Accessibility

Appearance

A Simple
Grayscale
Without picture

Text Settings

Font: 18
Line Height: 1.6

Text align

Font

Additional

Readable font
Reading Guide
Big Cursor

Universitet ilmiy tadqiqotlari

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalar va yosh olimlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Universitet talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi, “Rektor stipendiyasi”, “Meros Pharm” kompaniyasi stipendiyasi hamda “Osstem Implant” stipendiyasi kabi nufuzli stipendiyalarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu ularning ilmiy faoliyatini yanada rag‘batlantirmoqda. 

  Universitetda talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlanmalar, innovatsion loyihalar va startap mahsulotlari muntazam ravishda ko‘rgazmalarda namoyish etiladi hamda malakali mutaxassislar tomonidan baholanadi. 2026-yil 4-iyun kuni tashkil etilgan Start-UP loyihalar ko‘rgazmasi va seminar-trening doirasida talabalar sun’iy intellekt, raqamli tibbiyot, diagnostika tizimlari, tibbiy qurilmalar, biomuhandislik hamda farmatsevtika yo‘nalishlaridagi innovatsion loyihalarini taqdim etdilar. Tadbir davomida istiqbolli loyihalarni patentlash, tijoratlashtirish, grant mablag‘larini jalb etish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

  Universitetda talabalar ilmiy konferensiyalar, seminarlar, ilmiy-amaliy anjumanlar va  taqdimotlarida o‘z tadqiqot natijalari bilan muntazam ishtirok etib, ilmiy ma’ruzalar qilish, mutaxassislar bilan tajriba almashish hamda ilmiy bahs-munozaralarda qatnashish imkoniyatiga ega. Ilmiy loyihalar taqdimoti va himoyasi orqali talabalar o‘z ilmiy salohiyatini namoyon etish bilan birga, kelgusidagi ilmiy faoliyatlari uchun zarur tajribani shakllantirmoqda.

  Shuningdek, universitet talabalari har yili xorijiy davlatlarning yetakchi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan tashkil etiladigan xalqaro konferensiyalar, fan olimpiadalari va ilmiy tanlovlarda faol ishtirok etmoqda. So‘nggi uch yil davomida Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Pokiston, Hindiston, Turkiya, AQSh, Janubiy Koreya, Gruziya, Ozarbayjon, Germaniya, Polsha va Xitoy kabi davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida akademik mobillik, ilmiy stajirovkalar va malaka oshirish dasturlarida qatnashish imkoniyatlari yaratildi. 

  Natijada, universitetda yaratilgan ilmiy va innovatsion muhit talabalarga ilmiy tadqiqotlar olib borish, innovatsion mahsulotlar yaratish, xalqaro grant va tanlovlarda ishtirok etish, o‘z ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish hamda xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Bu esa ularning zamonaviy, raqobatbardosh va ilmiy salohiyatli tibbiyot mutaxassisi sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.