Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi

    Xudoyarov Lochinbek Baxramovich

    Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo'limi boshlig’i


    Qabul vaqti:Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
    Tel:+998 (93) 344 44 09
    E-mail:
    Manzil:Samarqand, Amir Temur ko'chasi, 18

    Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo’limining asosiy faoliyat turlari maqsadi

      Samarqand Davlat tibbiyot universitetining korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi o‘z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 maydagi “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5927-son Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentini Administratsiyasi rahbarining 2020 yil 4 sentyabrdagi 22-2488-sonli topshirig’ida belgilangan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo’yicha 2020-2021 yillarga mo’ljallangan “Yo’l xaritasi”dagi vazifalar ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PF-5847-son Farmoni, 2019 yil 11 iyuldagi "Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4391-son qarori, 2020 yil 28 apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4699-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 824-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 28 iyundagi 281-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasining korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi to‘g‘risida”gi Namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bo‘limning faoliyati Samarqand Davlat tibbiyot universitetining korrupsiyaga karshi kurashish Dasturi hamda mazkur Nizom asosida tartibga solinadi.

    Karrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi vazifalari va funksiyalari

      Bo‘lim Samarqand Davlat tibbiyot universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

    -Bo‘limning faoliyati oliy ta’lim muassasasida “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish, shuningdek,korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib borishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘z vakolatlari doirasida bevosita Samarqand Davlat tibbiyot universitetining rektoriga bo‘ysunadi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda - vazirlik)ning Komplayens-nazorat va korrupsiyaga karshi kurashish bo‘limiga hisobot beradi.

    - Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va farmoyishlariga, vazirlik buyruqlariga va Hay’ati qarorlariga, universitetning ichki buyruqlari, shuningdek,boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

    - Universitetda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini universitet miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;

    - universitetda korrupsiyaga karshi kurash “Komplayens nazorat” tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;

    - universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo'nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;

    - universitetda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etilishi bo‘yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;

    - universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;

    - universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek, zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;

    - korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilg‘or jihatlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

    - universitetda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga karshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;

    - universitet huzuridagi akademik litseyning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.

    Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

    - universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik Hay’ati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

    - korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ahvolini o‘rganadi, natijalari bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlaydi;

    - universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun rektorga kiritadi.

    - universitetning ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

    - universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;

    - universitetning profsssor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining hatti-harakatlaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni ko‘rib chiqadi hamda o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘radi;

    - universitetda korrupsiya faktlarga doir xizmat tekshiruvlarini reestrini yuritib boradi;

    - davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;

    - universitet xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;

    - universitetning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etib boradi;

    - universitet faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, klinik ordinatorlar, mustaqil izlanuvchilar) va aholi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazadi;

    - so‘rovlar, ijtimoiy va boshqa tadkiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targ‘iboti bӱyicha chora-tadbirlar natijalari va ta’sirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;

    - professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan

      Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi xuquqlarga ega:

      Universitet va uning huzuridagi akademik litseyga ishga qabul qilish, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, talaba (magistrant, doktorant, mustaqil izlanuvchi)larni imtihonlari (yakuniy, oraliq, malakaviy, yakuniy davlat attestatsiyasi, diplom himoyasi) jarayonlarini bevosita yoki videotranslyatsiya orqali kuzatib borish, mazkur jarayonlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash

    - universitet va uning huzuridagi akademik litseyga ishga qabul qilish, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, talaba (magistrant, doktorant, klinik ordinator, mustaqil izlanuvchi)larni imtihonlari (yakuniy, oraliq, malakaviy, yakuniy davlat attestatsiyasi, diplom himoyasi) jarayonlarini bevosita yoki videotranslyatsiya orqali kuzatib borish, mazkur jarayonlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash;

    - universitetning hamda uning huzuridagi akademik litseyning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tahliliy materiallar, xulosalar, birlamchi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni so‘rash, talab qilish va olish davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishni nazorat qilish.

      Universitetning Kengash qarorlari, rektor buyruqlari va tender hujjatlari Bo‘lim bilan majburiy tartibda kelishiladi.


    BO'LIM XODIMLARI


      B.X.Rashidov – Bosh mutaxasis.