Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada Boshqaruv va menejment fakultetining “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishi bo‘yicha 3, 4 va 5-kurs talabalariga Mehnat gigiyenasi, Kommunal gigiyena, Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi, Ovqatlanish gigiyenasi hamda Radiatsion gigiyena fanlari belgilangan me’yoriy talablar asosida o‘qitiladi.

  Kafedrada o‘quv jarayoni oliy ta’lim muassasalarida talabalarda nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan holda tashkil etilgan. O‘quv jarayoni ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish, talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish, bilimlarini baholash hamda o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirishni o‘z ichiga oladi.

  Kafedrada ta’lim jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilib, raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

  Shuningdek, kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Ta’lim jarayoni zamonaviy o‘quv dasturlari, ilmiy yondashuv va amaliyot bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib boriladi. Magistrlar va klinik ordinatorlar tajribali professor-o‘qituvchilar rahbarligida nazariy bilimlarini chuqurlashtiradilar, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadilar.

  Mazkur jarayon ularning kelajakda yuqori malakali, zamonaviy talablarga javob beradigan va raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Kafedramizda yildan-yilga ushbu yo‘nalishlarda tahsil olish istagida bo‘lgan magistrlar va klinik ordinatorlar soni ortib bormoqda.

  O’qitish har bir kurs uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– Modul dasturi;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
  O‘qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Telekommunikatsion tizim tashkil etilgan bo‘lib, unda mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimedia dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg‘ulot materiallari markaziy kompyuterga ulangan televizorlar orqali namoyish etiladi.

  Kafedrada zamonaviy kompyuterlar va noutbuklar, multimedia proyektorlari va interaktiv doskalar, internet tarmog‘i va Wi-Fi tizimi, elektron ta’lim platformalari (LMS), masofaviy ta’lim vositalari, elektron kutubxona hamda raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlari mavjud.

  Mazkur texnik vositalar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, nazariy bilimlarni mustahkamlash va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

  Kafedra kutubxonasi:

  • Kafedra kutubxonasida ingliz, o‘zbek va rus tillarida 50 dan ortiq o‘quv adabiyotlari mavjud.
  • Elektron kutubxona darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy materiallar va boshqa ta’lim resurslarini o‘z ichiga oladi.

  Talabalar tomonidan mavzuga oid nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Samarqand viloyat boshqarmasi hamda shahar bo‘limlari bilan hamkorlikda laboratoriyalarda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgan.