Doktor axborotnomasi 2026, №3 (124)
Subject of the article
KEKSA YOSHDA KUZATILGAN DEPRESSIV BUZILISHLARNING QON TOMIR GENEZLI PSIXOORGANIK SINDROM BILAN KOMORBID KECHISHINING KLINIK-PSIXOPATOLOGIK DINAMIKASI (49-53)
Authors
Ch. А. Кuchimova, U. U. Ochilov
Institution
Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Samarqand, O‘zbekiston
Abstract
Depressiv buzilishlar hozirgi vaqtda zamonaviy psixiatriyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu, birinchidan, ularning aholi orasida keng tarqalganligi, ikkinchidan esa, bemorlarning ijtimoiy faoliyati va hayot sifati ga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq. Mazkur muammo, ayniqsa, keksa yosh davrida alohida ahamiyat kasb etadi Depressiv buzilishlarni aholi orasida umumiy tarqalish darajasi 10–15% ni tashkil etgan bo‘lsa, katta yosh guruhlarida ushbu ko‘rsatkich deyarli ikki baravar yuqori ekanligi qayd etilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat dagi global o‘zgarishlar, odatiy hayot stereotiplarining o‘zgarishi, jamiyat hayotidagi tub o‘zgarishlar, eng avvalo, psixologik va iqtisodiy jihatdan eng zaif aholi guruhlari, ya’ni keksa va qari yoshdagi insonlarga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu esa ularda ruhiy buzilishlarning yuzaga kelish xavfining oshishiga olib kelmoqda. Psixotravmatik ta’sirlar bilan bir qatorda, bu borada keksa yoshdagi ruhiy kasallikka chalingan bemorlarda somatik kasalliklar bilan komorbid kechish ham muhim ahamiyatga ega. Bu, ayniqsa, yurak-qon tomir tizimi patologiyasiga taalluqli bo‘lib, u serebrovaskulyar asoratlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bosh miyaning qon-tomir kasalliklarining ahamiyati, ko‘p jihatdan, ular keltirib chiqaradigan psixoorganik buzilishlar omili bilan belgilanadi. Shu bilan birga, mazkur ko‘rinishlarga mos keluvchi yengil kognitiv buzilishlar 25–50% hollarda kech yoshdagi depressiya bilan birgalikda kuzatiladi. Shunday qilib, keksa yoshdagi bemorlarda depressiya va qon-tomir genezli psixoorganik buzilishlarning birgalikda kechishi, bir tomondan, har ikkala patologiya shaklining yuqori darajada tarqalganligi va ularning bir xil bemorlarda birga uchrash ehtimolining yuqoriligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda ilmiy adabiyotlarda kech yoshdagi de pressiyalar va bosh miyaning qon-tomir kasalliklari o‘rtasidagi patogenetik o‘zaro bog‘liqlik masalasi ham keng muhokama qilinmoqda.
Key words
Tayanch so‘zlar: depressiya, komorbidlik, psixopatologiya, psixoorganik sindrom, keksa yosh. Ключевые слова: депрессия, коморбидность, психопатология, психоорганический синдром, пожилой возраст. Key words: depression, comorbidity, psychopathology, psychoorganic syndrome, older age.
Literature
1. Андрющенко А.В., Романов А.В. Пограничные психические и психосоматические расстройства в общей медицине // В кн.: «Психические расстройства в клинической практике». Под ред. А.Б.Смулевича. - М., 2021.- С.100-129. 2. Вознесенская Т. Г. Соматизированная депрессия в неврологической практике //Consilium medicum. - 2020. - Т. 12. - №. 9. - С. 52-56. 3. Дикая Т. И. Затяжные и хронические эндогенные депрессии (история становления понятия, клинического содержания и нозологической оценки): обзор литературы //Психиатрия. - 2021. - №. 1. - С. 49-59. 4. Alexopoulos G.S. Depression in the elderly. // Lancet. – 2005. – Vol. 365. – P. 1961–1970. 5. Krishnan K.R.R., Taylor W.D., McQuoid D.R. et al. Clinical and biological characterization of depression in vas cular disease. // American Journal of Psychiatry. – 2019. – Vol. 161. – P. 2039–2045. 6. Katona, C.L.E. Depresson in old age. Katona, C.L.E. Сhichester, Wiley Sons. 2022. 36 (4); 160 166. doi.org/10.1080/09540121.2012.668174. 7. Neuman, S. Postoperative cognitive dysfunction after noncardiac surgery: a systematic review. S. Neuman, J. Stygall, C. Hurani et al. 2021. 106 (3), 572-590. 8. Turaev T.M., Kuchimova Ch.A. Clinical significans of anxiety and depressive disorders in metabolic syndrome. Journal of biomedicine and practice, 2024. Vol. 9, No. 2. P.275-278. patients with 9. Strawbridge, W.J. Physical Activity Reduces the Risk of Subsequent Depression for Older Adults. W.J. Straw bridge, S. Deleger, R.E. Roberts, G.A. Kaplan. 2022. 156 (5). 328-334. 10. Tegeler, J. Erkennung endogenen Depressionen. J. Tegeler. 2023. 126 (4), 47-51.