Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali 2. 2021.pdf


Subject of the article

LATENT SIL INFEKTSIYASI BOR BOLALARDA HAVF OMILLARI HAMDA HAYOT SIFATINING HOLATI (82-86)

Authors

Xodjaeva S.A., Adjablaeva D.N.

Institution

Samarqand davlat tibbiyot instituti

Abstract

Sil mikobakteriyasini yangi yuqtirgan bolalar soni o'sishda davom etmoqda. Ko'pincha sil kasalligi o'chog'idan bo'lgan bolalar birlamchi infektsiyaga moyil. So'nggi yillarda latent sil infekciyasi tashxisi qo'yilgan bolalar soni o'sish tendentsiyasiga ega. Ushbu bolalar orasida faol sil kasalligini o'sishining davom etishi ham muhimdir. Maqsad: latent sil kasalligi bo'lgan bolalarda xavf omillarining rolini aniqlash va hayot sifatida o`zgarishlarni aniqlash. Tadqiqot materiallari va usullari: 0-14 yoshdagi 110 bola tekshirildi. Sil mikobakteriyasini yuqtirish uchun xavf omillarini tahlili o'tkazildi. BCGga qarshi emlash samaradorligi chandiq borligi va kattaligi bilan baholandi. Hayot sifati ko'rsatkichi PedsQL so'rovnomasining 0-14 yoshdagi bolalar uchun 4-versiyasi yordamida aniqlandi. Natijalar va munozara: Ikkala guruhdagi bolalar ko'pincha oilada sil kasalligi bilan og'rigan, bakteriyalarni chiqarib yurgan onasi bilan aloqa qilish chastotasi sil mikobakteriyalarni chiqarmagan onaga qaraganda ko`proq bo'lgan. Bolalarda yuqtirishning asosiy manbai o'pka silning infiltrativ shakli bo'lgan bemorlar edi. Latent sil infektsiyasi bilan kasallangan, faol sil kasalligi tashxisi qo'yilgan bolalar ilgari penitentsiar zonada bo'lgan, shuningdek, yomon moddiy va yashash sharoitlariga ega bo'lgan oila a'zolari bilan yaqin aloqada bo'lishgan. Bolada sil kasalligi jarayonining faol shakli mavjudligi hayot sifatining barcha parametrlarini har tomonlama yomonlashishi uchun zarur shartlarni yaratadi, latent sil infektsiyasi faqat hayot sifatining ayrim jihatlariga salbiy ta'sir qiladi. Psixosotcial funktsiyaga eng ko'p ta'sir qiladi.

Key words

latent sil infekciyasi, bolalar, sil kasalligi o`chog`i, hayot sifati, bakteriyalarni ajratish

Literature

1. Нечаева О.Б. Туберкулез у детей в России. Туберкулез и болезни легких 2020; 98: (11): 12-20. DOI 10.21292/2075-1230-2020-98-11-12- 20. 2. Ходжаева С.А. Ситуация по туберкулёзу у детей Самаркандской области. Проблемы медицины и биологии 2017; 93: (3): 129-132. 3. Аджаблаева Д.Н. Показатель качества жизни во фтизиопедиатрии. Туберкулез и болезни легких 2018; 96: (2): 32-35. DOI 10.21292/2075-1230-2018-96-2-32-35. 4. Маматова Н.Т. Отрицательные социальные факторы и их влияние на возникновение туберкулеза у детей. Молодежный инновационный вестник 2018; 7: 67-68. 5. Аксенова В.А., Клевно Н.И., Кавтарашвили С.М. Очаг туберкулезной инфекции и его значение в развитии туберкулеза у детей. Туберкулез и болезни легких 2015; 1: 19-24. 6. Аджаблаева Д.Н. Изучение параметров качества жизни детей и подростков с ВИЧ-ассоциированным туберкулезом. Туберкулез и болезни легких 2020; 98: (9): 14-17. DOI 10.21292/2075-1230-2020-98-9-14-17. 7. Саидова М.А. Особенности психосоматических изменений у детей и подростков с легочным туберкулезом. Polish science journal 2019; 18: (9): 18-23. 8. Ходжаева С.А., Аджаблаева Д.Н. Оценка опасности очагов туберкулёзной инфекции для проживающих в них детей и подростков. Журнал кардиореспираторных исследований 2020; 2: (1): 77-80. DOI 10.26739/2181-0974-2020-2-1-77-8.