
Xazratov Alisher Isomoddinovich
Magistratura bo‘limi boshlig‘i
| Qabul vaqti: | dushanba-shanba (14:00-17:00) |
| Tel: | +99890 251 22 11 |
| Fax: | (0366)233 71 75 |
| E-mail: | alisherxazratov@mail.ru |
| Manzil: | Samarkand shahar, Amira Temura ko‘ch., 18 |
MAGISTRATURA BO'LIMI
SamDTUning magistratura bo‘limi “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son qaroriga muvofiq hamda oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan ish yuritadi.
SamDTU magistratura bo‘limini quyidagilar bo`lim boshlig`i lavozimida faoliyat yuritishgan:

2002-2015 yy. – DSc, dotsent Yuldashev B.A.

2015-2017 yy. – DSc, professor Kurbaniyazov Z.B.

2017-2018 yy. – DSc, professor Davlatov S.S.

2018- 2020 yy. – DSc, professor Matlubov M.M.

2020-2021 yy. – DSc, dotsent Ulmasov F.G.
BO'LIMNING ASOSIY MAQSADI
2020-2021 o'quv yilidan boshlab Samarqand davlat tibbiyot universiteti xorijiy tibbiyot oliy o'quv yurtlari bilan birgalikda qo`shma ta`lim asosida bir qator yo'nalishlar bo'yicha rezidentlarni qabul qila boshladi.
Magistratura rezidentlari dars mashg`ulotlarini, rotatsiyalarini, ilmiy izlanishlarini va klinik faoliyatini SamDTU bazalarida (SamDTUning 1 va 2 klinikalari, ilmiy tatqiqot institutlari va markazlarida, bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi, RShTTYIM Samarqand filiali, yirik davlat va xususiy tibbiy klinikalari) da o'tkaziladi.
Magistraturada pedagogik faoliyat yuritishga ilmiy unvon (ilmiy daraja)ga va kamida 3 yillik uzluksiz ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajali shaxslar jalb qilinadi.
Magistrlik dissertasiya mavzulari eng dolzarb mavzularga bag'ishlangan.
Ma'lumki, magistrlik dasturi ilmiy kadrlar yetishtirish uchun zamin hisoblanadi. Bizning ustunlarimiz - bu yuqori ma'lumotli, iqtidorli Magistratura bitiruvchilarining ko'p qismi universitetimiz devorlarida va boshqa ilg'or markazlarda ilmiy faoliyatini davom ettirmoqdalar. Bitiruvchilarning ko'pchiligi amaliy va ilmiy sog'liqni saqlashda va yuqori tibbiy tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida ishlaydi.
Bizning universitetimizda tayyorlanadigan kadrlar nafaqat respublikada, balki chet ellarda ham yuqori baholanadi. SamDTU bitiruvchilari yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarda grantlar asosida ishlashga taklif qilinmoqda.
BO'LIMNING ASOSIY VAZIFALARI
Bơ`limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
Universitet magistratura bo‘limining asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim tizimining magistratura bosqichida yuqori malakali, yuksak madaniyatli, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk, bilim jihatdan xalqaro standartlarga mos keluvchi raqobatbardosh magistrlarni tayyorlash.
Magistratura bo‘limi bir necha mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlaydigan universitetning o‘quv-ilmiy va ma’muriy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Magistraturada o‘quv jarayoni tegishli ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari) va o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.
O‘quv jarayonini tashkil etish, mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda ishtirok etish, magistrantning mustaqil ishlari xajmini belgilash va nazorat qilish.
Mutaxassislik kafedralari hamda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda sohaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan magistrlik dissertatsiya mavzulari bazasini shaklllantirish.
Mutaxassislik kafedralarining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish va magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik amaliyotini o‘zaro hamkorlikda tashkil etish.
Magistratura talabalari bilan bog‘liq bo‘lgan buyruqlar loyihalarini shakllantirish va universitet rektoriga tavsiya qilish.
Magistratura talabalari orasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularni odob ahloq qoidalari bilan tanishtirish.
Magistratura talabalarinng ilmiy amaliyotlarini tizimdagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini mutaxassislik kafеdralari bilan birgalikda ishlab chiqish.
Universitet magistraturasiga qabul qilish ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish hamda qabul bo‘yicha taklif va mulohazalarni universitet rahbariyati bilan hamkorlikda yuqori tashkilotlarga taqdim qilish.
Magistratura faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirish bo‘yicha chet el universitetlari tajribalarini o‘rganish va ularni samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish.
Magistraturada taxsil olayotgan iqtidorli talabalarni Davlat stipеdiatlikga tavsiya etish.
Univеrsitеtni xalqaro bo‘limi bilan Xorijiy oliy ta’lim muassasalarigi almashuv dasturlariga asosan stajirovkalarga yuborishni tashkil qilish.
Universitet magistraturasida ta’lim jarayoni magistratura talabalari uchun 2 va 3 yillik, har bir oʻquv yili 2 semestrdan iborat.
Universitet maistraturasida quyidagi zamonaviy ta’lim mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan:
- 70910101 - Stomatologiya
- 70910102 - Yuz-jag‘ xirurgiyasi
- 70910201 - Akusherlik va ginekologiya
- 70910202 - Endokrinologiya
- 70910203 - Terapiya
- 70910203 - Terapiya: xalq tabobati
- 70910204 - Otorinolaringologiya
- 70910205 - Kardiologiya
- 70910206 - Oftalmologiya
- 70910207 - Yuqumli kasalliklar
- 70910208 - Dermatovenerologiya
- 70910209 - Nevrologiya
- 70910210 - Umumiy onkologiya
- 70910211 - Psixiatriya
- 70910212 - Xirurgiya
- 70910213 - Tashxisning instrumental va funksional usullari
- 70910214 - Neyroxirurgiya
- 70910215 - Sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog‘ligini saqlash
- 70910217 - Urologiya
- 70910218 - Morfologiya
- 70910219 - Narkologiya
- 70910220 - Anesteziologiya va reanimatologiya
- 70910221 - Travmatologiya va ortopediya
- 70910223 - Patologik anatomiya
- 70910224 - Shoshilinch tibbiy yordam
- 70910226 - Gematologiya va transfuziologiya
- 70910227 - Tibbiy radiologiya
- 70910228 - Ftiziatriya
- 70910229 - Plastik xirurgiya
- 70910233 - Sport tibbiyoti
- 70910301 - Pediatriya
- 70910302 - Bolalar xirurgiyasi
- 70910303 - Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi
- 70910304 - Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi
- 70910305 - Bolalar nevrologiyasi
- 70910306 - Neonatologiya
- 70910307 - Bolalar va o‘smirlar ginekologiyasi
- 70910308 - Bolalar gastroenterologiyasi
- 70910309 - Bolalar pulmonologiyasi
- 70910310 - Bolalar travmatologiyasi
- 70910401 - Gigiyena
- 70910403 - Umumiy epidimiologiya
- 70910601 - Oliy hamshiralik ishini tashkil qilish va boshqarish
- 70910701 - Laboratoriya ishi
- 70910801 - Farmasevtik kimyo va farmakognoziya
- 70910802 - Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish
HOZIRGI VAQTDA BO’LIMDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN XODIMLAR
Xazratov Alisher Isamiddinovich – bo’lim boshlig’i.
Qalandarov Ma`murjon Bohodir o`g`li – bo’lim uslubchisi.
Tirkashev Umidjon Akmalovich – bo’lim uslubchisi.

