Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    SamDTU huzuridagi reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti

    Botirov  Farxod  Qodirovich Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi  Reabilitologiya  va  sport  tibbiyoti  ilmiy- tadqiqot   institut  direktori


    Qabul vaqti: Haftaning dushanba, chorshanba, juma kunlari 10:00-17:00 gacha
    Tel: +998 (93) 345 00 59
    E-mail:
    Manzil:

    Samarqand viloyati Samarqand tumani, Oʻrtashiq MFY.


    TARIXI.


      Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi  Reabilitologiya  va  sport  tibbiyoti  ilmiy- tadqiqot   instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 01 apreldagi PQ-188-sonli qarori asosida tashkil qilingan. Xozirgi kunda institut ustavi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Markaz belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Markaz tuzilmasi shakllantirildi va tasdiqlandi. Markaz manzili Samarqand viloyati Samarqand tumani, Oʻrtashiq MFY.


    Markazda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash faoliyati


      Xozirgi kunda institutda 2 nafar fan nomzodi va 3 nafar vrachlar(shundan 2 nafari malaka toifasiga ega) samarali faoliyat kursatib kelmokda. Institutda 1 nafar nomzod mustaqil ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

    (FIO, mavzu, ixtisoslik shifri, nomi)

    Botirov Farxod Qodirovich

    ”Jamoat salomatligini saqlash va boshqarish”

    14.00.33

    “Tibbiy reabilitologiya ”

    14.00.12


    Markazning nashr qilish faoliyati


      Institut faoliyati samaradorligini belgilovchi qoʻllanmalar ishlab chiqilgan, hamda mustaqil izlanuvchi xodimlar tomonidan 4 ta qoʻllanma nashr qilingan, makolalari nufuzli jurnallarda chop etilib kelinmoqda. Oxirgi 2 yil davomida 10dan ortiq ma'lumotlar jurnallarda va 20 dan ortiq ilmiy maqolalar jurnallarda chop etildi.


    Institut xodimlarining ilmiy anjumanlarda ishtirok etish faoliyati


      Xodimlarning Respublikada oʻtkaziladigan konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda tizimli ravishda ishtiroki ta'minlanmokda. Institut xodimlari uz ma'ruzalari bilan anjumanlarda ishtirok etishlari ta'minlanmokda.


    Institutning davolash va profilaktika ishlaridagi faoliyati


      Institutda nevrologiya, travmatoloya kasalliklarini tashxislash va davolashning zamonaviy usullari ishlab chikilmokda va amaliyotga joriy etish buyicha keng kullamli ishlar olib borilmokda. Institut xodimlari Samarkand viloyati va respublika mintaqalariga borgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadi.


    Institutning asosiy maqsadlari, vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:


    • yuqori malakali va yuqori sifatli hamda hozirgi zamon xalqaro talablariga mos keladigan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan yuqori texnologik moddiy va ilmiy bazani, shuningdek ushbu yoʻnalishdagi maktabni shakllantirish;
    • ixtisosliklari boʻyicha kasalliklarga tashxis qoʻyish, ularni davolash va kasalliklarning oldini olishda aholining yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga boʻlgan talabini qondirish.

    Markazning asosiy maqsadlari, vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:


    • yuqori malakali va yuqori sifatli hamda hozirgi zamon xalqaro talablariga mos keladigan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan yuqori texnologik moddiy va ilmiy bazani, shuningdek ushbu yoʻnalishdagi maktabni shakllantirish; 
    • Jamoat  salomatligini  saqlash  va  boshkarish, tibbiy  reabilitalogiya ixtisosliklari boʻyicha kasalliklarga tashxis qoʻyish, ularni davolash va kasalliklarning oldini olishda aholining yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga boʻlgan talabini qondirish.

    Markazning asosiy vazifalari bulib hisoblanadi quyidagilar:


    • aholiga jamoat  salomatligini  saqlash  va  boshkarish, tibbiy  reabilitalogiya ixtisosliklari boʻyicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish, bunda Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi "Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-5199-sonli qarorida belgilangan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot ilmiy-amaliy markazlarining faoliyatini yuritish tartibi va moliyalashtirish mexanizmi asosida faoliyat yuritadi;
    • mavjud tibbiyot texnikalari parkining doimiy ravishda yangilab borilishini va modernizasiya qilinishini ta'minlash, markazni  
    • Jamoat  salomatligini  saqlash  va  boshkarish, tibbiy  reabilitalogiya ixtisosliklari boʻyicha hozirgi zamon xalqaro talablariga mos keladigan yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
    • Markaz faoliyatini ta'minlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb qilish boʻyicha menejment hamda marketing ishlarini tashkil etish;
    • Markaz tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini, shu jumladan mutaxassislarning xorijiy yetakchi tibbiyot ta'limi muassasalarida va klinikalarida oʻz ixtisosligi boʻyicha kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy usullari boʻyicha stajirovkalarini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda oshirib borish va takomillashtirish;
    • Jamoat  salomatligini  saqlash  va  boshkarish, tibbiy  reabilitalogiya ixtisosliklari boʻyicha kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va kasalliklarni davolash boʻyicha oʻz ilgʻor usullarini va texnologiyalarini ishlab chiqishga hamda tibbiy amaliyotga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
    • Jamoat  salomatligini  saqlash  va  boshkarish, tibbiy  reabilitalogiya ixtisosliklari boʻyicha kasalliklarni davolash va ularga tashxis qoʻyishning patentlangan oʻz usullari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish hamda ularning xalqaro miqyosda e'tirof etilishiga erishish;
    • Jamoat  salomatligini  saqlash  va  boshkarish, tibbiy  reabilitalogiya ixtisosliklari boʻyicha respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqishdava amalga oshirishda faol ishtirok etish;
    • Jamoat  salomatligini  saqlash  va  boshkarish, tibbiy  reabilitalogiya ixtisosliklari boʻyicha xorijiy yetakchi tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, toʻplangan tajriba, axborotlar, shuningdek mutaxassislar keng almashinuvini ta'minlash;
    • hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish, mintaqalarda zarur profilaktik ishlar oʻtkazishda koʻmaklashish, sayyor konsultasiyalar, mahorat darslarini muntazam ravishda oʻtkazib borish.