mashg‘ulotlarga mustaqil tayyorlanish uchun gistologik preparatlar diagnostikasidan o‘quv-uslubiy tavsiyanoma.

10

X.X. Boykuziyev, Sh.Sh. Bobojonov, N.T. Dehqonova A.X. Xamrayev, N.B. Yuldasheva, B.I. Djurakulov

Embriologiyadan mustaqil o‘zlashtirish uchun o‘quv – uslubiy tavsiyanoma

11

X.X. Boykuziyev, N.T. Dehqonova, A.X. Xamrayev B.I. Djurakulov

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tibbiy biologik fanlarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish

12

F.S. Oripov

Некоторые иммунные методы изучения морфологии тощей кишки в ранних сроках онтогенеза

13

S.A. Blinova, F.S. Oripov

N.B. Yuldasheva

Иллюстрированный курс гистологии детского возраста

14

S.T. Eshkobilova

Energetik ichimliklar ta’sirida bosh miya to‘qimasining morfofunksional o‘zgarishlari va ularni o‘rganish usullar