Samarqand davlat tibbiyot universitetida gretsiyalik professor iştirokida xalqaro ma’ruza taşkil etildi
Samarqand davlat tibbiyot universitetida gretsiyalik taniqli qon tomir jarrohi, professor Kosmas I. Paraskevas iştirokida “Uyqu arteriyalari stenozi: taşxislaş, optimal davolaş va terapevtik strategiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy ma’ruza taşkil etildi. Unda 300 nafarga yaqin professor-öqituvçilar, klinik ordinatorlar, magistratura rezidentlari, talabalar hamda turli yönalişdagi amaliyotçi şifokorlar iştirok etdi.
Professor Kosmas Paraskevas Afina şahridagi Red Cross Hospital klinikasida faoliyat yurituvçi, 470 dan ortiq ilmiy işlar muallifi bölib, qon tomir kasalliklarini davolaş va insult profilaktikasi böyiça xalqaro miqyosda tan olingan mutaxassislardan biridir.
SamDTU diplomdan keyingi ta’lim fakultetining xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi hamda Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgik angionevrologiya markazi tomonidan taşkil etilgan ma’ruza davomida uyqu arteriyalari stenozini erta taşxislaş, zamonaviy diagnostika usullari, medikamentoz davolaş, karotid endarterektomiya va stentlaş amaliyotlarining samaradorligi yuzasidan ilğor ilmiy yondaşuvlar taqdim etildi. Şuningdek, insult xavfini baholaşda aterosklerotik pilakçalarning tuzilişi va beqarorlik belgilarini aniqlaşning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbirning interfaol muloqot qismida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, murakkab klinik holatlar va zamonaviy davolaş strategiyalari yuzasidan fikr almaşdilar.
Mazkur xalqaro ilmiy uçraşuv bölajak şifokorlarning kasbiy bilim va könikmalarini mustahkamlaş, amaliyotçi mutaxassislarning malakasini oşiriş hamda universitetning xorijiy tibbiyot muassasalari bilan ilmiy-amaliy hamkorligini kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etdi.










SamDTU Matbuot xizmati