Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

International collaboration in research and policy-making process, comparative approaches and develop international best practice on tackling the SDGs

  22-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Ruijie Networks kompaniyasi (Xitoy Xalq Respublikasi) bilan hamkorlikda “Yashil va barqaror aqlli kampuslar tarmog'ini qurish” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiyaga Samarqand viloyat Oliy taʼlim massalaridan Raqamli taʼlim texnologiyalari markazi boshliqlari, RTTM tarmoqlarni boshqarish boʻlim boshliqlari hamda Tarmoq administratorlari ishtirok etdilar.

    Konferensiyani qutlov soʻzlari bilan universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Shuxrat Ziyadullayev, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy shoʻbasi boshligʻi Azim Raxmanov, “UNICON-SOFT” Samarqand filiali direktori Akmal Keldiyarov, “Ruijie Networks” kompaniyasi Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq boʻyicha direktori Lin Jeremy ochib berdilar.

    Konferensiyada “Ruijie Networks” kompaniyasining eng soʻngni internet tarmog'i sohasidagi yutuqlari, soʻngi qurilmalari, internet foydalanuvchilariga yaratilgan qulayliklar, sohada global yutuqlar, akademik bilimlar almashinuvi muhokama etildi.

    O’tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya jahon hamjamiyatining tajribasi va bilimlarini birlashtirish, amaliy faoliyat koʻrsatadigan akademik dasturlarini ishlab chiqish va mahalliy tarmoqlarga joriy qilish bo’yicha qadam tashlashga imkon berdi.


SamDTU matbuot xizmati