Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

Grigoriy Mixaylovich Semenov

  1890 yil 2 avgustda Moskva shahrida o`qituvchi oilasida tug`ilgan. Avval gimnaziyada o`qigan va 1909 yilda MGU ning tibbiyot fakultetiga o`qishga kirib uni 1914 yilda tugatgan. Studentlik davridayok gistologiya mutaxassisligiga katta qiziqish namoyon qiladi va u professorlar I.F.Ognev, V.P.Karpovlar rahbarligida gistologiya fedrasida prozektorning shtatsiz yordamchisi lavozimida ishlaydi. Universitetni tugatgach 1914 yilda Chor armiyasi safiga chaqiriladi va 1917 yilda armiya safidan qaytgach gistologiya kafedrasiga prozektor yordamchisi lavozimiga ishga qabul qilinadi. 1918 yilda qizil armiya safiga chaqiriladi va 1923 yilgacha Orenburg va Turkiston xududlarida xizmat qiladi. U harbiy xizmat bilan birga 1920 yilda O`rta Osiyo Davlat Universiteti(SAGU) gistologiya kafedrasining katta assistenti lavozimiga saylanadi. Professor Ye.M.Shlyaxtin rahbarligida assistent lavozimida, 1927-1930 yillarda esa dotsent lavozimida ishlaydi. 1930 yilda Samarqand tibbiyot universiteti gistologiya kafedrasining mudiri lavozimiga tayinlanadi va bu lavozimda umrining oxirigacha (1937y.) ishlaydi. Professor G.M.Semenovning ilmiy yo`nalishi odam embrional taraqqiyoti bilan bog`lik bo`lib u va shogirdlari odam embrionining 3, 4, 6 haftalik davrlarini o`rganishgan. Tadqiqotlar natijasi 25 ta ilmiy maqola va bitta nomzodlik dissertatsiyasida (G.S.Timayev) o`z aksini topgan. 1930-1937 yillarda gistologiya kafedrasini vaqtincha dotsent V.I.Kopetskiy boshqargan.

Venyamin Vasilevich Averburg

  Professor, veterinariya fanlari doktori, 1938-1946 yillar davomidaSamarqand tibbiyot universiteti gistologiya kafedrasining mudiri lavozimida ishlagan. Uning ilmiy muammosi gistolizatlarning odam va hayvonlar organizmiga ta`sirini o`rganishga bag`ishlangan.

  Bu muammo bo`yicha1943 yilda uning shogirdi. D.A.Alimov «K voprosu o vidovoy spesifichnosti gistolizatov» mavzusida, G.M.Tolmakova «Deystviye gistolizatov na organizm» mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. Shu muammo bo`yicha1945 yilda uning shogirdiT.K.Goreva ham nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1946 yilda uOdessa tibbiyot universiteti gistologiya kafedrasi mudiri lavozimiga saylanishi munosabati bilanSamarqand tibbiyot universitetini tark etgan. U kafedraga rahbarlik qilgan davrda34 ta ilmiy maqolalar chop etilgan va3 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Zikrulla Xayrullinovich Raxmatullin

  Tibbiyot fanlari doktori, professor. 1901 yil2Toshkent shahrida tug`ilgan. 1920-1922yillarda kechki ishchi yoshlar fakultetini (rabfak) tugatgan. 1922-1928 yillardaSAGU ning (xozirgi O`zbekistonMilliy dorilfununi) tibbiyot fakultetini tugatgan.1928-1944 yillardaToshkent tibbiyot universitetidadastlab ordinator, so`ngra assistent (1931-1933),dotsent (1936-1939) va kafedra mudiri, professor (1939-1944) lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan.1944-1946 yillarda amaliy tibbiyot soxasida ishlagan. 1946 yildaSamarqand tibbiyot universitetining gistologiya kafedrasiga mudir etib tayinlangan va1971 yilning10 martigacha kafedrani boshqargan. 1933-1936 yillardaZ.X.RaxmatullinSobikSSSR tibbiy fanlar akademiyasining eksperimental tibbiyot ilmiy tekshirish universitetida (VIEM) aspiranturada taxsil oladi va «Reaktivnie izmeneniya nervnix volokon i okonchaniy» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1936 yilda esa doktoranturaga qabul qilingan vaB.I.Lavrentev,I.F.Martinovlar rahbarligida «Materiali k patologicheskoy gistologii perifericheskoy nervnoy sistemi pri bryushnom tife» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Uning rahbarligidaToshkent tibbiyot universitetida4 ta fan nomzodi (L.A.Elkind, L.N.Goldberg, K.Yu.Usmanov, A.S.Sodiqov),Samarqand tibbiyot universitetida esa1 ta fan doktori (L.U.Turdiyev), va 5 ta fan nomzodi (A.T.Tillyayev, D.A.Musayeva, X.A.Sharipova, M.L.Gorexovskiy, D.A.Abduraimov) tayyorlangan. U60 dan ortiq ilmiy makolalar muallifi hisoblanadi. Uning raxbarligida anatom, gistolog va embriologlar jamiyatiningSamarkand bulimi tuzildi. U «SSSR sog`likni saqlash a`lochisi» va «1941-1945 yillardaUlug`Vatan urushi davridagi xizmatlari uchun» medallari, faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Latif O`roqovichTurdiyev

  Latif O`roqovichTurdiyev1926 yildaNavoiy viloyatiningNavoiy tumanida tug`ilgan. 1952 yilda Samarqand tibbiyot universitetini imtiyozli diplom bilan tugatgan.1962 yilda professorM.N.Xolqo`ziyev raxbarligida “Odam xomila va embrionlarida simpatik nervsistemasi ko`krak qismining morfologiyasiga doir» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Udastlab odam anatomiyasi kafedrasida assistent, keyinchalik esa gistologiya kafedrasida dotsent lavozimilarida faoliyat ko`rsatdi. U1972 yilda prof.Z.X.Raxmatullin vaSobiqSSSR tibbiyot fanlar akademiyasining muxbir a`zosiN.G.Kolosov rahbarligida «Qorin chigali tugunlarining morfologiyasi, shakllanish manba`lari va patologiyasi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1973 yilda professorlik lavozimiga tasdiqlandi va shu yildan to1995 yilgachagistologiya kafedrasining mudiri lavozimida ishladi. Shu davr ichida uning rahbarligida 2 ta doktorlik (T.D.Dehqonov, S.A.Blinova) va 4 ta nomzodlik (T.D.Dehqonov, B.I.Isroilov, Sh.B.Shirinov, X.M.Xalikova-Usmanova) dissertatsiyalari tayyorlandi va yoqlandi. U 150 dan ortiqroq ilmiy maqolalar va8 ta uslubiy tavsiyalar muallifi. U anatom, gistolog va embriologlarVIII, IX, X s`ezdlarida, qator regional va respublika anjumanlarida ishtirok etgan. Ratsionalizatorlik takliflar muallifi hisoblanadi.O`zbekistonRespublikasida xizmat ko`rsatganSog`likni saqlash xodimi unvoni, qator faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan.

Toshpo`lat Dehqonovich Dehqonov

  Toshpo`lat Dehqonovich Dehqonov tibbiyot fanlari doktori, professor. U1940 yil 21 martda Jizzax viloyatining Forish tumanida tug`ilgan.1967 yildaSamarkand tibbiyot universitetini bitirgan va1968 yilgacha amaliy tibbiyotsoxasida faoliyat ko`rsatdi. 1968 yil oktyabroyidan boshlab Gistologiya kafedrasida dastlab stajer-tadkikotchi, assistent,katta o`qituvchi va1993 yildan professor lavozimlaridaishladi. 1995-2012 yild kafedra mudiri lavoziimda ishlagan va shu yildakafedra professori lfvozimida ishlamoqda. U1981 yilda «Intramuralniy nervniy apparat i innervatsionnie svyazi jelchnogo puzirya i vnepechenochnix jelchnix putey» degan mavzudaQrim tibbiyot universitetida (Simferopol) nomzodlik, 1990 yilda esa «Sravnitelnaya morfologiya i reaktivnie izmeneniya ampuli bolshogo sosochka dvenadsatiperstnoy kishki mlekopitayushix jivotnix i cheloveka» mavzusidaPatrisLumumba nomidagiXalqlarDo`stligi universistetida (Moskva) doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1992 yilda gistologiya fani bo`yicha professor unvoniga tasdiqlandi. Uning rahbarligida 1ta doktorlik ( F.S.Oripov) 3 ta nomzodlik dissertatsiyasi (X.X.Boyqo`ziyev, 1994; F.S.Oripov, 1998; E.U.Xusanov, 2002) tayyorlandi va himoya qilindi. U300 dan ortiq ilmiy maqolalar, 4 ta monogrfiya,28 ta uslubiy tavsiyalar chop etgan. 16 ta ratsionalizatorlik taklif kiritgan va ular tasdiqlangan. U «Amliy mashgulotlarda talabalarni gistotopografik mo`ljalga o`rgatish» deb ataluvchi original o`qitish uslubini ishlab chiqqan va o`kuv jarayoniga tayebiq etgan. U tomonidan talabalar bilimini test uslubida aniqlovchi dasturlashtirilgan bir nechta qurilmalarning loyixasi ishlab chiqilgan, yasalgan va gistologiya bo`yicha amaliyotga tatbiq etilgan. Xozir uning rahbarligida3 ta nomzodlik va2 ta doktorlik dissertatsiyalari tayyorlanmoqda. U anatom, gistolog va embriologlarVIII, IX, X butun ittifoq s`ezdlarida, U O`zbekiston morfologlariningI-II s`ezdlarida ishtirok etgan. U O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining faxriy yorlg`gi va O`zbekiston Respublikasi tibbiyot a`lochisi nishoni bilan mukofotlangan.

Firdavs Sur’atovich Oripov

  U 1966 yilda Samarqand shahrida ziyoli oilasida tug`ulgan. 1988 yilda Samarqand tibbiyot universitetini bitirgan. 1988-1990 yillar kafedrada stajor-tadqiqotchi, 1990-1998 yillar assistent, 1998-2002 yillar katta o’qituvchi, 2002 yildan buyon dotsent lavozimida 2012 yildan kafedra mudir ishlab kelmoqda. U 1998 yildaII-Toshkent Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ixtisoslashgan sovetda “Strukturnie osobennosti reaksii pecheni i eyo intramuralnogo nervnogo apparata pri eksperimentalnom kalkulyoznom xolestistite” mavzusida nomzodlik dissertastiyasini himoya qildi (iliy rahbar professor T.D.Dehqonov).F. S. Oripov kafedrada uslubiy va o’quv-uslubiy ishlar olib boradi. Uning 30 dan ziyod ilmiy maqolalari “Morfologiya”, “Problemi biologii imeditsini”,”Ibn Sino” jurnallarida va ilmiy to’plamlarda chop etilgan. U O’zbekiston yosh mediklari1-se’zdida, O’zbekiston morfologlari 3- se’zdida va boshqa xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan.U universitet jamoa ishlarida faol qatnashadi.