Журнал кардиореспираторных исследований 2026. №3


Subject of the article

Arterial gipertenziyali bemorlarda arterial bosimning sutkalik profili va chap qorincha remodellanishining o‘ziga xos xususiyatlari (120-123)

Authors

Yarmukhamedova S.X.

Institution

Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Abstract

Tadqiqot maqsadi: arterial gipertenziyali bemorlarda arterial bosimning sutkalik profili xususiyatlarini o‘rganish hamda arterial bosimni sutkalik monitoring qilish ko‘rsatkichlari bilan miokardning strukturaviy-funksional o‘zgarishlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni baholash. Materiallar va tadqiqot usullari: arterial gipertenziya bilan og‘rigan 30–75 yoshdagi 560 nafar bemor tekshirildi, ularning o‘rtacha yoshi 56,4±10,8 yoshni tashkil etdi. Barcha bemorlarda arterial bosimning sutkalik monitoringi (ABSM), standart exokardiografiya va to‘qima Dopplerexokardiografiyasi o‘tkazildi. ABSM ma’lumotlari asosida sistolik va diastolik arterial bosimning o‘rtacha sutkalik, kunduzgi va tungi qiymatlari, shuningdek arterial bosimning tunda pasayish xususiyati baholandi. Sirkad profiliga ko‘ra bemorlar dipper, non-dipper va night-peaker turlariga ajratildi. Yurakning strukturaviy-funksional holati qorinchalararo to‘siq va chap qorincha orqa devori qalinligi, devorning nisbiy qalinligi (DNQ), chap qorincha miokardi massasi va uning indeksi (ChQMMI) bo‘yicha baholandi. Diastolik funksiya e′ va E/e′ ko‘rsatkichlari asosida baholandi. O‘zaro bog‘liqliklarni tahlil qilish uchun korrelyatsion tahlil qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari: o‘rtacha sutkalik SAB 152±17 mm sim. ust., DAB 94±10 mm sim. ust.; kunduzgi SAB 158±18 mm sim. ust., kunduzgi DAB 98±11 mm sim. ust.; tungi SAB 142±16 mm sim. ust., tungi DAB 86±19 mm sim. ust. ni tashkil etdi. Dipper profili 213 (38,0%) bemorda, non-dipper 235 (42,0%) bemorda, night-peaker 112 (20,0%) bemorda qayd etildi. Noqulay sirkad profillar 347 (62,0%) bemorda aniqlandi. ChQMMI 118±24 g/m², DNQ 0,46±0,07 ni tashkil etdi; chap qorincha geometriyasining patologik turlari 76% bemorda aniqlandi. O‘rtacha sutkalik SAB bilan ChQMMI o‘rtasida statistik ahamiyatli musbat korrelyatsiya qayd etildi (r=0,44; p<0,001). Tungi SAB va DAB ning yuqori qiymatlari hamda arterial bosimning fiziologik tungi pasayishining buzilishi e′ ning pasayishi va E/e′ nisbatining oshishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Xulosa: arterial gipertenziyali bemorlarda arterial bosim sirkad profilining buzilishlari yuqori darajada uchraydi. Sutkalik gemodinamik yuklama chap qorinchaning strukturaviy remodellanishi bilan, tungi profil buzilishlari esa diastolik funksiyaning yomonlashishi bilan bog‘liq.

Key words

arterial gipertenziya, arterial bosimning sutkalik monitoringi, ABSM, non-dipper, night-peaker, miokard remodellanishi, chap qorincha gipertrofiyasi, diastolik disfunksiya

Literature

1. McEvoy JW, McCarthy CP, Bruno RM, et al. 2024 ESC Guidelines for the management of elevated blood pressure and hypertension. Eur Heart J. 2024;45(38):3912–4018. doi:10.1093/eurheartj/ehae178. 2. Mancia G, Kreutz R, Brunström M, et al. 2023 ESH Guidelines for the management of arterial hypertension. J Hypertens. 2023;41(12):1874– 2071. doi:10.1097/HJH.0000000000003480. 3. Cepeda M, Pham P, Shimbo D. Status of ambulatory blood pressure monitoring and home blood pressure monitoring for the diagnosis and management of hypertension in the US: an up-to-date review. Hypertens Res. 2023;46(3):620–629. doi:10.1038/s41440-022-01137-2. 4. Filippone EJ, Foy AJ, Naccarelli GV. Controversies in Hypertension III: Dipping, nocturnal hypertension, and the morning surge. Am J Med. 2023. doi:10.1016/j.amjmed.2023.02.018. 5. Kario K, et al. Nighttime blood pressure and glucose control impacts on left ventricular hypertrophy: the Japan Morning Surge Home Blood Pressure (J-HOP) Study. Hypertens Res. 2023. doi:10.1038/s41440-023-01487-5. 6. Yang X, Yuan Y, Gou Q, et al. Nighttime mean arterial pressure is associated with left ventricular hypertrophy in white-coat hypertension. J Clin Hypertens. 2022. doi:10.1111/jch.14530. 7. Hansen TW, Li Y, Boggia J, Thijs L, Richart T, Staessen JA. Predictive role of the nighttime blood pressure. Hypertension. 2011;57:3–10. 8. Nagueh SF, Smiseth OA, Appleton CP, et al. Recommendations for the evaluation of left ventricular diastolic function by echocardiography. Eur Heart J Cardiovasc Imaging. 2016;17(12):1321–1360. doi:10.1093/ehjci/jew082. 9. Tadic M, Cuspidi C, Majstorovic A, et al. Does a nondipping pattern influence left ventricular and left atrial mechanics in hypertensive patients? J Hypertens. 2013;31(12):2438–2446. doi:10.1097/HJH.0b013e3283651c24. 10. Sayed A, Razik NA, Galal AW, et al. Effect of dipping and nondipping pattern of blood pressure on subclinical left ventricular dysfunction assessed by two-dimensional speckle tracking in hypertensive patients. Blood Press Monit. 2022;27(1):43–49. doi:10.1097/MBP.0000000000000564. 11. Kalaycıoğlu E, Gökdeniz T, Aykan AC, et al. The influence of dipper/nondipper blood pressure patterns on global left ventricular systolic function in hypertensive diabetic patients: a speckle tracking study. Blood Press Monit. 2014;19(5):263–270. doi:10.1097/MBP.0000000000000055. 12. Koroboki E, Manios E, Michas F, et al. The impact of nocturnal hypertension and non-dipping status on left ventricular mass: a cohort study. Blood Press Monit. 2015;20:121–126. 13. Yi JE, Shin J, Ihm SH, et al. Not nondipping but nocturnal blood pressure predicts left ventricular hypertrophy in essential hypertensive patients. J Hypertens. 2014;32:1999–2004. 14. Lang RM, Badano LP, Mor-Avi V, et al. Recommendations for cardiac chamber quantification by echocardiography in adults. J Am Soc Echocardiogr. 2015;28(1):1–39.e14. doi:10.1016/j.echo.2014.10.003.