Gepato-gastroeterologik tadqiqotlar jurnali 2022, №3


Subject of the article

O‘PKA EXINOKOKKOZIDA XIRURGIK TAKTIKA (26-29)

Authors

Murtazaev Z. I.; Baysariev Sh. U.

Institution

Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Abstract

Biz o‘pka exinokokkozi bilan 182 nafar bemorning (shulardan, 126 nafari asoratlanmagan va 56 nafari asoratlangan o‘pka exinokokkozi bilan kasallangan ) jarrohlik davolash natijalari tahlilini taqdim etamiz. Belgilangan 25 bemordan faqat 23 nafarida sof torakoskopik usulda exinokokkektomiya qilish imkoniyati bo‘ldi. 134 ta holatda mini-kirish yo‘li orqali videotorakoskopik exinokokkektomiya amalga oshirildi. O‘pkada kistalarning ikki tomonlama lokalizatsiyasi bilan 7 bemorda bosqichma-bosqich operatsiyalar o‘tkazildi, 3 ta (36,36%) holatda esa bir bosqichli exinokokkektomiya bajarildi. 25 bemorda o‘pkadan exinokokkektomiya keng torakotomik kesim orqali amalga oshirildi. Barcha bemorlarga oldingi-yon torakotomiya qilindi. Asosiy (97,67%) holatlarda o‘pkada organ saqlovchi operatsiyalar bajarilish bilan birga fibroz qoldiq bo‘shliq turli modifikatsiyada bartaraf etildi. Kistalarning o‘pkaning chekka qismida joylashuvida va pnevmotsirrozda 2 nafar bemorda o‘pka to‘qimasini exinokokk kistasi bilan birga rezeksiya qilindi. 10 nafar bemorda o‘pka va jigarning qo‘shma exinokokkozi bilan operatsiya qilindi. 6 bemorda bir vaqtning o‘zida alohida kesmalar orqali o‘pka va jigarda jarrohlik aralashuvlar amalga oshirildi. O‘pka exinokokkozida bemorlarning 2/3 qismidan ko‘prog‘ida minimal invaziv usullardan foydalanish mumkin.

Key words

o‘pka exinokokkozi, videotorakoskopik exinokokktomiya.

Literature

Sh.I.Karimov, N.F.Krotov, Z.I.Murtazaev, A.E.Rasulov. Sovremennыy podxod k xirurgicheskomu lecheniyu exinokokkoza pecheni. Xirurgiya Uzbekistana. 2007.- №3. –S.48-49 2.Abbas N, Zaher Addeen S, Abbas F, Al Saadi T, Hanafi I, Alkhatib M, Turk T, Al Khaddour A. Video-assisted Thoracoscopic Surgery (VATS) with mini-thoracotomy for the management of pulmonary hydatid cysts. J Cardiothorac Surg. 2018 May 2;13(1):35. doi: 10.1186/s13019-018-0716-7.PMID: 29716636 Free PMC article. 3. Alpay L, Lacin T, Ocakcioglu I, et al. Is Video-Assisted Thoracoscopic Surgery Adequate in Treatment of Pulmonary Hydatidosis? Ann Thorac Surg 2015;100:258-62. 10.1016/j.athoracsur.2015.03.011 [PubMed] [CrossRef] [Google Scholar] 4. Findikcioglu A, Karadayi S, Kilic D, et al. Video-assisted thoracoscopic surgery to treat hydatid disease of the thorax in adults: is it feasible? J Laparoendosc Adv Surg Tech A 2012;22:882-5. 10.1089/lap.2012.0272 [PubMed] [CrossRef] [Google Scholar 5. Murtazaev Z.I., Sherbekov U.A., Baysariev Sh.U., Sherqulov Q.U., Dusiyarov M.M. Our experience in the surgical treatment of liver echinococcosis. Journal of critical reviews. 2020. Vol 7. 2454-2458. 6. Nabi MS, Waseem T. Pulmonary hydatid disease : What is the optimal surgical strategy ? Int J Surg 2010;8:612-6. 10.1016/j.ijsu.2010.08.002 [PubMed] [CrossRef] [Google Scholar] 7. Usluer O, Kaya SO, Samancilar O, et al. The effect of preoperative albendazole treatment on the cuticular membranes of pulmonary hydatid cysts: should it be administered preoperatively? Kardiochir Torakochirurgia Pol 2014;11:26-9. 10.5114/kitp.2014.41926 [PMC free article] [PubMed] [CrossRef] [Google Scholar]