Doktor axborotnomasi 2022, №3 (106)


Subject of the article

SHAHAR VA QISHLOQ SHAROITIDA PROSTATA BEZI SARATONINI TARQALISH NOMUTANOSIBLIGI (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA) (102-106)

Authors

J. A. Rizaev, N. M. Raximov, X. X. Kadirov, Sh. Sh. Shaxanova

Institution

Samarqand Davlat tibbiyot universiteti, Samarqand, O’zbekiston

Abstract

Maqsad: Samarqand viloyati misolida erkaklarda prostata bezi saratonini shahar va qishloq kesimida aholi o‘rtasida demografik, klinik va davolash parametrlar o‘rtasida regression tahlil o‘tkazish orqali farqlanishni aniqlashdan iborat. Material va metodlar: Ushbu tadqiqot uchun asos qilinib Samarqand viloyati olindi, bu viloyatda prostata bezi saratoni Respublika ko’rsatkichlariga nisbatan o‘rtacha hisoblanadi. 3 yil davomida prostata bezi saratonining 2019-2021 yil dinamikasida tarqalishi bo'yicha tadqiqot o'tkazildi. 124 nafar xavfli o’sma kasalligi bilan tashhislangan klinik tekshiruvlar asosida va morfologik jihatdan tasdiqlangan bemorlar ma’lumotlari tahlil qilindi. Natija: Shahar va qishloq hududlarda yashovchi erkaklarda prostate bezi saratonining tarqalishi ijtimoiy-iqtisodiy taqsimotining o'rta qismidan pastki qismigacha bo'lgan, PSA darajasi o'rtacha va yuqori (10,01-20 ng/ml) bo'lgan keksa odamlar orasida yuqori bo'lgan. Tadqiqiotga davlat muassasalarida xavfli o’sma tashhisi qo’yilgan va davolanganlar kiritilgan. Aksincha, yosh bo’yicha tekshiqilganda Glisson balli yuqori bo'lganlar orasida shahar aholisi yashash darajasining ko'tarilishi aniqlandi. Kasallik xavfi yuqori bo'lgan shahar hududlarda yashovchi erkaklarda yuqori tarqalish saqlanib qolmoqda, ammo PSA darajasi o'rtacha va yuqori bo'lganlar va kasallanish xavfi past bo'lganlar o'rtasida shaharda yashovchilar orasidagi tafovutlar statistik bir xil emas. Qizig'i shundaki, yuqori Glisson ballari (8dan balan) uchun tarqalish koeffitsientlari statistik ahamiyatga ega bo'lmasada, keyingi tuzatishlardan keyin yana bir bor oshdi. Xulosa Qishloq hududlarda yashovchi erkaklar ancha past ijtimoiy-iqtisodiy hududlarda istiqomat qiladilar, ular Yoshi kattalarda tashhislanadi va klinik jihatdan agressiv kechadi. Biroq, diagnostika yoki davolash usulida umumiy farqlar yo'q. Samarqand viloyati misolida o‘tkazilgan ushbu tadqiqot qishloq va shahar xududidagi bemorlarni vaqtida murojat etish, to‘g‘ri tashhis qo‘yish va simarali davolash uchun sog'liqni saqlashni tizimli aralashuvlarni isloh qilish va ishlab chiqish zarurligini ta'kidlaydi.

Key words

prostata bezi saratoni, regression tahlil, Glisson ko’rsatkichi, PSA, yosh.

Literature

1. Рахимов Н. М., Асатуллаев А.Ф., Шаханова Ш.Ш., Юсупов Ш. Х., Файзиев И.И. Tarqalgan prostata bezi saratonini davolashda xirurgik kastratsiya o ‘rni. Журнал Репродуктивного Здоровья и Уро-Нефрологических Исследований 2021/5/31, Том 2 № 1. 2. Рахманов Х.А., Исламов Ш. Э., Рахимов Н. М. Клинико-морфологическая характеристика рака предстательной железы //журнал биомедицины и практики. – 2022. – Т. 7. – №. 2. 3. Тилляшайхова М.Н., Ибрагимова Ш.Н., Джанклич С.М.. Состояние онкологический помощи населению Республики Узбекистан в 2021 году / под ред. – Ташкент: Издательство «Халк», 2022. – 176 с. 4. Шаханова Ш.Ш., Рахимов Н.М. Мультимодальный подход к лечению множественных остеогеных метастазов рака почки и предстательной железы. Клиническая и экспериментальная онкология 2020, №4 Стр 50-56. 5. Giona S. The Epidemiology of Prostate Cancer. In: Bott SRJ, Ng KL, editors. Prostate Cancer [Internet]. Brisbane (AU): Exon Publications; 2021 May 27. Chapter 1. PMID: 34181376. 6. Shakhanova Sh Sh, Djuraev M.D., Rakhimov N.M., Karimova M.N., Asatulayev A.F. Determination Of Risk Parameters In The Detection Of Asymptomatic Bone Metastases Of Kidney And Prostate Cancer. The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research 2021/2/28, Том 3, № 02, Р 161-174. 7. Sung H, Ferlay J, Siegel RL, Laversanne M, Soerjomataram I, Jemal A, et al. Global cancer statistics 2020: GLO-BOCAN estimates of incidence and mortality worldwide for 36 cancers in 185 countries. CA: a cancer journal for clinicians. 2021.