Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    Xalqaro hamkorlik

      Kafedra 2020 yil noyabr oyidan akademik mobillik aloqalarini rivojlantirish maqsadida Janubiy Kozog'iston tibbiyot akademiyasi bilan onlayn tarzda o’zaro ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishni yo’lga qо,ydi va hozirda OUYlar o’rtasida o’zaro darslar almashinib o’tilmoqda.

      Kafedra o’zining ilmiy faoliyatini Toshkent I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetiga qarashli “Fan va taraqqiyot” DUK bilan, Toshkent Farmatsevtika instituti, Тошкент тиббиёт академияси тиббий кимё кафедраси билан, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutibilan o’zaro hamkorlik aloqalarini yo’lga quygan, bir qancha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.

      Amerika , Rossiya , Qozog’iston, Qirg’iziston oliy o’quv yurtlari bilan bir qancha vebinarlar tashkil etildi.

      2021 yil 17.09. Belorussiya davlat texnologiya universiteti rektori professor Voytov I.V., V.A.Belogo nomidagi ilmiy tekshirish instituti direktori professor Grigoryev A.Ya., kimyo instituti direktori akademik Agabekov V.Ye. boshchiligidagi delegatsiya hamda I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi “Fan va taraqqiyot” DUK korxonasi direktori professor N.S.Abedlar Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurishdi.

      Tashrif davomida kimyo meditsinaning asosiy fanlaridan biri ekanligini hisobga olgan holda institutlar oʻrtasida oʻzaro aloqalar oʻrnatildi. Kimyoni tibbiyotdagi, farmatsiyadagi oʻrni, vazifalari, Belorussiya ilmiy tekshirish institutlarida olib borilayotgan ilmiy ishlar yuzasidan davra suhbati olib borildi. Oʻzaro tajribalar almashish yuzasidan kelajak rejalar tuzildi.

      Universitetimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib 2021-yil dekabr oyida I.P. Pavlov nomidagi 1-Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti bilan akademik mobillik o‘rnatildi. Bu universitetning kimyo kafedrasi bilan ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlarda birgalikda faoliyat olib borilmoqda.

      Xozirda I.P. Pavlov nomidagi 1-Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti kimyo kafedrasi mudiri professor K.N.Semyonov boshchiligida grant loyixalari ustida ish olib borilmoqda.

    2022-yilda SamDTU va I.M.Sechenovnomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro xamkorlik bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. 2022-yilda SamDTU va I.M.Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti kimyo kafedrasi professori I.A.Selivanova SamDTU tibbiy kimyo kafedrasiga tashrif buyurib talabalar uchun ochiq ma’ruza va seminarlar o‘tkazildi. SamDTU tibbiy kimyo kafedrasi mudiri t.f.d Xolmurodova D. Q 2022-yil dekabr oyida I.M.Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetida malaka oshirdi va akademik mobillik doirasida ochiq ma’ruza, vebinarlar o‘tkazdi. Ikki universitet talabalari o‘rtasida TIJ tashkiletildi.

    2022-yilda SamDTU tibbiy kimyo kafedrasiga Amerikadan Nargiz Ruzmetova,Hakima Amri,Qirgizistondan Orozboyeva Jildizxan Ma’ripovna Ekatirenburgdan Lepeshkova Tat’yana Sergeevnava Sankt Petrburgdan Turisin Vladimir Seergivich,Turkiyadan Serab Akugar tashrif buyurib SamDTU talabalari va kafedra o‘qituvchilari uchun masterklasslar, ochiqdarslar, ochiq maruzalar tashkil etildi.

        2022-2023-o‘quv yilida tibbiy kimyo kafedrasi Kursk davlat tibbiyot universiteti bilan, Ural davlat tibbiyot universiteti bilan, I.M.Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti bilan, 1-Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti bilan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, AQSH universitetlari bilan xalqaro vebinar, seminar darslarini xamkorlikda o‘tkazishdi.  

        2023-yil sentyabr oyida tibbiy kimyo kafedrasi mudiri prof.Xolmurodova D.K. Xitoyning Xinjiang universitetiga akademik mobillik doirasida tashrif buyurdi. Xinjiang universitetida o‘zaro darslar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. Farmatsiya yo‘nalishida xamkorlikda ilmiy ishlarni yo‘lga qo‘yish rejalari tasdiqlandi.