Журнал кардиореспираторных исследований 2026. №2/1


Subject of the article

Mehnatga layoqatli yoshdagi bemorlarda YuIKni koronar arteriyaning anomal chiqishlari fonida kompleks korreksidan keyingi reabilitatsiyasi (98-101)

Authors

F.O. Xasanjanova, J.A. Rizayev, E.N. Tashkenbayeva

Institution

Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Abstract

Kirish: bugungi kunda koronar arteriyalar anomaliyasiga (KAA) ega bo‘lgan mehnatga layoqatli yoshdagi yurak ishemik kasalligi (YIK) bilan og‘rigan bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish zamonaviy kardiologiya hamda reabilitologiyaning dolzarb muammosi sanaladi. Koronar arteriyalarning anomal joylashuvi — koronar tomirlar o‘zani anatomiyasining kam uchraydigan tug‘ma nuqsoni bo‘lib, uning negizida funksional buzilish emas, aynan anatomik anomaliya yotadi. Dori vositalari bu nuqsonni “tuzata olmaydi” — ular anomaliyaning o‘ziga emas, balki ishemiya/aritmiya belgilari yoki unga yo‘ldosh mexanizmlarga ta’sir ko‘rsatadi. Ularning vazifasi simptomlarni, yo‘ldosh holatlarni va xavflarni boshqarishdan iboratdir. KAA ni davolash anomaliya turiga, simptomlarning og‘irlik darajasiga va bemorning umumiy ahvoliga bog‘liq. Aksariyat hollarda davolash medikamentoz terapiyani, og‘irroq holatlarda esa jarrohlik aralashuvini o‘z ichiga oladi. Maqsad: koronar arteriyalarning anomal chiqishi fonida mehnatga layoqatli yoshdagi bemorlarda YUIK kompleks korreksiyasidan keyin reabilitatsiya usullarini ishlab chiqish. Materiallar va tadqiqot usullari: Ushbu tadqiqotga yurak ishemik kasalligi (YIK) va toj arteriyalari (TA) anomaliyasi bo‘lgan, yoshi 20 dan 60 gacha bo‘lgan mehnatga layoqatli 86 nafar bemor kiritildi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 43,8 yoshni, ulardan 51 nafari (59,3%) erkaklar, 35 nafari (40,7%) ayollar edi. Tadqiqot natijalari: 20 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 86 nafar bemorni o‘z ichiga olgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, koronar arteriyalarning anomal chiqishi fonida yurak ishemik kasalligini bosqichma-bosqich kardioreabilitatsiya dasturi bilan birgalikda kompleks davolash ishemiyaning klinik ko‘rinishlarini kamaytirishga, miokardning funksional holatini yaxshilashga, jismoniy zo‘riqishlarga chidamlilikni oshirishga, mehnatga layoqatli yoshdagi bemorlarda hayot sifatini yaxshilashga va mehnat qobiliyatini tiklashga yordam beradi. Xulosa: Mehnatga layoqatli yoshdagi bemorlarda koronar arteriyalarning anomal joylashuvi fonida yurak ishemik kasalligini kompleks korreksiya qilish va bosqichma-bosqich kardioreabilitatsiya o‘tkazish klinik-funksional holatning yaxshilanishini, jismoniy ish qobiliyatining ortishini, hayot sifatining yuksalishini hamda mehnat qobiliyatining tiklanishini ta’minlaydi. Olingan ma’lumotlar ushbu toifadagi bemorlarni operatsiyadan keyingi davrda kuzatish tizimiga reabilitatsiya dasturlarini majburiy kiritish maqsadga muvofiq ekanini tasdiqlaydi.

Key words

so’zi: koronar arteriyalar anomaliyasi, YUIK, reabilitatsiya, mehnatga layoqatli yosh, exokardiografiya va boshqalar.

Literature

1. World Health Organization. Cardiovascular diseases (CVDs). 2. Virani S.S., Newby L.K., Arnold S.V. et al. 2023 AHA/ACC/ACCP/ASPC/NLA/PCNA Guideline for the Management of Patients With Chronic Coronary Disease. Circulation. 2023. 3. Li K., Sun J., Xu Y. et al. Anomalous origin of the coronary artery in adults: anatomical characteristics and clinical significance. 2024. 4. Gaudino M., Krasuski R.A., Beerkens F.J. et al. Management of Adults With Anomalous Aortic Origin of the Coronary Artery: A Systematic Review and Critical Evaluation of the Evidence. Journal of the American College of Cardiology. 2023. 5. Lawton J.S., Tamis-Holland J.E., Bangalore S. et al. 2021 ACC/AHA/SCAI Guideline for Coronary Artery Revascularization. Circulation. 2022. 6. Subih M., Al Smadi A., Abuzaid A. et al. Exploring the Impact of Cardiac Rehabilitation Programs on Health-Related Quality of Life and Physiological Outcomes in Post-CABG Patients: A Systematic Review. 2024. 7. Araújo C.O. et al. Inspiratory Muscle Training in Phase 1 and 2 Postoperative Cardiac Rehabilitation: Systematic Review and Meta-Analysis. 2024. 8. Delimanoli E. et al. Cardiac Rehabilitation After Open Heart Surgery: A Systematic Review. 2024. 9. Mohamed J. Saadh, Faris Anad Muhammad, Abdulkareem Shareef, S. Renuka Jyothi, Priya Priyadarshini Nayak, Ashish Singh Chauhan, Siya Singla, Farida Khasanjanova, Hayder Naji Sameer, Ahmed Yaseen, Zainab H. Athab, Mohaned Adi Macrophage migration inhibitory factor (MIF): a Janus‑faced cytokine in viral pathogenesis and host defense. Immunologic Research (2025) 73:160 https://doi.org/10.1007/s12026-025-09694-7 10. Khasanjanova, F.; Pulatova, K.; Ruzieva, A. Анализ клинического эффекта симвастатина у больных нестабильной стенокардией молодого возраста. Kardiologija V Belarusi. 2023 | Journal article. DOI: 10.34883/PI.2023.15.5.005