Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali 1 2021.pdf


Subject of the article

JIGAR SIRROSI KASALLIGIDA YURAKNING SISTOLIK VA DIASTOLIK DISFUNKTSIYASINING AHAMIYATI (67-69)

Authors

Gafforov X.X., Vafoyeva N.A.

Institution

Samarqand davlat tibbiyot instituti

Abstract

Yurak qon tomir tizimi zararlanishi yurak mushagidagi metabolitik tipdagi buzilishlar bilan kechadi va "sirrotik kardiopatiya" ("miokard distrofiyasi") sifatida tavsiflanadi. Chap qorincha gipertrofiyasi, va miokard distrofiyasi (sirrotik kardiomiopatiya) yurak zararlanishini asosini tashkil etadi, bu esa yurakning qisqaruvchanlik, sistolik va diastolik funktsiyaning buzilishiga olib keladi. Chap qorinchaning oxirgi sistolik o`lchami, oxirgi diastolik o`lchami, oxirgi sistolik hajm va oxirgi diastolik hajm (OSO`, JDO`, OSH, ODH) kabi ko`rsatkichlarining statistik ishonchli kattaliklarda ortishi xos bo`ldi. Chap qorinchaning oxirgi sistolik va diastolik o`lchami, oxirgi sistolik va diastolik hajm kabi ko`rsatkichlar yurak mushagining ahamiyatli darajadagi zararlanishi va qon aylanishining chuqur o`zgarishi belgilari hisoblanadi. jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda maqsadli ravishda klinik, rentengenologik, EKG va ExoKG tekshiruvlarini o`tkazish 85% holatlarda yurak zararlanishini aniqlashga imkon tug`diradi. Chap qorincha gipertrofiyasi va miokardiodistrofiya - yurak zararlanishlari asosini tashkil etuvchi ko`rsatkich hisoblanadi. Bu esa o`z navbatida, miokard qisqaruvchanlik, sistolik va diastolik funktsiyasining pasayishiga sabab bo`ladi. Yurak zararlanishi, tabiiyki, surunkali qon aylanishi buzilishlariga olib keladi, portal gipertenziya darajasini oshiradi, jigar yetishmovchiligi darajasini kuchaytiradi, gepatorenal sindromning asosiy sabablaridan bo`lib qoladi va bemorlarning umumiy ahvolini yanada og`irlashuviga olib keladi.

Key words

Jigar sirrozi, sistolik va diastolik disfunktsiya, tsirrotik kardiomiopatiya.

Literature

1. Морозова Т. С., Гришина И. Ф., Гурикова И. А. Изменение структурно-функциональных показателей левых отделов сердца у больных хроническим гепатитом и циррозом печени вирусной этиологии//Журнал сердечная недостаточность. – 2015. – Т. 16. – №. 3. – С. 171-178. 2. Чистякова М. В. и др. Нарушения кардиогемодинамикиу пациентов с вирусным циррозом печени //Журнал сердечная недостаточность. – 2014. – Т. 15. – №. 3. – С. 179-184. 3. Романова В. А. и др. Поражение сердца при циррозе печени у больных, злоупотребляющих алкоголем //Терапевтический архив. – 2016. – Т. 88. – №. 8. 4. Чистякова М. В., Говорин А. В., Радаева Е. В. Влияние противовирусной терапии на гемодинамику сердца и печени у больных вирусным циррозом //Рациональная фармакотерапия в кардиологии. – 2014. – Т. 10. – №. 3. 5. S.N Mammaev, A.M Karimov, T. Ý. Il'yasova A.SH. Xasaev. Tsirroticheskaya kardiomiopatiya. Rossiyskiy jurnal Gastroenterologii, Gepatologii, Koloproktologii.-2010.-T.20.-¹3.-S.19-28. 6. Гаффоров Х. Х., Вафоева Н. А. Значение систолической и диастолической дисфункции при циррозе печени //Universum: медицина и фармакология. – 2020. – №. 10 (72). 7. Пешкова С. В. и др. Клинико-патогенетические особенности цирротической кардиомиопатии //Забайкальский медицинский вестник. – 2017. – №. 2. – С. 63-71. 8. Чистякова М. В., Говорин А. В., Радаева Е. В. Сердечные аритмии и кардиогемодинамические расстройства у больных вирусным циррозом печени //Российский кардиологический журнал. – 2014. – №. 12 (116). 9. Иванов А. С. и др. КАРДИАЛЬНАЯ ДИСФУНКЦИЯ У БОЛЬНЫХ АЛКОГОЛЬНЫМ ЦИРРОЗОМ ПЕЧЕНИ //Экспериментальная и клиническая гастроэнтерология. – 2018. – №. 6 (154). 10. Чистякова М. В., Говорин А. В., Пархоменко Ю. В. Структурно-функциональные показатели правых отделов сердца у больных вирусным циррозом печени //Рациональная фармакотерапия в кардиологии. – 2019. – Т. 15. – №. 2.