Reproduktiv salomatlik va uro-nefrologik tadqiqotlar jurnali 2022 № 2


Subject of the article

REPRODUKTIV YOSHIDAGI AYOLLARDA TUXUMDONLARNING POLIKISTOZ SINDROMI KELIB CHIQISHINING ASOSIY SABABLARINI ANIQLASH (64-67)

Authors

Tanish Gul Ahmad

Institution

Balx universiteti

Abstract

Tadqiqot maqsadi. Ushbu olib borilgan tadqiqotda biz tuxumdonlar polikistoz sindromi bilan og`rigan bemorlarni anamnestik, klinik, gormonal va ultratovush tekshiruvlar, demografik holati, shuningdek, gormonal kasalliklari, tana vazni va qondagi insulin darajasi o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganishni maqsad qildik. Material va tadqiqot usullar: Ushbu jarayonlarni tavsiflovchi prospektive tadqiqoti amalga oshirildi. Mozori Sharifdagi Abu Ali Sino nomli Balx o‘quv klinikasiga murojaat qilgan 15 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan ayollar orasida tuxumdonlarning polikistoz sindromi bilan og‘rigan 80 nafar bemor o‘rganildi. Barcha bemorlar anketasida demografik ma'lumotlar qayd etilgan va so'rovnomani to'ldirish orqali kuzatilgan. Gormonal testlar (Prolaktin (PRL), gidroksiprogesteron -17 (OHP-17), qonda qand micdori, Insulin, Testosteron, Luteinlovchi gormon (LG), Follikul stimullovchi gormon (FSG), glyukozaga tolerantlik - GTT) radioimmunoanaliz orqali o'tkazildi va bemorlar ultratovush bilan tekshirildi. Tana vazni, qondagi insulin darajasi va giperandrogenizm o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish uchun bemorlar semiz va semiz bo'lmagan guruhlarga, (tana vazni indeksi TVI>30 va TVI<30), hamda funksional giperandrogenizm (FG) belgilari mavjudligiga qarab, ikkiga bo'lingan, FG musbat va FG salbiy. Statistik tahlil uchun Kruskal - Wallis, Mann - Withny statistik testlaridan foydalanilgan.

Key words

Tuxumdon polikistoz sindromi, giperandrogenizm, hayz davrining buzilishi, girsutizm.

Literature

1. Birdak MA, Farguhar CM, White HO. Association between polycystic ovaries and extent of coronary artery disease in women having cardiac catheterization. // Ann J Intern Med. 1997,126:32. 2. Diamamati E, Kandar A, Chryssa R, Kouls . A survey of the polycystic ovary syndrome in the Greek Islan of Lebsos: Hormonal metabolic profile.- // J Pf. Clinical – Endocrin & metabol. 1999: 4006-4011. 3. Dunaif A. Hyperandrogenic Anovaulation ( P.C.O.S ) : A unique disorder of insulin action associated with an increased risk of NIDDM // AM J Med. 1995,98(1A) : 336. 4. Falsett L, Efithrriou G. Hyper insulinemia in the polycystic ovary syndrome. A clinical endocrine and metabolic study in 240 patients. Gyn. // End. 1996. 10 : 319-326. 5. Fitsch G, Hanzal R, Jensen D, Hacker N.F. Endometrial cancer in premenopausal women 45 years and younger.// Obstect- Gynecol , 2015, 85: 504