×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  Har bir kafedrada talabalarning ijodiy izlanishlarini, kreativ g’oyalarini va innovatsion yondashuvlarini qo’llab quvvatlaydigan tashkiliy tuzilmalar mavjud bo'lib, u yerda talabalar o'zlarini juda jozibali faraz va takliflarni muhokama qilishlari, o'z fikrlarini erkin bayon qilishlari, bahslashishlari, o'z nuqtai nazarlarini nafaqat o'zlari orasida, balki o'qituvchilar oldida himoya qilishlari mumkin. Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb qilish, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqishini oshirish. Eng ajablanarli tomoni shundaki, talabalar ilmiy to'garagi faoliyati va samaradorligi faqat uning a'zolari faolligi va zukkoligiga bog'liqdir.

  To‘garakning asosiy vazifalari:

  • Iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash;
  • Ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • Tanqidiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish;
  • Ilmiy maqola, loyiha va referatlar yozishni o‘rgatish;
  • Mahalliy va xalqaro tanlov, olimpiada, konferensiyalarga tayyorlash;
  • Fanlararo bog‘liqlik asosida keng qamrovli bilim berish.

  Ushbu tuzilma odatda stomatologiya, bolalar stomatologiyasi  haqida tushuncha va takliflarga to'la bo'lganligi  bilan ham hayratlanarli, bu yerda ishtirokchilarning g'oyalari amalda o'zlashtirilishi va ularga tegishli bo'lishi mumkin yoki hayotda dastlabki bilimlar uchun sizga yo'l ko'rsatuvchi bo'lishi mumkin. Respublika va xorijiy mamlakatlarda bo‘ladigan ilmiy-amaliy anjumanlarga TITa’zolarining ilmiy rahbarlari bilan qatnashishi, maqolalar, tezislar chop etishini takomillashtirish va IT klub a’zolari ro‘yhatini shakllantirish, klubga nom berish, logativni tayyorlash va bayonnoma bilan rasmiylashtirish. Tuzilma doimiy ravishda yangilanadi - ba'zilari kafedraning ilmiy doirasini tanlaydi va keladi, uning ishida faol ishtirok etadi, boshqalari esa o'zlari xohlagan narsalarini oldim, deb hisoblashadi.

  Bolalar stomatologiyasi kafedrasi talabalar ilmiy  to‘garak azolari soni 31 nafar talabadan iborat. Talabalar ilmiy to‘garak azolari kafedra assistentlariga biriktirilgan bo‘lib, ular o‘rtasida ustoz-shogird ananalari yaxshi shakllantirilgan. Talabalar ilmiy to‘garak raisi kafedra assistant Sh. B. Razzoqova  bo‘lib xisoblanadi. Kafedrada talabalar ilmiy jamiyati ishchi rejasi kafedra mudiri va ma’sullar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, to‘garak faoliyati ushbu ishlab chiqilgan reja bo‘yicha olib boriladi.  Talabalar ilmiy to‘garak a’zolari yig‘ilishlari kafedra majlislar zalida olib boriladi. O‘tkazilgan yig‘ilishlar bayonnoma tarzida rasmiylashtirilib boriladi.

  Kafedra mudiri va masullar tomonidan biriktirilgan ilmiy to‘garak a’zolari uchun ilmiy ish mavzulari shakllantirilgan bo‘lib, talabalar ilmiy ish mavzusi bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib boradilar. Kafedrada o‘tkazilgan yig‘ilishlarda ustozlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari mavzusini tanlash, ilmiy izlanish jarayonida kerakli bo‘lgan birlamchi xujjatlarni to‘plash, ularni qayd qilish, yuritish haqida tushunchalar berib borilishi barobarida talabalarning oratorlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida o‘z ilmiy ishlariga doir mavzulardagi dolzarb muammolarni prezentasiya shaklida bayon qilishadi, ularning tahlillarini munozara shaklida o‘tkazishadi va amaliy bajarib, bilimlarini yanada mustahkamlashadi.