Kafedrada 2020-2025 yillar davomida Rossiya, Xitoy, Koreya, Qirgʼiziston, Qozogʼiston kabi xorijiy davlatlarning tibbiyot universitetlari bilan, bundan tashqari Oʼzbekistondagi barcha tibbiyot oliygohlari bilan akademik mobillik aloqalari yoʼlga qoʼyilgan. Аkademik mobillik doirasida har yili chet ellik professorlar tomonidan talabalarimizga maʼruzalar va amaliy mashgʼulotlar oʼtiladi..
Amerika , Rossiya , Qozog’iston,Turkiya, Qirg’iziston oliy o’quv yurtlari bilan bir qancha vebinarlar tashkil etildi.

SamDTU tibbiy kimyo kafedrasi va I.M.Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro xamkorlik doirasida ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. I.M.Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti kimyo kafedrasi professori I.A.Selivanova SamDTU tibbiy kimyo kafedrasiga tashrif buyurib talabalar uchun bir necha marta ochiq ma’ruza va seminarlar o‘tkazdi.
SamDTU tibbiy kimyo kafedrasi mudiri t.f.d Xolmurodova D.Q I.M.Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetida malaka oshirdi va akademik mobillik doirasida ochiq ma’ruza, vebinarlar o‘tkazdi. Ikki universitet talabalari o‘rtasida qo’shma talabalar to’garagi tashkil etildi.
SamDTU tibbiy kimyo kafedrasiga Amerik Qo’shma shtatlaridan Nargiz Ruzmetova, Hakima Amri, Qirgizistondan Orozboyeva Jildizxan Ma’ripovna Ekatirenburgdan Lepeshkova Tat’yana Sergeevnava, Sankt Petrburgdan Turisin Vladimir Seergivich, Turkiyadan Serab Akugar tashrif buyurib, ular tomonidan SamDTU talabalari va kafedra o‘qituvchilari uchun master klasslar, ochiq darslar, ochiq maruzalar tashkil etildi.
2023-yil sentyabr oyida tibbiy kimyo kafedrasi mudiri prof.Xolmurodova D.K. Xitoyning Xinjiang universitetiga akademik mobillik doirasida tashrif buyurdi. Xinjiang universitetida o‘zaro darslar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. Farmatsiya yo‘nalishida xamkorlikda ilmiy ishlarni yo‘lga qo‘yish rejalari tasdiqlandi.
Share