×
Menu
Close Menu

Ishtixon Abu Ali ibn sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi


Abdumuminov Xasan Norbuvayevich

Ishtixon Abu Ali ibn sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 09:00-16:00
Tel:

+998 (97) 287 02 22

E-mail: IshtixonJST@ gmil.com
Manzil:

Samarqand v, Ishtixo tumani, Kattaqo’rg’on koʼcha., 41–uy


TARIXI


  Ishtixon Abu Ali ibin Sino Nomidagi jamoat salomatligi Texnikumi dastlab bilim yurti sifatida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirining 1993 yil 7-iyuldagi №325-sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan.

  O’zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligining 2003 yil 29 dekabrdagi 572-sonli Qaroriga asosan bilim yurtiga “Ishtixon tibbiyot kolleji” maqomi berilgan.

  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7-apreldagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4666-sonli qaroriga asosan Ishtixon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2024 yildagi PF-158-son Farmoniga asosan hozirda Ishtixon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi O'zbeksiton Respubliasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida hisoblanadi.  Manzili: Samarqand viloyat Ishtixon tumani Kattaqo‘rg‘on ko‘chasi 41-uy.   Loyiha bo'yicha quvvati 1350 o'ringa   mo'ljallangan. Hozirgi kunda Ishtixon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 1358 nafar o‘quvchi 6 ta yo‘nalishda tahsil olmoqda. Hamshiralik ishi Davolash ishi, Farmatsiya ishi, Stomatologiya ishi, Funksional diagnostika ishi, Tibbiyot brigadasi hamshirasi.


MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI


  2025-yil 16-may kuni Ishtixon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida "Milliy qadriyatlar – millat ma'naviyatining ko‘zgusi" mavzusida yorqin va mazmunli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

  Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar qalbida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni oshirish, ularni vatanparvar, ma’rifatli, va faol shaxslar qilib tarbiyalashdan iborat edi.

  Tadbir davomida o‘quvchilarimiz uchun badiiy kino lavhalar  ko‘rsatildi, unda o‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi qadimiy urf-odatlari , xalq marosimlari va madaniyati  haqida qiziqarli sahnalar namoyish etildi.


O'QUV VA O'QUV-METODIK ISHLARI


  O‘qitish har bir kurs va yo‘nalishlar uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo‘yicha olib boriladi:

– Kvalifikatsion xarakteristika;

– Davlat ta`lim standarti;

– Namunaviy o‘quv dasturi;

– Ishchi o‘quv dasturi;

– tasdiqlangan tashxis standartlari;

– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O‘qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Texnikumda barcha kompyuterlar internetga ulangan, 30 dan ziyod interaktiv doskalar, 15 dan ortiq Wi-fi zonalar mavjud. Mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv dasturiga asosan barcha yo‘nalishlar uchun o‘quv materiallari to‘plami mavjud. O‘quv jarayonlarini boshqarish axborot tizimi https://prof-emis.edu.uz/ texnikumda barcha kurs va guruhlarda joriy etilgan va o‘qituvchilar tomonidan muztazam yuritilib kelinmoqda.Texnikumda kridet-modul tizimi to‘liq joriy etilgan.

  Texnikum kutubxonasi:

  • Кutubxonada ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi 21870 dan ortiq o‘quv adabiyotlar mavjud. 
  • Elektron kutubxona darslik, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Talabalar uchun semuliyatsion o’quv xonalari tashkil qilingan:

O’quvchi yoshlar turar joyi