Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Turkiya oliygohi bilan qöşma ta’lim dasturining 1-bosqiç talabalari uçun “Oq xalat kiydiriş marosimi” bölib ötdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Soğliq bilimlari universiteti örtasidagi xalqaro hamkorlik asosida taşkil etilgan qöşma ta’lim dasturi doirasida tahsil olayotgan 1-bosqiç talabalari uçun “Oq xalat kiydiriş marosimi” tantanali ravişda ötkazildi

  Bölajak şifokorlar hayotidagi unutilmas voqealardan biriga aylangan mazkur marosim tibbiyot kasbiga bölgan yuksak hurmat, inson salomatligi va hayoti oldidagi mas’uliyat hamda kasbiy sadoqat ramzi sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.

  Tantanali tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev hamda Turkiya Soğliq bilimlari universiteti rektori, professor Kamalettin Aydın iştirok etib, talabalarga samimiy tabrik va ezgu tilaklarini bildirdilar.

  Şuningdek, tantanali tadbir doirasida Soğliq bilimlari universiteti ilmiy kengaşining tegişli qarori bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayevga Soğliq bilimlari universitetining “Faxriy professori” unvoni topşirildi.

  Marosimning eng hayajonli lahzalaridan biri — ikki universitet rektorlari tomonidan 1-bosqiç talabalariga ramziy oq xalatlarning tantanali ravişda kiydirilişi böldi. Bu jarayon yoşlarning tibbiyot olamiga qöyayotgan ilk qadamini, kelajakdagi şarafli faoliyati sari intilişini ifodaladi.

  Şundan söng talabalar talabalik qasamyodini qabul qilib, universitet an’analariga sodiq qoliş, bilim olişga mas’uliyat bilan yondaşiş hamda kelajakda malakali va fidoyi şifokor bölib yetişişga intilişlarini tantanali ravişda ifoda etdilar. Bayramona ruhda keçgan tadbir musiqiy çiqişlar, kuy-qöşiqlar va badiiy dastur bilan davom etib, iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.

  Mazkur tantanali marosim Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Turkiya Soğliq bilimlari universiteti örtasidagi samarali xalqaro hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi hisoblanadi.

 SamDTU Matbuot xizmati