Reproduktiv salomatlik va uro-nefrologik tadqiqotlar jurnali 2022 № 4


Subject of the article

BACHADON MIOMASINING HOMILADORLIK VA TUG'ISH NATIJALARIGA TA'SIRI (58-60)

Authors

Muratova Nigora Djurayevna, Miralimova Nigora Abdurashidovna

Institution

Toshkent Davlat stomatologiya instituti Toshkent, O'zbekiston

Abstract

So'nggi yillarda miomasi bo'lgan ayollarda, xususan, yoshi katta reproduktiv yoshdagi ayollarda homiladorlikning chastotasi oshdi. Miomaning mavjudligi homiladorlik va tug'ruq davrida bir qancha asoratlariga olib keladi, ko'pincha platsenta etishmovchiligining rivojlanishi va xomila tushish xavfi bilan birga keladi. 74 nafar homilador ayollarda prospektiv tadqiqot o‘tkazdik. Tekshirilganlarning yoshi 22 yoshdan 42 yoshgacha bo’lgan va o'rtacha 34,19±0,8 yoshni tashkil etdi. Bachadon miomasi reproduktiv yoshdagi ayollarda ushbu patologiyani yoshartirish tendentsiyasi bilan tez-tez uchraydi. Ko'p hollarda bachadon miomasi bo'lgan ayollarni tug'dirish jarrohlik yo'li bilan amalga oshiriladi: 91,67% da muddatli tug'ish bilan, 8,33% esa erta tug'ish bilan tugaydi. Ikkinchi guruhdagi homilador ayollarning atigi 7 (11,7%) nafarida chaqaloqlarning massasi 1- darajali gipotrofiyaga to'g'ri keldi. 2 nafar ayolda miomatoz tugunining oziqlanishi buzilganligi sababli tug’ruq muddatidan oldin yakunlandi, chala tug’ilgan chaqaloqlar esa ikkinchi bosqich parvarishga o’tkazildi.

Key words

homiladorlik, bachadon miomasi, tug'ruq, erta tug'ilish, diagnostika

Literature

1. Бабаджанова, Г. С., and С. И. Абдурахманова. "СОВРЕМЕННЫЕ ПРЕДСТАВЛЕНИЯ ОБ ЭТИОПАТОГЕНЕЗЕ, КЛИНИКОДИАГНОСТИЧЕСКИХ КРИТЕРИЯХ МИОМЫ МАТКИ И АДЕНОМИОЗА У ЖЕНЩИН И ОСОБЕННОСТИ ИХ ЛЕЧЕНИЯ (Обзор литературы)." Журнал теоретической и клинической медицины 3 (2018): 85-90. 2. Баринов С.В., Раздобедина И.Н., Блауман Е.С. Комплексное лечение множественной гигантской миомы матки при беременности. Сибирский медицинский журнал. 2016;1:69. 3. Каттаходжаева М.Х., Гайбуллаева Д.Ф. "Показатели эндотелиальной дисфункции и маркеры системного воспаления у беременных при преэклампсии." Re-health journal 2-2 (6) (2020): 10-13. 4. Каттаходжаева М.Х., Мадрахимов Т.// Влияние полилазерного излучения на бактериальную флору при гнойно-септических послеоперационных осложнениях в хирургической и гинекологической практике//Мед.журнал Узбекистана, 1994, №3.С.26-28