Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra tarixi

  1-son xirurgik kasalliklar kafedrasi 1933 yilda tashkillashtirilgan, professor A.A. Kozirev (1933-1934 yy.), professor B.E. Pankrat’ev (1934-1942 yy.), dotsent V.F. Medvedkov (1944-1945 yy.), professor A.V. Sushevskiy (1946-1951 yy.) va G.M. Mints (1951-1956 yy.) turli yillarda rahbarlik qilishgan. 

  1956-yildan kafedraga professor Fadey Moiseyevich Golub rahbarlik qilgan. Uning rahbarligida keng ko‘lamli o‘quv-uslubiy ishlar olib borildi. Kombinatsiyalangan radiatsiya shikastlanishi kabi ilmiy mavzular rivojlantirilgan. Uning rahbarligida U.A. Aripov, A.I. Britun, N.F. Dokuchaeva, R.Yu. Amirov, M.A. Ahmedovlar doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar. Unga 1964-yilda O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoni berilgan.


F.M. Golub (1956-1974 yy.)


R.Y. Amirov (1974-1987 yy.)   


I.R. Rustamov (1987-1997 yy.)


637de0ed3ecf8.jpg

B.U. Sabirov (1997-2009 yy.)  


  t.f.d., prof. Z.B. Kurbaniyazov (2009 yy h.v.)

  1974-1987 yillarda kafedraga professor Rauf Yuldashevich Amirov rahbarlik qildi. Kafedraning asosiy tadqiqot yo'nalishi pestitsidlarning yaralarni davolashga ta'siri bo'yicha eksperimental tadqiqotlar edi. Jarrohlikda immunologiya muammolari ham o'rganildi. Bu yillarda kafedrada dotsentlar R. K. Sattarov, L. V. Marokanova, V. N. Shishkinlar ishladilar.

  1988 yildan boshlab kafedrani professor Isomiddin Rustamovich Rustamov boshqargan. O‘quv-uslubiy ishlar bilan bir qatorda echinokokkoz jarrohligi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borildi. Shu davrda professorlar M.X. Xodjaeva va M.A. Faxratovlar ham kafedrada ishlagan.

  1997 yilda fakultet va gospital jarrohlik kafedralari birlashtirilib, professor Bahodir Urdushevich Sobirov kafedra mudiri etib saylandi. Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari torakal va qorin bo‘shlig‘i jarrohligida minimal invaziv muolajalarni ishlab chiqishdan iborat bo’lgan.

  2009 yildan boshlab 1-son xirurgik kasalliklar va transplantatsiya kafedrasiga tibbiyot fanlari doktori, professor Kurbaniyazov Zafar Babajanovich rahbarlik qilib kelmoqda.

  Kurbaniyazov Zafar Babadjanovich 1979 yilda Samarqand tibbiyot institutining umumiy tibbiyot fakultetini tamomlagan, 1991 yilda “Jigar exinokokkozini jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2019-yilda “Magistral o‘t yo‘llarining yatrogen shikastlanishlari va chandiqli strikturalari bo’lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2009 yildan boshlab to bugungi kunga qadar Kurbaniyazov Z.B. rahbarligi ostida 8 ta doktorlik, 25 ta nomzodlik ishi himoya qilindi, 500 ga yaqin ilmiy ishlar nashr etildi shulardan 180 dan ortig’i chet el jo’rnallarida nashr etilgan. Shuningdek xirurgik kasalliklarga oid 4 ta darslik, 8 ta monografiya chop etilgan. Professor Kurbaniyazov Z.B. Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon kabi bir qator davlatlarda bo'lib o'tgan xalqaro simpoziumlar va konferentsiyalarda ishtirok etdi. 2022-yilda Universitetning ko’p tarmoqli klinikasida ilk maratoba jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Hozirgi kunda jigar va buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari muntazam yo’lga qo’yilgan.

  Bugungi kunda kafedrada 1 nafar профессор, 3 nafar tibbiyot fanlari doktori, dotsentlar, 8 nafar tibbiyot fanlari nomzodi va assistenlar faoliyat yuritmoqda.