Kafedrada 4, 5 kurs davolash va xalqaro ta’lim fakulteti talabalari «Xirurgik kasalliklar» fani dasturi asosida taxsil olishadi.
Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.
Kafedraning o‘quv-uslubiy ishlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim nizomiga muvofiq tashkil etilgan.
Mazkur Nizomga ko‘ra, kafedra talabalari fakultet va shifoxona xirurgiyasini o‘rganish davomida amaliy klinik jihatlar bilan tanishadilar, asbob-uskunalar bilan ishlashni o‘rganadilar, keyinchalik amaliy ishlarida mustaqil duch keladigan tadqiqot usullarini o‘zlashtiradilar. Kafedrada talabalar fakultet va gospital jarrohlik amaliyotini o'rganayotganda amaliy klinik ko'nikmalar bilan tanishadi, diagnostik va davolash jixozlari bilan ishlashni, tadqiqot usullarini o'rganib, keyinchalik u o'zlashtirganlarini amaliyotda tatbiq etadi.
Kafedrada amaliy mashg‘ulotlar kun davomida olib boriladi. Uch soat amaliy ish, ikki soat seminar muhokamasi va bir soat baholash. Talabalarning amaliy klinik ko'nikmalarini rivojlantirish uchun kafedrada zamonaviy fantomlar va modellar bilan jihozlangan simulyatsiya o'quv xonasi tashkil etilgan.