Samarqand davlat tibbiyot universiteti oldiga qo‘yilgan baynalmilalistik vazifalar universitetni rivojlantirish konsepsiyasiga asoslanib, uning xalqaro ta’lim sohasidagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan. Xorijdan talabalar sonining ko‘payishi, xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari bilan qo‘shma loyihalar ishlab chiqilishi, xorijiy ta’lim muassasalarida dars beruvchi tadqiqotchi va o‘qituvchilar sonining ko‘payishi, xalqarolashtirishning asosiy afzalliklari hisoblanadi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar, xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan teng huquqlilik tamoyili asosida ta’lim va fan sohasida xalqaro hamkorlik ishtirokchilari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarini rivojlantirish qo‘shma dasturlar va ta’lim mobilligi asosida amalga oshiriladi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetiga hamkorlik muloqotlarini yo‘lga qo‘yish, o‘qish, malaka oshirish, ilmiy anjumanlarda ishtirok etish maqsadida xorijdan yuqori malakali mutaxassislar, o‘qituvchilar, talaba va tadqiqotchilar soni yil sayin ortib bormoqda.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti butun dunyo boʻylab taʼlim va ilmiy markazlar, universitetlar va jamoat tashkilotlari bilan aloqa oʻrnatishga tayyor va institut eshiklari xorijdan kelgan barcha abituriyentlar, talabalar, tadqiqotchilar va oʻqituvchilar uchun ochiq.
Hamkorlik geografiyasi: Kafedra yaqin va uzoq xorijning 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan aloqa va hamkorlik aloqalariga ega:
- Sağlık Bilimleri Universiteti
- Ijevsk Davlat Tibbiyot Akademiyasi
- Astana Tibbiyot Universiteti
- CR World – Rohrig instituti
Kafedrada MDH davlatlari va xorijdagi yetakchi tibbiyot muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan akademik mobillik va mahorat darslari o‘tkaziladi.
2024-yilning 8-9-oktabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti Nevrologiya kafedrasi va SamDTU Ko‘p Tarmoqli Klinikasi Nevrologiya bo‘limida Germaniyaning “CR World – Rohrig” instituti professori Dr.Ather A va Dr. Christopher Rohrig kafedra hodimlari, shifokorlar va talabalarga “Nevrologiyada og‘riqni boshqarishda Akupunktura o‘rni” mavzusida ma’ruzalar o‘qishdi va amaliy master klass o‘tkazib berishdi. Shuningdek, 2025-yil 21-may kuni Komorbid nevrologiya bo‘yicha milliy ekspertlar assotsiatsiyasi (Rossiya) professori Rachin A.P. kafedraga tashrif buyurib, ma’ruza qildi va kasallar ko‘rigini o‘tkazdi.