Bugungi kunda respublikamiz tibbiyot institutlarida o‘qitilayotgan Tibbiy va biologik fizika fani «Davolash ishi», «Pediatriya ishi», «Stomatologiya ishi», «Tibbiy – profilaktika ishi», «Tibbiy biologik ish», «Farmatsiya», «OXI» (Oliy hamshiralik ishi) va «Bioinjenering» yo’nalichlarida mutaxassislar tayyorlashda muhim rol o‘ynamoqda.
Fizika kafedrasi Samarqand tibbiyot instituti tashkil etilgan 1930 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, ma’ruzalarni dots. G.S.Kuznetsov o‘qirdi, amaliy va laboratoriya darslari esa 1937 yilgacha Samarqand Davlat universiteti o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilar edi.
Kuznetsov Grigoriy Sergeevich 1896 yilda Saratov shaxrida tug‘ilgan. 1919 yilda Saratov universiteti tibbiyot fakultetini tugatgan. 1919–922 yillarda Fuqarolar urushiga qatnashgan. 1922 – 1932 yillarda Samarqand shaxridavrach rentgenolog, 1932 yilda SamDTI fizika kafedrasi mudiri, dotsent, keyinchalik rentgenologiya kursi ochib 1985 yilgacha mudirlik qilgan. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan shifokor. 1986 yilda Samarqand shahrida vafot etgan.
1938-1942 yillarda dotsent V.V.Pismenniy kafedraga mudirlik qilgan. A.A.Kochnev, R.I.Sivolapov, A.YU.YUsupov va boshqalar talabalarga dars berganlar va kafedra qoshida laboratoriya tashkil qilingan. 1942 yildan 1944 yilgacha Leningraddan ko‘chib kelgan professor A.M.Titov vaqtincha kafedra mudirligini bajargan. 1945 yildan 1954 yilgacha kafedra mudirligini yana dotsent V.V.Pismenniy davom ettirgan.
Pismenniy Vladimir Vasilevich 1886 yilda Tiflis shaxrida tug‘ilgan 1908 yilda MDU(Moskva Davlat Universiteti) fizika fakultetini tugatgan. 1909 – 1927 yillarda o‘rta maktabda ishlagan. 1927 – 1933 yillarda Samarqand Pedagogika Akadimiyasida fizika kafedrasi assistenti, 1935-1954 yilda SamDTI fizika kafedrasi assistenti, dotsent va fizika kafedrasi mudiri vazifalarida ishlab kelgan. 1956 yilda Samarqand shahrida vafot etgan
1954 yildan 1987 yilgacha«Tibbiy va biologik fizika» kafedrasini f.m.f.n., dotsent R.M.Malikov boshqardi.
Malikov Rasul Malikovich 1928 yilda Buxoro viloyati Shofirkon tumanining «Tezguzar» qishlogida tug‘ilgan.1947-1952 yillarda SamDU-ning fizika fakul’tetida ta’lim olgan. 1968 yilda O‘zbekiston fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti qoshidagi mutaxasislashgan ilmiy kengashda fizika – matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan. 1970 yilda dotsent unvoniga sazovar bo‘ldi. 2013 yilda Samarqand shahrida vafot etgan.
Asta-sekin kafedrada shtat orta borgan sari o‘zgarishlar yuz bergan, shu davrda kafedrada ish boshlagan xodimlar: A.L.Lutfullaev, M.F.Babak, R.U.Muslimova, N.A.Yusupova, Sh.A.Aripov, katta laborant Federmesser, laborant M.Surovsevlardir.
1960 yillardan keyin O‘zbekiston Respublikasi yadro fizikasi institutida bajarilgan salmoqli ishlaridan biri Rasul Malikovich Malikov tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, biologik suyuqlik va to‘qimalardagi turli makro va mikro elementlarni neytronli-aktivatsiya tahlil usulini qo‘llash bilan aniqlashga bag‘ishlangandir. Neytronli-aktivatsion tahlil usuli faqatgina analitiklar uchungina emas, balki biolog va tibbiyotchilar uchun ham keng amaliy ahamiyat kashf etdi.
A.L. Lutfullaev Samarqand shahrining rentgen xonalarida, radiologiya bo‘limlarida, davolash maskanlarida tibbiy xodimlar ishlash sharoitlarini o‘rgangan bo‘lsa, M.F.Babak, ultrabinafsha nurlanishining biologik effektini o‘rgandi.
Dotsent M.R. Malikov 1968 yildan boshlab kafedra jamoasi qatoriga yoshlarni taklif qila boshladi. Sodiqov Naim Ochilovich (1968), Umarov Ko‘chim Umarovich (1969), Abraev CHori Abraevich (1970), Xoliqov Ubaydullo Xoliqovich (1971) va hokazo.
1973-1997 yillar oralig‘ida f.-m.f.n., katta o‘qituvchi Z.I. Niyozova, f.-m.f.n., katta o‘qituvchi O‘.X. Suyunov, f.-m.f.n., dots. B.E. Eshpo‘latovlar kafedrada faoliyat ko‘rsatdilar va turli sabablarga ko‘ra kafedrani tark etdilar.
(1970-1980) yillar oraligida dots. R.M Malikov, N.O. Sodiqov, U.X. Xoliqov yurak qon-tomirlari va muskullari mexanik xossalarini hamda ularda mikro va makro elementlar miqdorini aniqlash ishlarini amalga oshirdilar, natijalar bo‘yicha turli anjumanlarda ma’ruzalar bilan chiqish qildilar va maqolalar chop etdilar.
Sh.A.Aripov 1937 yilda Samarqand viloyatining Jomboy tumanida tug‘ilgan, 1961 yilda SamDU fizika fakultetini tugatgan 1964 yilda SamDTI «Tibbiy va biologik fizika» kafedrasi assistenti, 1970 yildan katta o‘qituvchi lavozimlarida ishladi. 1981 yilda biologiya fanlari nomzodligi uchun Ashgabad shaxrida dissertatsiya yoqladi.1982 yildanbiologiya fanlari nomzodi, 1983 – 1987 yillarda kafedra dotsenti, 1988–1995 yillarda esa SamDTI «Tibbiy va biologik fizika»kafedrasi mudiri vazifasida ishladi. 60 dan ortik ilmiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-ommobop maqolalar muallifi.1997 yilda Jomboy shahrchasiida vafot etgan.
1983 yilda Moskva shahrida K.U. Umarov, 1985 yilda CHelyabinsk shaxrida O.N. Normurodov, 1989 yilda Moskva shahrida M.A. Aburaxmonov, 1990 yilda Krasnoyarsk shahrida U.X. Xoliqovlar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladilar. Keyingi o‘n yillikda kafedraning ilmiy potensiali yanada o‘sdi.
1996-1997 yillarga kelib kafedra ikki kursga aylantirildi, ya’ni «Tibbiy va biologik fizika» va «Kompyuter texnikasi» faqatgina uch kishi «Tibbiy va biologik fizika» kursida faoliyat ko‘rsatdi: dots. Sh.A.Aripov, dots. N.O.Sodiqov, ass.U.X.. Xoliqov.
1998 yilning 12 noyabridan boshlab kafedra qayta tiklandi va kafedra “Biofizika va kompyuter texnikasi” deb nomlandi. Rektorning buyrug‘i bilan dots. N.O.Sodiqov kafedra mudirligiga tayinlandi. 1999 yil avgust oyida tanlov asosida “Biofizika va kompyuter texnikasi” kafedrasi mudiri lavozimiga dotsent N.O.Sodiqov saylandi.

Sodiqov Naim Ochilovich 1945 yilning 8 iyunida Buxoro viloyati Shofirkon tumanining «Tezguzar» qishlog’ida tug‘ilgan. 1951 – 1961 yillarda Buxoro viloyati Qiziltepa tumani A.Navoiy nomli(hozirgi №27) maktabining to‘la kursini tugatgan. 1961 –1966 yillarda Buxoro Davlat Universiteti (sobiq Buxoro Davlat Pedagogika instituti)ning fizika- matematika fakultetida taxsil olgan va to‘la kursini 1966 yilda tugatgan. 1966 yil noyabr oyidan 1968 yil yanvar oyigacha Ukraina Respublikasining Novograd – Volinskiy va Kremenets shaharlarida harbiy xizmatda bulgan. Xarbiy unvoni zoxiradagi kapitan. Jami ilmiy maqolalari soni 310 ta chop etilgan bo‘lib, shundan keyingi 5 yilda 1-ta monografiy, 6- ta o‘quv qo‘llanma,60 ta maqola va tezislar chop etilgan. Jami o‘quv – uslubiy maqolalar soni 55 ta, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar 32 ta. Sodiqov N.O. Toshkent shahrida 1985 yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti koshida nazariy va matematik fizika sohasida “Kichik impuls berilganda ikki glyuonli almashinuv modelidagi difraksion jarayonlar”(“Difraksionnыe protsessi malыx peredannыx impulsax v modeli dvuxglyuonnogo obmena”) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Sodiqov N.O. 4-sentabr 1985 yilda fizika-matematika fanlari nomzodi darajasiga ega bo‘ldi. Sodiqov N.O. o‘z ilmiy izlanishida ikki kvarkli va uch kvarkli sistemalar, kvantli xromodinamika, Born yaqinlashuvi, eksklyuziv va inklyuziv difraksiyalari haqida muhim ishlarni amalga oshirdi. Olingan natijalar xorijiy mamlakatlar (Parij 1982 yil, Moskva 1982-1983 yillar) yuqori energiya fizikasi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalarda tavsiya qilingan va maqola sifatida chop qilingan.
1992-yilda dotsent N.O.Sodiqov tashabbusi bilan o’rta osiyo va Qozog’iston tibbiyot institutlari, frametsevtika va qishloq xujalik institutlari fizika kafedralari regional ilmiy va metodik konferensiya o’tkazildi.
2005-yilda dotsent N.O.Sodiqov tashabbusi bilan O’zbekiston respublikasi tibbiyot institutlari(Toshkent,Andijon,Buxoro va Samarqand) fizika kafedralari ilmiy amaliy anjuman o’tkazildi.
2005 yil 19 yanvardan boshlab 1 – kurs talabalar soni ortganligi, o‘quv yuklamasi ko‘payganligi munosabati bilan, «Tibbiy va biologik fizika, tibbiy texnika va yangi tibbiy texnologiyalar» va «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedralari tashkil etildi. «Tibbiy va biologik fizika, tibbiy texnika va yangi tibbiy texnologiyalar» kafedrasiga dotsent Sodiqov N.O. «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasiga texnika fanlari nomzodi Safarov T.S. mudir etib tayinlandi. Institutning yangi tashkiliy tuzilmasiga muvofiq, 2005 yil 1-martdan boshlab kafedralar qayta qo‘shilib «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi, «Tibbiy va biologik fizika kursi» bilan deb nomlandi va kafedra mudiri etib texnika fanlari nomzodi T.S.Safarov tayinlandi.(Texnika fanlari doktori, professor deb elon qilindi- bu noto‘g‘ri edi).

Kafedra mudiri Safarov T.S. 1975 yilda SamDUning mexanika-matematika fakultetini tugatgan. Aspiranturani O’zbekiston respublikasi fanlar akademiyasining «Kibernetika» ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasida o’tagan. Shu ilmiy dargoxda 1975 yildan 1993 yilgacha yosh mutaxassislikdan yetakchi mutaxassisgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tgan. 1984 yilda «Имитационное моделирование и оптимизация одного класса технических объектов» mavzusida nomzodlik va 1991 yilda «Исследование и математическое моделирование многоцелевых сложных адаптируемых технических систем» mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. Xozirgacha turtta nomzodlik dissertasiyalariga (Karimov P., Iskandarov A.S., Nomazov F.Sh. va Urakov Sh.U.) ilmiy rahbarlik va ilmiy maslahatchilik qilgan bo’lib, barchasi muvaffaqiyatli himoya qilingan. 1993 yildan 2005 yilgacha Samarqand Davlat universitetida «Matematik modellashtirish va boshqarish tizimlari» kafedrasida mudir va kafedra professori lavozimlarida ishlagan. Keyinchalik Safarov T.S. TATU Samarqand filalida ishlagan.
2015-2022 yillarda kafedrani fizika-matematika fanlari nomzodi Malikov M.R. boshqargan. Malikov M.R. 1978 yilda Moskva fizika-muxandislik institutini tugatgan. Aspiranturani Moskva shahrida Rossiya Fanlar Akademiyasi umumiy fizika instituti qoshida o’tgan.
1986 yilda «Когерентная спектроскопия комбинационного рассеяния высокого разрешения контура линии молекулярных газов» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. Hozirgacha uchta nomzodlik dissertasiyalariga opponentlik qilgan va barchasi muvaffaqiyatli himoya qilingan.
1998 yildan 2005 yilgacha “Biofizika va kompyuter texnikasi” kafedrasi da assistant, keyinchalik “Biofizika, informatika va axborot texnologiyasi” kafedrasida assistent, katta o’qituvchi, dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimlarida va 2015 yildan to 2022 yilgacha kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.
2020-yilda dars mashg’ulotlarining sifat samaradorligini oshirish maqsadida “Biofizika, informatika va axborot texnologiyasi” kafedrasi tarkibidan “Fizika,biofizika va tibbiy fizika” kafedrasi ajralib chiqdi va 2020-2021 yil dekabrgacha; f.m.f.n., dotsent N.O.Sodiqov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritdi.2021-yilda kafedra professor - o’qituvchilari quyidagilardan iborat edi: kafedra mudiri f.m.f.n., dotsent N.O.Sodiqov, f.m.f.n., dotsent v.b. Jalilov M.J.,.,katta o’qituvchi Burxonov B,N., katta o’qituvchi Xudoyqulova Sh.N., f.m.f.n., assistent O‘sarov A.A., assistent Hamroev J.X., assistent Axrorov M.N., assistent Temirov F.N., assistant Ergashev A.J., st. assistant Nabiev A.A. va laborant Qoraboeva M. 2024 yil 29 mayda Samarqand Davlat tibbiyot universiteti katta ilmiy kengash qarori bilan, f-m.f.n., dotsent N.O. Sodiqovga Samarqand Davlat tibbiyot universiteti professori unvoni berildi.
2022-2025 yillar “Fizika, biofizika va tibbiy fizika” kafedrasi mudiri lavozimida, t.f.n., dotsent Sh.U.Uraqov bo’lgan. Uraqov Shokir Ulashovich 1974 yilda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining «Tarag`ay» qishlog`ida tug‘ilgan. 1993-1998 yillarda Samarqand Davlat universitetining fizika fakultetida taxsil olgan. Sh.U.Uraqov 2018 yil 28 aprelda-Muxammad Al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Gibrid intellektual tizimlarda kollegial diagnostik qarorlarni qabul qilishning algoritmlari va usullari» mavzusida 05.01.02–«Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash» (texnika fanlari). ixtisosligi bo'yicha himoya qilgan.
2018 yil Respublikada tibbiyot oliy o'quv yurtlari o'rtasida o'tkazilgan yilning eng yaxshi shifokori ko'rik - tanlovida «yilning eng yaxshi o'qituvchisi» nominatsiyasi g'olibi. 1 nafar fan nomzodi ilmiy rahbari. 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya va 100 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.
2021-yil dekabrdan kafedra professor - o’qituvchilari quyidagilardan iborat edi: kafedra mudiri t.f.n., dotsent Sh.U.Uraqov, f.m.f.n., dotsent N.O.Sodiqov, f.m.f.n., dotsent v.b. Jalilov M.J.,.,katta o’qituvchi Burxonov B,N., katta o’qituvchi Xudoyqulova Sh.N., f.m.f.n., assistent O‘sarov A.A., assistent Hamroev J.X., assistent Axrorov M.N., assistent Temirov F.N., assistant Ergashev A.J., st. assistant Nabiev A.A. va laborant Qoraboeva M.
2024-yil sentabrdan kafedra professor - o’qituvchilari quyidagilardan iborat bo’ldi: kafedra mudiri t.f.n., dotsent Sh.U.Uraqov, f.m.f.n., dotsent N.O.Sodiqov, f.m.f.n., f.m.f.n., assistent O‘sarov A.A., assistent Axrorov M.N., assistent Temirov F.N., assistant Ergashev A.J., assistent Sodiqov M.N., st. assistant Nabiev A.A., professor Mamatqulov J.M., assistent Patil Nazir, st. assistent Mamarajabov D.M va laborant Qoraboeva M.(4-ta o’qituvchi ishdan ketdi, 3-ta keldi).
2022—2025 yillar davomida “Informatika,informatsion texnologiyalar” kafedrasida PhD, dotsent S.A.Karabayev mudir vazifasida ishlab kelmoqda. 2025-yil Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengash qaroriga asosan, kafedralar faoliyatini yaxshilash va ish samaradorligini oshirish maqsadida tasdiqlangan universitetning yangi tashkiliy tuzilmasiga muvofiq, “Informatika, informatsion texnologiyalar” va “Fizika, biofizika va tibbiy fizika” kafedralari birlashtirilib “Informatsion texnologiyalar,biofizika va tibbiy fizika” kafedrasi deb nomlandi va unga kafedra mudiri etib Karabayev Sanjar Abdusamatovich tayinlandi Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar universitet professori, 2 nafar dotsent, 5 nafar fan nomzodlari., 1 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar assistent va 8 nafar stajiyor assistentlar faoliyat yuritib kelishmoqda.
Ulashish