Samarqand Davlat tibbiyot universiteti rektorining 2026-yil 16-fevraldagi 40-AF-sonli buyrug‘i bilan “Kar’era markazi” faoliyati tashkil etildi va markaz Nizomi tasdiqlandi. Markaz universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori nazoratiga olindi.
Markazda 3,0 shtat birligida xodimlar qabul qilinib, ular tomonidan “Karera kunlari”, “Ish beruvchi bilan ochiq muloqot” tadbirlarini o‘tkazish, talabalar uchun rezyume tayyorlash, suhbatdan o‘tish ko‘nikmalarini rivojlantirish; klinik bazalar, xususiy va davlat tibbiyot muassasalarida amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish yo‘lga quyildi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 6-avgustda 1506-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi “Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 769-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevral “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli Qarori xamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-sentabrdagi “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 615-son Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Karyera markazi” faoliyat olib boradi.
Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Mehnat kodeksi, Odob-axloq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi Hay’at qarorlari hamda tegishli buyruqlari, universitet Kengashining qarorlari, universitet Ichki tartib qoidalari, ma’muriyatning buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida faoliyat olib boradi. O‘z vakolatlari doirasida bevosita universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektoriga hisobot beradi.
Markaz ta’lim xizmatlari bozorida universitetning aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha o‘z takliflarini beradi. Universitet reytingini oshirish maqsadida bakalavr, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchi talabalar soni, ularning ishga joylashishi monitoringi, bitiruvchi talabalarga davlat, nodavlat korxona va tashkilotlarda mavjud ish o‘rinlari haqida davriy yangilanib boradigan ma’lumot-axborotlarni taqdim etib boradi. Tizimda byurokratik to‘siqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish, shuningdek qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi universitet tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi “Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 769-son Qaroriga asosan tibbiyot xodimlarining uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘liqni saqlash tizimi organlari va muassasalarining malakali tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga ko‘maklashish.
Talabalarning karyerasini yaratishda va malakasini oshirishda yordam berish, talabalarni kelgusida malakali yetuk xodim bo‘lishi, o‘z sohasi bo‘yicha tajriba oshirishga ko‘maklashish, jamiyatga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va ish topishga yordamlashish, hamkor korxona va tashkilot vakillari bilan, har oyda kamida ikki marta kelib universitet talabalarini seleksiya ishlarini amalga oshirishlarida tegishli shart-sharoitlarini yaratish, talabalarga mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash va ish beruvchilar bilan suhbatdan o‘tish usullarini o‘rgatish bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Karyerani rivojlantirish” nomli maxsus (online) o‘quv kurs tashkil etish hamda nazoratga olish, oliy ta’lim muassasasida talaba va ish beruvchilarni bir-biri bilan bog‘lovchi maqsadlarni bajarishdan iborat.
Ta’lim davrida olgan nazariy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, laboratoriya, seminar, amaliy mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini oshirish, tibbiyot sohasi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarlarning o‘z vazifalari, o‘zaro munosabatlari, tashkiliy va ishlab chiqarish jarayoni hamda korxona, tashkilotlardagi yangi zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan tanishishini, ulardan mustaqil foydalana olish ko‘nikmalarini ta’minlashdan iborat.
Ulashish